Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
Fransua Kene (1694–1774) 


115 
sharoitda bo‗ladi. Ana shunda dunyo o‗z-o‗zidan harakatlanadi. Shu 
bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» 
oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin 
emas; ular birga qo‗shilib qonunning o‗zidan ancha kuchli hokimiyat 
tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, 
yirtqichlarcha zulm o‗tkazishi va o‗taketgan beboshlikni keltirib 
chiqarishi mumkin. U yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvini 
amalga oshirish uchun zarur bo„lgan – tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi 
biladigan, o„qimishli bir shaxs qo„lida bo„lishini maqsadga muvofiq, 
deb hisoblagan.
Sof mahsulot to„g„risidagi ta‟limot. F.Kenening nazariy merosida 
uning sof mahsulot (hozir uni milliy daromad deb atashadi) to„g„risidagi 
ta‟limoti muhim o„rin egallaydi. Uning fikriga ko‗ra, sof mahsulotning 
manbayi yer va unga sarflangan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida 
band bo‗lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof 
mahsulot) ko‗payishi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‗liq 
bo‗lgan «yer in‘omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki qishloq 
xo‗jaligini rag‗batlantirish to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishi kerak. F.Kene: 
«Dehqonlar kambag„al bo„lsa, qirollik kambag„al bo„ladi, qirollik 
kambag„al bo„lsa qirol kambag„al bo„ladi», deb hukumatni 
ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki, 
savdogar va hunarmandlar qishloq xo‗jaligida yaratilgan boylikni faqat 
bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va o‗zgartirish bilan 
shug‗ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» hisoblanadi. U 
yerdagi tovarning o‗sgan qiymati faqatgina savdo va sanoat xarajatlarini 
qoplash vositalarini o‗z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda 
ko‗paymaydi. 
Keyinchalik, 
A.Smit 
fiziokratlarning 
sanoatning 
«unumsizligi» to‗g‗risidagi g‗oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham 
boylik yaratilishini ko‗rsatib beradi. 
F.Kene merkantilistlarning ―boylik savdoda yaratiladi‖ degan 
tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlarning 
ayirboshlanishi ekvivalentli bo‗ladi, ya‘ni teng qiymatli tovarlar 
ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o‗sishi 


116 
sodir bo‗lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo‗q boylik hisoblagan, unga 
faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, davlatning 
boyishi pul kapitalining o‗sishiga emas, balki qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishining rivojlanishiga bog‗liq bo‗ladi. 
Sinflar nazariyasi. F.Kene o‗zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga 
asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko‗rsatadi: unumli sinf, 
unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli sinf – bu sinfda qishloq 
xo‗jaligida ish bilan band bo‗lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar 
kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. Unumsiz sinf bular hunarmandlar, 
ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to‗ralar, ya‘ni dehqonchilikdan 
boshqa sohada ish bilan band bo‗lgan kishilar. Ular faqat o‗zlarini 
ta‘minlaydilar, o‗z iste‘moliga qancha mahsulot kerak bo‗lsa, shuncha 
mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali, ammo o‗zining ham, 
jamiyatning ham boyligini ko‗paytirmaydi, shu ma‘noda unumsizdir. 
Mulkdorlar sinfi yer egalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi. 
Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki, ular o‗z paytida 
yerlarni o‗zlashtirgan, yerning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar 
tomonidan olinadigan daromad bu ularning oldin qilgan xarajatlari 
uchun in‘om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo‗linishi noto‗g‗ri. 
A.Smit fiziokratlarning bu boradagi qarashiga javoban kinoyali ravishda 
shunday deydi: ―Agar ularning mantig‗iga amal qilsak, unda faqat ikki 
farzand ko‗radigan har qanday nikohni unumsiz, deb tan olish kerak 
bo‗ladi‖.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling