Toshkent moliya universiteti jo’raqulov shaxobjon moliya taqdimot


Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati


Download 1.51 Mb.
bet5/7
Sana05.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1078938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya Taqdimot

Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati
  • Moliya o`z vazifalarini ma`lum moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Bu vositalarning asosini moliyaviy resurslar tashkil etadi. Korxonaning modiyaviy resurslari bu pul daromadlari va mablag`larining tushumi bo`lib, xujalik subyektining har xil moliyaviy majbutriyatlarni bajarish, xarajatlarni moliyalash, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, korxona xodimlarini moddiy rag`batlantirishni ta`minlash uchun manba`dir.
  • Moliyaviy resurslar mikro va makro resurslarga bo`linadi. Makroresurslar umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet tarkibida yoki budjetdan tashqari jamg`armalar tarkibida tashkil topadi.
  • Mikroresurslar markazlashmagan resurslar hisoblanib, ular korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida bo`lib, xo`jalik yuritish subyektlariga tegishli bo`lgan yoki ular tomonidan qarzga olingan pul mablag`laridan iborat.
  • Moliyaviy resurslar shakllanishiga ko`ra guruxlanadi :
  • O`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar hisobiga ;
  • Qarzga olingan mablag`lar hisobiga ;
  • Boshqa manbalar hisobiga (Davlat budjeti, moliya bozoridan jalb etish va boshqalar).
  • Korxonaning o`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lariga qo`yidagilar kiradi:
  • Asosiy faoliyatdan foyda
  • moliyaviy faoliyatdan foyda
  • boshqa operatsiyalardan foyda
  • maqsadli tushumlar va boshqalar.
  • Korxonaning qarzga olingan mablag`lari jumlasiga bank kreditlari va boshqa ayrim qarzlar kiradi.
  • Korxonaning moliya bozoridagi ishtiroki asosida aksiya va boshqa qimmatli qog`ozlarni sotish orqali mablag`lar kelib tushadi. Bundan tashqari moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash natijasida, sug`urta kompaniyasi va boshqalardan pul resurslari, budjet subsidiyalari va boshqa resurslar ko`rinishida ham kelib tushadi.
  • Xo`jalik yurituvchi subyektlar mavjud moliyaviy resurslardan qanchalik samarali foydalanishni ta`minlasa shunchalik yuqori natijalarga erishish imkoniyati yaratiladi.
  • Resurslarni iqtisod qilish muammolari to`g`risida gapirganda, moliyaviy resurslarni tejash, berilgan kreditlarni o`z vaqtida qaytarilishi masalasiga ham aloxida e`tibor qaratish xarur – degan edi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 fevraldagi yig`ilishidagi ma`ruzasida.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling