XX asrda umumiy farovonlik davlati nazariyasining vujudga kelishi
Reja:
XX asr G‘arbiy Yevropa davlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari.
Tabaqa-vakillik monarxiyasi
XX asrlarda Yevropa davlatlari huquqiy tizimining xususiyatlari
Germaniyada huquqning asosiy belgilari.
Yevropa davlatchiligining shakllanishini yerga egalik bilan bog‘liq holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. G‘arb mamlakatlarida yerning oliy egasi monarx (qirol, knaz, imperator) hisoblanib, boshqa feodallar undan xizmat evaziga yoki boshqa shartlar bilan yer olganlar. Ular esa bu yerni uchinchi bir shaxsga ma’lum shartlar evaziga berganlar. Yer bergan feodal «syuzeren», olgani esa «vassal» deb yuritilgan.
Feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi bilan davlatchilik ham rivojlangan. Yevropada bu jarayon quyidagi to‘rt bosqichda amalga oshgan:
ilk feodal monarxiyasi;
sen’orlik monarxiyasi (feodal tarqoqlik);
tabaqa vakillik monarxiyasi;
mutlaq monarxiya bosqichlari. Yevropa davlatlari bu bosqichlarni turlicha boshidan kechirdilar. Feodal jamiyati va uning siyosiy tashkilotlari tizimida mafkurani belgilovchi cherkov katta rol o‘ynagan. Diniy, fuqaroviy, oilaviy-maishiy ishlar bo‘yicha sud ishlarini ko‘rib chiqqan va jazoni tayinlab, uning ijrosini amalga oshirgan.
X–XI asrlarga kelib shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlariga aylanib, mustaqillikni qo‘lga kiritadi. Fuqarolarning erkinligi tan olinadi. Aholi, shuningdek hunarmandlar ittifoqlarga birlasha boshlaydi.
XVI asrga kelib antifeodal inqiloblarning yaqinlashishi bilan davlat va huquq tizimining yangi demokratik tamoyillarini asoslovchi siyosiyhuquqiy ta’limotlar rivojlandi.
Absalut monarxiya tuzumiga qarshi inqiloblar natijasida insoniyat Antik va uyg‘onish davrlari oralig‘idagi V–XVII asrlarni o‘z ichiga oluvchi o‘rta asrlardan chiqib, yangi davrga qadam qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |