Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Joriy likvidli aktivlar summasi
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami aktivlar
Barcha tijorat banklari joriy likvidlik me’yorlarini bajarishlari shart. Ular joriy aktivlarning (to‘lov muddati 30 kungacha bo‘lgan barcha likvidli aktivlari, bank qo‘yilmalarining bir marta bo‘lsa ham muddati uzaytirilgan yoki avval berilgan ssudalarni to‘lash uchun, shuningdek, qaytarish muddati o‘tib ketgan kreditlar istisno qilinadi) talab qilib olinguncha majburiyatlar summasi nisbatiga va ijro etish muddati 30 kungacha bo‘lgan holda aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Uzoq muddatli likvid aktivlar me’yori (normativi) quyidagicha aniqlanadi:
Quyida keltirilgan taxminiy normativlar bank aktivlarini boshqarishda qo‘llanilishi mumkin (12-jadval). 12-jadval. Aktivlarning taxminiy normativlari
Keltirilgan ko‘rsatkichlarning pasayishi bankning resurslar barqaror bo‘lmagan manbalarga tayanganligi yoki bank portfelidagi yuqori likvid aktivlar ulushining kamayganligini anglatadi. Bu yerda bank likvidligini tahlil qilinayotgan davr (oylik, choraklik, yillik) mobaynida o‘zgarishlar tendensiyasiga ahamiyat berilishi va o‘zgarishlar ahamiyatini hamda xarakterini o‘tgan davrlarga nisbatan baholashi, resurslar jalb qilishning o‘tgan va joriy strategiyalarini baholashi, shuningdek, imkoni bo‘lsa, o‘xshash banklar bilan qiyoslash lozim. Shuni qayd qilish lozimki, yuqorida keltirilgan likvidlik koeffitsi-yentlari o‘z-o‘zidan likvidlikning yetarliligi bo‘yicha aniq ma’lumot bermaydi. Ularga umumiy bahoning bir qismi sifatida qarash kerak. Shuning uchun ham, bank rahbariyati yuqorida likvidlik ko‘rsat-kichlaridan tashqari o‘zining likvidlik ko‘rsatkichlari to‘plamini ishlab chiqish va undan foydalanish kerak. Bu ko‘rsatkichlar mazmunli bo‘li-shi va har doim bankning moliyaviy holatini baholovchi boshqa ma’lu-motlar bilan birgalikda baholanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9 noyabrda tasdiqlangan 242-sonli «Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zaxiralarni shakl-lantirish va ulardan foydalanish tartibi»ga binoan aktivlar quyidagi toifalar bo‘yicha tasniflanadi (13-jadval). Aktiv bir toifadan ortiq toifalarda tasniflanishi ham mumkin. Summasi asosiy qarzning to‘lanmagan qiymatidan kam bo‘lgan ta’-minotga ega muammoli ssuda quyidagicha tasniflanishi mumkin (ta’-minot sotilishi mumkin bo‘lgan bozor mavjudligi sharti bilan): qiymati ta’minotning bozor qiymatiga teng bo‘lgan asosiy qarz qismi odatda substandart sifatida tasniflanadi; asosiy qarzning qolgan qismi ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan tartibda shubhali yoki umidsiz kabi tasniflanadi. 13-jadval.Aktivlarning tasniflanish tizimi
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling