Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Merkantilistlarninig nazariy hissasi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
Merkantilistlarninig nazariy hissasi Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o‗rganib, 1660- 1776-yillar oralig‗ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran, ham sifat jihatdan mukammallashganini aniqladilar. Ehtimol merkantilistlarning eng katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab yetganligidadir. Bunday o‗zgarish o‗sha davrda mashhur bo‗lgan fizika fanlaridan inson tabiatini o‗rganuvchi ijtimoiy fanlarga o‗tishni aks ettirar edi. Bu o‗tish Isaak Nyuton (1642-1727) davridan keyin o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi, uning ta‘siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlarning axloqiy tahlili o‗rnini sabab va natija tahlillarining egallashi o‗tmishdagi usullar to‗xtatildi, degani emas albatta, chunki ayrim sxolastlar mantiqiy tahlildan foydalanishar edi va axloqiylashtirish hozirgi zamonaviy adabiyotlarda ham mavjud. Lekin fizika fani qonunlarini topgan metodologiyalar bilan iqtisodiy qonunlarni kashf qilish mumkinligini anglash iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 9 William R. Allen, ―Modern Defenders of Mercantilistic Theory,‖ History of Political Economy, 2 (Fall 1970); A. W Coats, ―The Interpretation of Mercantilist Economics: Some Historiographical Problems,‖ History of Political Economy, 5 (Fall 1973); and William R. Allen, ―Rearguard Response,‖ History of Political Economy, 5 (Fall 1973). 96 Ko‗pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko‗plab mexanik sabablarni ko‗rishgan va ushbu qonunlarni bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi mumkin deb ishonishgan. Shuning uchun aql bilan qabul qilangan qonunlar iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta‘sir qilishi mumkin va iqtisodiy tahlil berilgan natijaga erishish uchun qanday shakldagi davlat aralashishuvi kerak ekanligini ko‗rsatadi. Merkantilistlar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy bo‗lmasligi, talab va taklif qonunlari kabi asosiy iqtisodiy haqiqatlarni chalkashtirmasligi lozim deb tushunishgan. Keyingi merkantilistlar iqtisodiy faoliyatni rag‗batlantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez-tez qo‗llay boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa, ularning egoistik harakatlarini o‗zgartira olmaydi, deb hisoblaganlar. Siyosatchilar insonning bu xususiyatini qanday bo‗lsa shundayligicha qabul qilib, bu xususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va institutlarni shakllantiradilar. Keyingi merkantilistlar o‗zlaridan oldingi g‗oyadoshlari yo‗l qo‗ygan xato va kamchiliklarini anglab yetishganini ko‗ramiz. Masalan, ular pul boylik o‗lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning o‗zida ijobiy savdo balansiga ega bolishi mumkin emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali bo‗lishi mumkinligini va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik keltirishi mumkinligini tushunishgan. Davlatning iqtisodiyotga aralashishini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar edi. Shu tariqa ko‗pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‗oyalari boshlanayotgan edi. Biroq klassiklardan oldingi hech bir iqtisodchi bozor mexanizmi ishlashini, ya‘ni narxlar qanday shakllanishi va cheklangan resurslar qanday taqsimlanishini bir-biriga bog‗langan yagona qarash sifatida shakllantira olmadi. A. Smit merkantilistlar yetisha olmagan tuchunchalarni anglab yetdi. Merkantilistlar shaxsiy manfaat va xalq farovonligi o‗rtasida qarama-qarshilik mavjud, deb hisoblashgan. Shuning uchun ularning fikricha davlat shaxsiy manfaatni xalq farovonligi tomon yo‗naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda 97 tabiiy uyg‗unlik borligiga ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblashgan. 10 Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling