104
otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti
har tomonlama yuksak
bilim sohibi odam bo‗lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida
hunarmand-matochi oilasida tug‗ildi. O‗n to‗rt
yoshida ota kasbini
egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada
yollanma dengizchi (yunga) bo‗lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o‗tgach,
taqdir taqozosi bilan oyog‗i lat egan U.Petti
Fransiya hududidagi bir
qirg‗oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o‗lkalarda lotin tilini
bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi
va tinglovchi sifatida
moddiy jihatdan ta‘minlandi. Kollej unga fransuz va grek tillarini,
matematika, astronomiyani o‗rganishga imkoniyat yaratib berdi. U.Petti
1640-yili
kollejni bitirib, Londonga qaytib keldi. Keyinchalik,
Oksford
universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi.
1650-yili 27 yoshida U.Petti fizika bo‗yicha doktorlik darajasini
oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo‗lib ishladi. U.Petti
iqtisodiy muammolarga bag‗ishlangan «Soliqlar va yig‗imlar to‗g‗risida
traktat» (1662-y), «Donishmandlarga so‗z» (1665-y), «Irlandiyaning
siyosiy anatomiyasi» (1672-y), «Siyosiy arifmetika» (1683-y) va boshqa
asarlarni yozdi. U.Petti dastlab, o‗z asarlarida
merkantilistlarning ijobiy
savdo balansi g‗oyasini va sanoatni rag‗batlantirish maqsadida
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-quvvatladi. Ammo
U.Petti asta-sekin tadqiqot obyektini o‗zgartirdi va asosiy e‘tiborni
savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd
qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u
faqat taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: