Fransua Kene (1694–1774) fiziokratlar maktabining asoschisi
hisoblanadi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo‗lib, Versal yaqinida
kambag‗al dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga
qiziqdi va bu sohada ta‘lim oldi. Keyinchalik tibbiyot amaliyoti unga
shuhrat keltirdi. 1752-yilda Qirol Lyudovik
XV
saroyida tabiblik qildi.
Tibbiyot va biologiyaga oid ko‗pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot
muammolari bilan oltmish yoshidan boshlab bevosita shug‗ullana
boshladi.
Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g‗oyalari qirol
saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha o‗sha yerda
yashadi va ijod qildi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi»,
«Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va D.Alamber
tomonidan chop etilgan «Qomus» da e‘lon qilindi. 1758-yilda uning
asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat
fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy
dasturini ham shakllantirdi. Uning fiziokratik
g‗oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir
qator fransuz iqtisodchilari davom ettirdilar va
targ‗ib
qildilar.
Shunday
qilib,
haqiqiy
fiziokratlar maktabi yoki o‗sha davr tili bilan
aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi.
Uning eng rivojlangan davri
XVIII
asrning 60-
70-yillariga to‗g‗ri keladi.
O„rganish metodi. F.Kenening iqtisodiy
tadqiqotining metodologik maslagi (platformasi)
ni uning tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy tartib
to„g„risidagi konsepsiya tashkil etadi. Uningcha mazkur konsepsiyaning
huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi
va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to‗g‗ri taqsimlashni
ta‘minlovchi davlatning moddiy va ma‘naviy qonunlari hisoblanadi.
F.Kenening yozishicha tabiiy tartibning mohiyati shundaki, bir
odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan
ajralgan bo„lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |