Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
F. Kenening “Iqtisodiy jadvali” 13 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander74- b. 113 Iqtisodiy jadval makroiqtisodiy sohalarning o‗zaro aloqalarining kuchli, ijodiy tushunchasini juda sodda ifodalab beradi. Fiziokratlarning iqtisodiyotning o‗zaro bog‗liqligi haqidagi qarashlari makro iqtisodiyotga oiddir. Ular Adam Smit singari mikroiqtisod darajada iqtisodning o‗zaro bog‗liqligi haqidagi nazariyani rivojlantirishga kam harakat qilganlar. Fiziokratlar Kenening ―Iqtisodiy jadvali‖ni o‗zlarining asosiy nazariy yutuqlari, deb hisoblashadi. Ular nafaqat iqtisodning turli sektorlari o‗rtasidagi aloqalarni nazariy o‗rganishgan, balki ularning hajmini o‗lchashga harakat qilishgan. Bu darajada Nobel Mukofoti laureati Vasiliy Leontevning 1930-yilda xarajatla-natijalar jadvalini va ekonometriklar, deb tanilgan maxsus iqtisodchilar guruhining tadqiqotlarini bashorat qila olishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli sektorlarining o‗zaro bog‗liqligini ko‗rsatib bergan. Ulardan keyingi ba‘zi merkantilistlar ham bu o‗zaro bog‗liqlikni tan olishgan va ularning birgalikdagi munosabatlari Adam Smitning bozor iqtisodiyotining faoliyati haqidagi yanada batafsil qarashlariga asos bo‗lgan. Fiziokratlar (lot. – tabiat, hukmronlik) – XVIII asrdagi fransuz iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‗tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. O‗sha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan bo‗lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‗jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo‗jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ularning fikricha boylik faqat qishloq xo‗jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‗ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o‗tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling