III. Musobaqani oʻtkazish vaqti va tashkil etish tartibi
Musobaqa 2023 yilning mart oyida talabalar oʻrtasida Toshkent Moliya Institutida oʻtkaziladi
IV.Tanlov shartlari
1. Ochilish marosimi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi. Musobaqada ishtirok etayotgan oliy taʼlim muassasalari rahbariyati soʻzga chiqadi.
2. Tanishtiruv va qurʼa tashlash marosimi. Musobaqada qatnashayotgan taʼlim muassasa jamoalariga musobaqa nizomi, baholash tizimi, hakamlar hayʼati va musobaqani oʻtqazish tartibi qisqacha tushuntirib oʻtiladi hamda barcha ishtirokchi jamoalar oʻrtasida qurʼa tashlash marosimi oʻtkaziladi.
3. “Badiiy kitoblar bilimdoni” Ushbu shartda Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan badiiy adabiyotlarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilar sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Ishtirokchilar kitob nomini bilet tortish orqali tanlaydi (biletda yozilgan kitob ishtirokchiga taqdim etiladi), tayyorgarlik ko‘rish uchun 3 daqiqa, javob berish uchun 5 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 10 ballgacha baho beriladi.
4. “Savol javob”. Ushbu shartda Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan savollarga javob berishadi. Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi (biletda yozilgan savollar ishtirokchiga taqdim etiladi), tayyorgarlik ko‘rish uchun 3 daqiqa, javob berish uchun 5 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 10 ballgacha baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |