Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Merkantilizmning tarixiy ahamiyati


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
Merkantilizmning tarixiy ahamiyati 
Merkantilizm va uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv
ham negativ unsurlar nuqtayi nazaridan iqtisodiy ta‘limotlar tarixida 
o‗chmas iz qoldirdi. 
Birinchidan, merkantilistlar konsepsiyasi deyarli butunlay muomala 
sohasidagi xo‗jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo‗lsada, 
bu ularga ko‗plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy muomalaga kiritish, 
savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim 
qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning 
boshqa sohalariga ularning ta‘siri doimo aynan bir xil bo‗lgan emas. 
Masalan, mamlakatning o‗z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun 
pul muhim vosita ekanligini to‗g‗ri tushuntirib bergach, merkantilistlar 
milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e‘tibor 
bermadilar. Bundan tashqari ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim 
hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik 
xohishini keltirib chiqaruvchi «yalqovlik» yoki «axloqiy buzuqlik» deb 
hisoblashgan. 
Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining 
Yevropada ancha rivojlangan mamlakatlar –Angliya va Fransiyada 
klassik siyosiy iqtisodning o‗ziga xos xususiyatlarini ko‗rsatib 
berishgan. 
Xususan, Fransiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber 
ancha faol proteksionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning 
qudratli manufaktura tarmog‗i yaratildi. Ammo bir vaqtning o‗zida 
mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa 
mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo‗li bilan fermer xo‗jaliklarining 
shakllanishiga to‗sqinlik qilindi. 
10
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 66-b. 


98 
Angliyada 
esa 
merkantilizm 
iqtisodiy 
tarixdan 
ma‘lumki, 
Fransiyaga nisbatan ancha «unumli» bo‗ldi. XVII asrdagi savdo va 
sanoat sohasidagi bu mamlakatning proteksionizm siyosatidagi asosiy 
yutuqlari, odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas 
Man nomi bilan bog‗lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma‘lumki, aynan 
Angliyada merkantilizm bilan bo‗lgan g‗oyaviy kurash natijasida eng 
muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, 
T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o‗z aksini topdi. Bundan 
tashqari XIX asrda Angliya ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida 
eng muhim antimerkantilistik chora-tadbirlarni, jumladan, ichki va 
tashqi savdoda to‗la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling