Toshkent moliya instuti
Download 185.03 Kb.
|
PUL TIZIMI EVOLYUTSIYASI VA UNING TURLARII
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekistonda pul tizimi takomillashtirish yo`llari.
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va
mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi. Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. 4. O'zbekistonda pul tizimi takomillashtirish yo`llari. Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ktlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko’rinishi farqlanadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. 2. Pul tizimining shakllari va ularning evolutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari, emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida kabul kilingan metallga va pul muomalasi bazasiga karab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala ikkala metalldan xam shgalarning erkin muomalaga chikarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal kilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall kiymati stixiyali, metallning bozor baxosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar erasidagi mutanosiblikni urnatib kuygan. Oltin va kumush tangalarning chikarilishi va ularning axoli tomonidan kabul kilinishi ana shu mutanosiblikka muvofik amalga oshirilgan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarkalgan bulib Garbiy Yevropaning kator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalkaro sulx - Lotin tanga Ittifoki yordamida saklab kolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan xam 5 frank va undan yukori kiymatli tangalarni chikarish, oltin va kumush urtasida 1:15,5 kiymat mutanosibligini urnatish shartlari kuzda tutilgan. Biroq, bimetallik pul tizimining kullanilishi rivojlangan kapitalistik xujalik extiyojlariga mos kelmasdi, chunki kiymat ulchovi sifatida bir vaktning uzida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bulib fakat birgina tovar xizmat kilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’kotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning konuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amalqilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaxo metallar almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847- 1875 yy. da mavjud bulgan. Download 185.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling