Toshkent Moliya instituti Soliqlar va sug`urta fakulteti
Download 176.56 Kb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) mehnatning ixtisoslashuvi;
- Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Shu sababli bu davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta‘sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar:1) mehnatning ixtisoslashuvi;2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi;3) kapitaldan samarali foydalanish;4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Korxonaning iqtisodiy ahvoli u ishlab chiqarayotgan tovarlarning narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar narx o‘rtacha iqtisodiy xarajatlarini qoplasa bunda iqtisodiy foyda nolga teng bo‘ladi. Agar o‘rtacha iqtisodiy xarajatlar mahsulot narxidan past bo‘lsa, korxona qo‘shimcha iqtisodiy foyda oladi. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasiFoydaning mazmuni. Foyda normasi va massasiKorxonalarda mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deyiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shilgan qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shilgan qiymatdir. Butun iqtisodiyotda foyda massasi bilan qo‘shilgan qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxona va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shilgan qiymat olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbati hamda narxning o‘zgarishi ta‘sirida bir tarmoqda yoki korxonada yaratilgan qo‘shilgan qiymat boshqalari foyda shaklida o‘tib ketadi. Korxonaning umumiy foydasidan majburiy to‘lovlar asosan soliqlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.Download 176.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling