Toshkent moliya
Download 63.74 Kb.
|
Хакимов.А жн
- Bu sahifa navigatsiya:
- MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN TOSHKENT MOLIYA
- Pul va banklar fanidan Joriy nazorat ishi
- Pul va banklar – Joriy nazorat.
- Pul-kredit siyosati
- Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko`rsatiladi
- Majburiy zaxiralar
Pul va banklar fanidan Joriy nazorat ishi
Pul va banklar – Joriy nazorat. (Topshirish muddati: 2023.04.19) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy websaytidan quyida keltirilgan savollar bo’yicha ma’lumotlarni toping va ularga o’z fikringizni bayon eting. Usbu topshiriqga 20 ball beriladi. Savollar: 1. Pul-kredit siyosati 2. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi (bazaviy yoki asosiy) o’zgarishi 3. Inflyatsion targetlash ____________________________________________________________________ Pul-kredit siyosati Pul-kredit siyosati deganda, to`liq bandlik sharoitida yalpi milliy maxsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta`sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o`zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash vazifasini xayotga tadbiq etadi. Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o`sish, to`liq bandlikni, baxolarning xamda to`lov balansining barqarorligini ta`minlashdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta`minlab turish zarur bo`ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi. Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko`rsatiladi: Xisob stavkasi; Majburiy zaxiralar normasi; Ochiq bozordagi operatsiyalar. Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko`rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta`sir o`tkazadi, taklifini o`zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muxim vositalardan biri – bu, xisob stavkasi siyosatidir. Xisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko`zda tutilmagan zarurat tug’ilganda va moliyaviy axvoli mustaxkam bo`lgan xollardagina oladilar. Xisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo`shimcha zaxiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O`z navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko`paytiradi. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri – bu, majburiy bank zaxira me`yorini o`zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo`lgan zaxiralarning eng quyi normasini o`rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta`sir etadi. Bu me`yor qanchalik yuqori bo`lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo`li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo`ladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va axolidan sotib olish va ularga sotish bo`yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki axolidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori xajmida ko`paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya`ni yuqori quvvatli pullar bo`lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko`payadi. Markaziy bank tijorat banklari va axoliga obligitsiyalarni sotish bilan zaxiralarni xamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu xolda pul taklifi qisqaradi. Download 63.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling