Toshkent moliya instituti sirtqi bank ishi


Etkazilgan zararni uchinchi shaxslar tomonidan qoplanish zarurligi


Download 33.55 Kb.
bet3/3
Sana15.11.2023
Hajmi33.55 Kb.
#1776206
1   2   3
Bog'liq
Ruziboyeva Maxfuza

Etkazilgan zararni uchinchi shaxslar tomonidan qoplanish zarurligi.

Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsning unga yetkazilgan zararni (ya’ni mulkiy ziyonni) qoplashga bo‘lgan huquqi, shuningdek, ziyon uchun moddiy javobgarlikning umumiy asoslari Fuqarolik kodeksida (14-moddasi, 57-bobi) belgilangan.


Chunonchi, FK 14-moddasiga ko‘ra, zarar deganda, quyidagilar tushuniladi:
huquqi buzilgan shaxs o‘zining buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar);
shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda).
Shu munosabat bilan jinoyat natijasida, ayniqsa, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga, xususan, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilgan, qonunga xilof ravishda aralashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha (JK 1921 — 1928-moddalari) yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash masalalarini hal etish chog‘ida sudlar nafaqat jinoyat protsessual qonunchiligi (JPK beshinchi bo‘limi), balki fuqarolik, mehnat va boshqa qonunchilik normalariga ham (JPK 281-moddasi) amal qilishlari lozim.

Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga zarar yetkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro'y berishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug'urta qilish mamlakatimizda o'z rivojini topmoqda. Ana shunday javobgarlikni sug’urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri – transport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga zarar yetkazish fuqarolik javobgarligini sug'urtalashdir. Ma'lumki transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manbalardan biri hisoblanadi.


Transport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchishaxslarning muayyan manfaatlariga, sog’ligiga zarar yetkazishi mumkin. Yo’l transport hodisasi natijasida zarar ko'rgan shaxslar, ko’p holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G'ayri qonuniy harakat tufayli yuridik yoki jismoniy shaxslarning sog'lig'i, hayoti yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar aybdor tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to'lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo’lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Zarar yetkazilgan shaxs agar zarar o'z aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlasa zararni to'lashdan ozod etilishi mumkin. Bugungi kunda aholi turmush darajasining doimo oshib borishi transport vositalarining yanada takomillashishi jahonda avtomobillar sonining muntazam o’sishiga olib kelayapti. Afsuski transport vositalari ko'payishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ya'ni, yo'l-transport hodisasi bilan bog’liq. Hozirgi sharoitda yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga zarar yetkazish xavfi kuchaymoqda. Bu xavfning ro'y berishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug'urta qilish mamlakatimizda ham rivojlanmoqda. Ana shunday javobgarlikni sug'urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri - transport vositalari egalarining uchinchi shaxslargazarar yetkazish fuqarolik javobgarligini sug'urtalashdir.
Ma'lumki transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manbalardan biri hisoblanadi.Transport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchi shaxslarning muayyan rnanfaatlariga, sog’ligiga zarar yetkazishi rnumkin. Yo'l transport hodisasi natijasida zarar ko'rgan shaxslar, ko'p holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G'ayri qonuniy harakat tufayli yuridik yoki jismoniy shaxslarning sog'lig'i, hayoti yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar aybdor shaxs tornonidan to'liq hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to'lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo'lmagan yuklatilishi mumkin. Zarar yetkazgan shaxs agar zarar o'z aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlasa zararni to'lashdan ozod etilishi mumkin. Bugungi kunda aholi turmush darajasining doimo oshib borishi transport vositalarining yanada takomillashishi jahonda avtomobillar sonining muntazam o'sishiga olib kelayapti.
O'zbekiston Respublikasida yengil avtomobil ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi ma'lum bir ma'noda transport vositalari sug'urtasini hamda transport vositalari egalarini fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasini rivoj1anishiga va sug'urta kompaniyalariga ma'lum ma'noda aniq vazifalarni yuklashi tabiiy albatta.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, Respublikamiz hududida yengil avtomobillar keskin ravishda o'sib borishi jamiyatimiz va uning vakillari uchun foydali hisoblanadi. Lekin shu bilan bir qatorda shuni unutmaslik kerakki, avtotransport sonining keskin ravishda ortib borishi o'z-o'zidan yo'llarimiz hududida hunuk va nohush hodisalarni yuzaga keltirishi mumkin.
Barchamizga ma'lumki 2008-yil 22-oktabrda O'zbekistonda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risidagi”
qonuni [3] kuchga kirdi. 2009-yilning 22-yanvaridan boshlab transport vositalari
fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash (FJMS) polisiga ega eng kam ish haqi
mansabdor shaxslar esa eng kam ish haqining uch barobari miqdorida to'ladilar.
Transport vositalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashda jabrlanuvchining
mulkiga zarar yetganda eng ko'pi bilan 1050 $, jabrlanuvchining sog'lig'i yoki hayotiga
zarar yetganda esa eng ko'pi bilan 1950 $ rniqdordagi mablag'ni ko'zda tutadi. Sug'urta
qoplamasi sug'urtalovchi tomonidan bevosita jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar
rniqdorida, lekin yuqorida qayd etilgan qiymatdan ortiq bo'lmagan miqdorda to'lanadi.
Bunda o'z-o'zidan nega zararning barchasi to'lanmaydi. degan savol tug'iladi?
Zararning hammasi ham qoplanishi mumkin, lekin buning uchun sug’urtalanuvchi
majburiy sug’urtadan tashqari fuqarolik ixtiyoriy sug'urtalash polisiga ega bo'lishi
kerak. Chunki zarar o'rnatilgan limitdan yuqori bo'lish holatlari ham kam emas.
Masalan, sug'urtalanuvchi fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash polisiga ega
bo'lsa, qonunga muvofiq jabrlanuvchining zarar yetkazilganda sug'urta qoplamasi
1050 $ miqdorida chegaralanadi, yetkazilgan zarar miqdori 3000 $ni tashkil etadi. Bu
holda sug’urta kompaniyasi faqat ko’zda tutilgan 1050 $ ni to’laydi, qolgan qiymatni
esa sug'urtalanuvchi o’z yonidan to'lashiga to'g'ri keladi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashda
sug'urta polisi qiymati birinchi navbatda transport vositasining turi va quvvatiga
bog’liq (yillik baza stavkasi). Masalan, avomobil dvigatelining hajmi, avtobus va
mikroavtobusning yo'lovchi yuk avtomobilining yuk ko'tarish qobiliyati qanchalik
bo'lsa, polis narxi ham shuncha yuqori bo'ladi.
Shuningdek, sug'urta polisi narxini orttiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar
qo'llaniladi:
- transport vositasi ro'yxatga olingan joy;
- transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxslar soni;
- o'tgan davr va haydovchi staji davomida sug'urta hodisalarining ro'y bergan
yoki bermeganligi;
- transport vositasidan foydalanishning mavsumiyligi;
- qoida buzish holatlarining mavjudligi;
- haydovchining yoshi.
Shu bilan birga ta'kidlash kerakki, fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash
bo'yicha maksimal sug'urta mukofoti yillik stavkasiga muvofiq ravishda uning besh
barobaridan yuqori bo'lmasligi kerak. Shunga ko'ra, agar sug'urtalanuvchi, masalan,
divigatel hajmi 1200-2000 sm3 atrofida bo'lgan yengil avtomobil bo'lsa va undan taksi
sifatida foydalanilmasa, fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtalashning yillik polisi miqdori yuqorida qayd etilgan omillarga ko'ra 10,8 $ dan 67,5 $ gacha bo'lgan qiymatni
tashkil etadi.
Shu bilan birga, 1941-1945-yilgi urush qatnashchilari yoki partizanlari yohud
ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941-1945-yildagi urush davri mehnat fahriylari,
bolaligida ota-onalaridan biri yoki qayta turmushga chiqmagan beva ayol bilan birga
konsentratsion lagerda bo'lgan sobiq asirlar, harbiy xizmatni o'tash chog'ida yarador,
kontuziyasi yoki nogiron bo'lgan va shuning natijasida halok bo'lgan yoki orttirilgan
kasallik oqibatida vafot etgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, Chernobil AESidagi
avariya natijasida jabrlanganlar, nafaqadagilar va nogironlar uchun sug'urta mukofoti
narxining 50 foizi miqdorida chegirma belgilanadi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashda
sug'urtalanuvchi yo’l-transport hodisasi aybdori bo'lib qolsa va uchinchi bir shaxsga
zarar yetkazsa, bunday vaqtda sug'urtalanuvchi yoki sug'urtalanuvchining vakolatiga
ega bo'lgan shaxs yo'l-transport hodisasi bo'lganidan so'ng 72 soatdan kechikmagan
holda sug'urta kompaniyasining, yo'l harakati xavfsizligi xizmatining hodisa sodir
bo'lgan va transport vositasi ro'yxatga olingan hududlardagi bo'limlarini yozma
ravishda voqeadan xabardor qilishi lozim.
Shuningdek, sug’urta kompaniyasiga sug'urta polisining asli yoki nusxasini
ilova qilgan holda sug'urta to'lovini to'lash haqidagi ariza, yetkazilgan zarar fakti va
miqdorini, mulkka yetkazilgan zarar vaqti va miqdorini, jabrlanuvchining shaxsini,
vorislik yoki huquqqa egalikning kuchga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarni, shaxsini va
huquqqa egalikning davlat ro’yxatidan o’tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim
etishi lozim.
O'z navbatida, sug'urta kompaniyasi 15 kun muddatdan kechiktirmagan holda
sug'urta qoplamasini to'lash to’g’risidagi arizani ko'rib chiqishi va o'z qarorini ma'lum
qilishi shart. Sug'urta qoplamasi to'lash rad qilinganda, rad qilish to'g'risidagi qarorda
asoslovchi dalillar ko’rsatilgan bo'lishi shart.
Sug'urtalanuvchi, birinchi navbatda, o'z tashabbusi yoki sug'urta
kompaniyasining talabi bilan zararlangan mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar
yetkazilish holatlarini aniqlash va qoplanishi talab etiladigan zarar miqdorini aniqlash
maqsadida ko'rib chiqish va mustaqil ekspertizadan o’tkazish uchun sug'urta
kompaniyasiga taqdim etishi shart.
Sug'urta kompaniyasi esa, o’z navbatida, agar o'zaro yozma ravishda boshqa
muddat kelishilmagan bo'lsa, zararlangan mulk yoki qoldiqlarini besh kundan ortiq
bo'lmagan muddat ichida ko'rib chiqishi va mustaqil ekpertizasi o'tkazishi darkor.
Sug'urta kompaniyasi zararlangan mulkni yoki uning qoldiqlarini ko'rib
chiqmasa va yuqorida qayd etilgan muddat ichida mustaqil ekspertiza o'tkazmasa,
sug'urtalanuvchi shunday ekspertizani mustaqil ravishda tashkil etishi mumkin.
Bundan tashqari, bunday holda sug'urtalanuvchi kompaniyasiga zararlangan mulk yoki
uning qoldiqlarini taqdim etmaslikka haqlidir, Sug'urta kompaniyasi esa mazkur
mustaqil ekspertiza natijalariga e'tiroz bildirishi mumkin emas.
Download 33.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling