Toshkent moliya instituti ss-73 guruhi talabalari O’lmasov Sardor, Maxmudov Ulug’bek va Botirov Zafar larning Moliya fanidan bajargan prezentatsiyasi


Download 11.17 Kb.
bet1/4
Sana23.10.2023
Hajmi11.17 Kb.
#1716902
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'lmasov Sardor

Toshkent moliya instituti SS-73 guruhi talabalari O’lmasov Sardor va Botirov Zafar larning Moliya fanidan bajargan prezentatsiyasi.

Mavzu: Moliyaviy siyosat.

O’qituvchi: Chinqulov Qahramon

Reja

  • 1.1 Moliyaviy siyosat haqida umumiy ma’lumot.
  • 1.2 O’zbekiston Respublikasida moliyaviy siyosatning yuritilishi.
  • 1.3 Moliyaviy siyosatning funksiyasi va ahamiyati.
  • 1.4 Xulosa.

Moliyaviy siyosat haqida umumiy ma’lumot.


Moliya siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish bo’yicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini o’z ichiga oladi.
Moliya siyosatga taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar — aholining turli qatlamlari, davlat institutlari sanoat va xoʻjalikning boshqa sohalari, mintaqalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iqtisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar bo’yicha harajatlarni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlariga, iktisodiyot tarmoqlariga, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyoti uchun harajatlarni ko’paytirib yoki kamaytirib, faol taʼsir etishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasida moliyaviy siyosatning yuritilishi. Soliq imtiyozlari Moliya siyosatining muhim usullaridan biri hisoblanadi, ularning yordami bilan davlat iqtisodiyotning muhim tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtirishi, aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining daromadiga bilvosita taʼsir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliqsolish boʻyicha preferensiyalar keyingi oʻn yilliklarda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida ayniqsa keng rivojlanmoqda. Masalan, AQShda imtiyozlarning umumiy miqdori (yaʼni davlatning soliqlar toʻgʻrisidagi qonunga binoan olinadigan soliqlardan maqsadli voz kechishi) federal byudjetning yarmiga yaqinini tashkil etadi. Moliya siyosati pul-kredit siyosati bilan qoʻshilib ketadi va oʻz tadbirlarini oʻtkazishda uning usullaridan foydalanadi. Moliya siyosatining muhim tomoni shundaki, bu siyosat odatda hukumat va uning qarorlarini tasdiqlaydigan davlat organlarining bevosita tasarrufida va boshqaruvida boʻladi, pulkredit tadbirlari bilan pul hukmdorlari — Markaziy bank tipidagi korxonlar shugʻullanadi


Download 11.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling