Toshkent Moliya Instituti “soliqlar va soliqqa tortish” fani


Soliqni undirish usullari Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud


Download 1.13 Mb.
bet4/5
Sana24.09.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1687219
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- mavzu. “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish

4. Soliqni undirish usullari

Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:


1
    • Kadastrli

2
    • Daromad manbaidan

3
    • Deklaratsiya bo’yicha

Soliqni undirish usullari

Deklaratsiya bo’yicha – bu usulda soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘zlariga tegishli bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar.

  • Kadastrli – bu usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob’ektlar (yer, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi.
  • Daromad manbaidan – bu usulda soliqni soliq sub’ektiga daromadni to‘laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish xaqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig‘i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob qilib chiqadi.

5. Soliq mexanizmi

Soliq mexanizmi-davlat soliq siyosatini ro’yobga chiqarish maqsadida joriy qilingan soliq olish tadbirlari.

Soliq mexanizmi-soliq siyosatining hayotga joriy etilishi va soliqqa tortish natijasida byudjetga tushadigan tushum miqdori va salmog’ini shakllantiradigan iqtisodiy jarayon.

  • «Mexanizm» atamasi iqtisod fanida u yoki bu ob’ektga ta’sir o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan vositalar, usullar, dastaklar va shakllarning ichki o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorliklarining yig‘indisi deb qarash mumkin
  • Soliq mexanizmi - davlat, jamiyat va alohida sub’ektlarning ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish bilan bog‘liq ob’ektiv pul munosabatlari jarayonini aks ettiradi.

Soliq mexanizmi - davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig‘indisini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, soliq mexanizmi - bu soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig‘indisi bo‘lib, u iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta’minlash uchun davlat tomonidan qo‘llaniladi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling