Xx asr G‘arbiy Yevropa davlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari


Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIV–XV asrlar)


Download 114.5 Kb.
bet5/16
Sana28.12.2022
Hajmi114.5 Kb.
#1015090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
XX asrda umumiy farovonlik davlati nazariyasining vujudga kelishi

Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIV–XV asrlar). XIV asrning boshida feodal davlatning yangi tabaqa-vakillik monarxiyasi shakli o‘rnatiladi. Qirol hokimiyatining kuchayishi natijasida butun aholi ruhoniylar, dunyoviy zodagonlar (dvoryanlar) hamda ozod kishilardan iborat tabaqalarga ajratiladi.
Bu davrda davlat boshqaruvi qirol, har uchta tabaqa vakillaridan iborat general shtatlar va provinsiyalar shtatlari tomonidan amalga oshirilgan. Qirol o‘z hokimiyatini amalga oshirishda general shtatlarga tayangan. General-shtatlarda har bir tabaqa alohida tartibda ham yig‘ilgan. Uning deputatlari hududiylik belgisi bo‘yicha saylangan. Provinsial shtatlar uchta tabaqa vakillarining muassasasi sifatida vujudga kelgan. Umuman olganda, tabaqa-vakillik monarxiyasi davrida siyosiy hokimiyat qirol qo‘lida to‘planadi.
Boshqaruvning markaziy organlari boshqadan jiddiy tashkil etilmagan. Qirol saroyida qiroldan keyin kansler turgan. Uning vakolatlari kengayib, sud mansablariga tayinlash va qirol yo‘qligida qirol kengashiga boshchilik qilishni amalga oshirgan.
Saroyda katta va kichik (yashirin) kengash faoliyat ko‘rsatgan. Katta kengashga oliy dunyoviy va diniy zodagonlar kirgan. Qirol hokimiyatining mustahkamlanishi bilan uning ahamiyati pasayib borgan. Hisob palatasining mavqei esa oshib, qirolga moliya masalalari bo‘yicha maslahatlar bergan. Shuningdek, balyalardan keladigan daromadlarni tekshirgan. Negaki, bu davrlarga davlat barqarorligining tayanchi soliq bo‘lgan. Qirol apparatida aniq funksiyaga ega bo‘lmagan kotiblik kabi yangi kichik mansablar paydo bo‘lgan.
Mahalliy boshqaruv tizimida balyalar tayinlaydigan leytenantlarga sud funksiyasi o‘tkaziladi. Keyinchalik ular qirol tomonidan lavozim tayinlanadigan bo‘lib, balyalar oraliqdagi lavozimlarga aylanadi. Mahalliy boshqaruvni markazlashtirish maqsadida gubernatorlik mansabi joriy etiladi. Ular balyajlarga tayinlanib, balyalarni almashtirganlar va keng vakolatlar, jumladan, yangi qal’alar qurishni taqiqlash, xususiy urushlarga yo‘l qo‘ymaslik singari huquqlarga ega bo‘lib olganlar.
Shahzodalar va taniqli dvoryanlardan tayinlanuvchi general-leytenant mansablari ta’sis etiladi. Dastlab ularning vakolat doirasi va muddati qisqa bo‘lib, keyinchalik ular bir necha mahalliy okrug (balyaj, XV asr oxiridan provinsiya)ni idora etganlar. Ularning asosiy funksiyasi avvalo soliq yig‘ish va ma’muriy funksiyalar hisoblanadi. Shaharlar boshqaruvida qirol hokimiyati ta’siri ostida o‘zini o‘zi boshqarish tizimi amal qilgan.
Harbiy sohada 1445-yil Karl VII tomonidan doimiy armiya tuzilib, qirollik hududi bo‘yicha gornizonlarga joylashtiriladi.
Sud tizimida ishlarini yuritish tartibini bir xillashtirish siyosati o‘tkazilgan. Sud faoliyati qirol ma’muriyati nazoratida bo‘ladi. Sud ishlari qirol tomonidan tayinlanuvchi prevo, dastlab balya va so‘ng leytenantlar tomonidan olib borilgan. Bu davrga kelib XIII asrda tashkil topgan Parij parlamenti feodal zodagonlarning ishlari bo‘yicha oliy sud, barcha ishlar bo‘yicha apelyatsion instansiya bo‘lib qolgan. Bundan tashqari, parlament qirollik qonun hujjatlarini, quyi sudlar va boshqa shahar parlamentlari qarorlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling