Toshkent moliya instutiti andijon fakulteti “ijtimoiy–gumanitar va mutaxassislik fanlari” kafedrasi “sbia” yo‘nalishi 70. 22-guruh talabasi Abdulazizova Yorqinoy Shuxratjon qizining Iqtisodiyot nazariyasi fanidan “Kreditning mohiyati va vazifalari”
Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi
Download 0.56 Mb.
|
Abdulazizova Yorqinoy
Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:- kreditorlar va qarz oluvchilar — xususiy yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va xalqaro valyuta krediti institutlari bo‘lishi mumkin; - qarz mablag‘lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keitiruvchi kapital sifatida ishlatiladi; - ssuda foizi manbasi qarzdor mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi. Kredit munosabatlari ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit quyidagi tamoyillarga ega:
4.To‘lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘larini hisoblangan foizi bilan to‘liq o‘tkazadilar. Kredit uchun xak to‘lashning iqtisodiy moxiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi qo‘shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo‘ladi. Xozirgi sharoitda ssuda foizi mikdori shartnomada o‘z aksini topadi va u kreditlashning o‘rtacha normasi va bank marjasidan tashkil topadi. 5. Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog‘liqki, qarz oluvchi olingan kreditni ma’lum maksadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish harajatlarini koplash va boshqalar) yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bu maksadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada o‘z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko‘rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak. 6. Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankga qaytarib to‘lashni, balki shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona kancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Shuning uchun har bir loyixa kredit hisobiga bajariladigan boshqa tadbirlar samara beradigan bo‘lsagina ularga mablag‘ ajaratilishi lozim. Markaziy bank - kredit tizimining bosh banki bo‘lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi. Birinchi Markaziy banklar bundan qariyb uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1688-yilda tashkil qilingan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir. Markaziy bank, ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit institut sifatida namoyon bo‘ladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling