Toshkent Moliya Instituti Sirtqi fakulteti 4-kurs sbi-56 guruh talabasi Egamqulova Nigora Narzullaevnaning


Har bir kredit bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kelishilgan miqdordagi foiz stavkalari asosida bank foydasiga foizli daromadlar undiriladi


Download 171.26 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi171.26 Kb.
#1559466
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bank hisobi,tahlili va audit Egamqulova N

Har bir kredit bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kelishilgan miqdordagi foiz stavkalari asosida bank foydasiga foizli daromadlar undiriladi. Foizlar bo‘yicha summalar quyidagi formula asosida hisoblab chiqariladi.
Kredit uchun foiz summasi kredit miqdori foiz stavkasi kunlar soni 360 kunga bo‘lishimizga sabab foiz stavkalari yillik qilib belgilanadi. Lekin barcha bank operasiyalari kompyuterlashtirilganligi sababli dasturiy yo‘l bilan to‘lanadigan foizlar va asosiy qarz summalari butun kreditlash davri uchun grafik ko‘rinishida chiqarib beriladi. Bunday grafikning bir nusxasi mijozga beriladi, mijozlar ushbu grafik asosida kredit summasini va foizlarni belgilangan tartibda to‘lab boradilar
Banklarda kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblab boriladi va 16309- “Ssudalar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi
Foizlar hisoblangan, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi
Debet 16309 “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”
Kredit 42601 “Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshirilad
Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari”
Kredit 16309 “Berilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”
Yillik buxgalteriya hisoboti tarkibi, mundarijasi va uni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi banklarining alohida ko‘rsatmalari bilan belgilab qo‘yiladi. Respublika tijorat banklari buxgalteriya balanslarini nusxasini va boshqa shakldagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli departamentlariga taqdim etadi.
Hozirgi kunda banklar yil tugagandan so‘ng «balans hisoboti» deb yuritiladigan hisobot tuzadi.
Balans ikki qismidan, ya’ni aktiv va passiv qismlardan iborat. Aktiv va passiv tomonlarning o‘zaro tengligi balans to‘g‘ri chiqarilganligi-bank ish kuni to‘liq yakunganliganligini bildiradi. Balansning aktiv tomoni naqd pullar, Markaziy bank vakillik hisobvarag‘i, xorijiy valutadagi pul mablag‘lari, majburiy zaxiralar fondi, qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilmalar, kreditlar, sarmoyalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kabi asosiy hisobvaraqlardan tashkil topgan. Passivlar qismi o‘z ichiga depozitlar, boshqa banklardan olingan kreditlar, bank chiqargan qarz majburiyatlari, aksionerlik kapitali kabi hisobvaraqlarni oladi.
Naqd pullar - bank mablag‘lari toifasi bo‘lib, bankning to‘lov faoliyatining ahvolini belgilaydi va mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini qondirish uchun bankning mijoz oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ochib beradi
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘lib, unda ayni paytda bankda mablag‘lar borligi aks ettiriladi. Har qanday bankning hisobvarag‘i Markaziy bankda turadi va aktiv hisobvaraq hisoblanadi. Mablag‘ o‘tkazish yoki mablag‘larning tuzilishi bo‘yicha bank amalga oshiradigan hamma operasiyalar vakillik hisobvarag‘ida aks ettirilad

Download 171.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling