Toshkent moliya
Download 133.85 Kb.
|
bbx maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash lizing
Pulli lizing – bunda to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi.
Kompensatsion lizing foydalanilayotgan asbob-uskunalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yetkazib berish yoki boshqa turda xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida bu lizingning eng maqbul shakli hisoblanadi, chunki ko‘rsatilayotgan lizing xizmatlari uchun lizing obyektlari yordamida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan haq to‘lash fermerlar manfaatlariga ham javob beradi. Aralash lizing pulli va kompensatsion to‘lovlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Qayd etish joizki, shu bilan birga lizing rivojlanishining hozirgi bosqichida O‘zbekistonda yuqorida sanab o‘tilgan lizing turlarining barchasi ham keng qo‘llanayotgani yo‘q. Mamlakatimiz tajribasidan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasida “Lizing to‘g‘risidagi” Qonunga asosan asosiy e’tibor moliyaviy lizingga qaratilmoqda. Lizing bitimlari hajmiga ko‘ra kichik, standart (o‘rtacha) va yirik lizing turlariga taqsimlanadi. Mayda lizing predmeti asosan noishlab chiqarish mulki – kompyuterlar, idora texnikasi, telefon stansiyalari, xavfsizlik tizimi va shu kabilardan iborat bo‘ladi. O‘rtacha lizing qiymati 200 ming so‘mdan 2,5 million so‘mgacha bo‘lib, narx bo‘yicha eng ommaviy mulk turlari – turli xil mini-zavodlar, texnologik asbobuskunalarga mos keladi. Yirik lizing samolyot, kema, energetik qurilma va shu kabi yirik obyektlarga mo‘ljallangan. Bu sohadagi ishlar katta mablag‘, shuningdek, ayrim buyurtmachilar uchun maxsus moliyaviy sxemalar tayyorlashga qodir bo‘lgan lizing sohasi mutaxassislarini tayyorlashni talab qiladi. Lizing beruvchi banklarda lizingga berilgan aktivlar hisobi 15600 — “Lizing (moliyaviy lizing)” hisobvaraqlarida yuritiladi. Dastlabki tan olish lizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing beruvchi bank lizingga berilgan lizing obyektini o‘z balansida sof investitsiyasi qiymati, ya’ni lizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aktiv sifatida tan oladi. Lizing beruvchi bank lizing obyekti uchun to‘lovlarni sotuvchiga oldindan to‘lab berib lizing obyekti to‘g‘ridan to‘g‘ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to‘ldirib, quyidagi buxgalteriya amallarini bajaradi: Dt 19909 Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar; Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i; Dt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq); Kt 19909 Tovar moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar. Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so‘ngra lizing oluvchiga lizingga berilsa quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: Dt 16500 Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag‘i); Kt 19909 Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar; Dt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvarag‘i); Kt 16500 Asosiy vositalar (mos hisobvaraq). Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyekti dastlabki tan olinganidan so‘ng, keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u bo‘yicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob lizing obyektini baholab borishni ham o‘z ichiga oladi. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga berish (olish) vaqtida lizing beruvchining daromadi (lizing oluvchining lizing foizi bo‘yicha xarajatlari) buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi. Minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil bo‘lib, agar uni aniqlashning imkoniyati bo‘lsa, lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, aks hollarda, qarz sarmoyasi bo‘yicha o‘sib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi. Lizing shartnomasida lizing beruvchi va lizing oluvchi lizing to‘lovlari jadvali (tartibi)ni kelishib oladi. Lizing to‘lovlari jadvalida lizing beruvchi bankning daromadi (foizi)ni to‘lash hamda lizing obyekti qiymatini qoplash bo‘yicha lizing oluvchining majburiyatlari va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi ko‘rsatiladi. Lizing to‘lovlari jadvalida lizing beruvchining daromadi lizing shartnomasi muddati davomida muntazam ravishda davrlar bo‘yicha teng taqsimlanishi aks ettirilishi lozim. Bunda, lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasi qo‘llaniladi. Lizing beruvchi bankning daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarining amalga oshirilishidan qat’i nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo‘yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: Dt 16323 Lizing bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar; Kt 45100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha foizli daromadlar (tegishli mos hisobvaraq). Lizing to‘lovlari kelib tushgan hollarda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: Dt Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag‘i (umumiy summaga); Kt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga); Kt 16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga). Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari to‘liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig‘i nolga teng bo‘ladi. Lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti lizing shartnomasi muddati tugamasidan oldin sotib olingan hollarda ham ushbu hisobvaraqlardagi qoldiq nolga teng bo‘ladi. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o‘z balansiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali qabul qiladi: Dt 16705 Bankning boshqa ko‘chmas mulklari; Kt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (mos hisobvaraq). Lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda aktivga Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar) asosan o‘stirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Download 133.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling