Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


Bankning depozit siyosati va unga ta’sir etuvch omillar


Download 0.64 Mb.
bet22/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

2. Bankning depozit siyosati va unga ta’sir etuvch omillar.
Depozit siyosati bank samarali faoliyatini, daromadlilik bilan likvidlilik o’rtasidagi maqbul muvozanat saqlab turilishini ta`minlashda muhim rol o’ynab, bankning umumiqtisodiy barqarorligini oshiradi.
Bank depozit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish chog’ida likvidlikning zarur shartlariga rioya qiladi va quyidagi holatlarni e`tiborga oladi:

  • depozit resurslari muddatlari va summalari bo’yicha aktivli operatsiyalar bilan muvofiqlashtiriladi;

  • depozit operatsiyalari bankning daromad (joriy va istiqbolli) olish maqsadida amalga oshiriladi;

  • mablag’larni bank balansi likvidligini eng ko’p darajada tutib turuvchi muddatli depozitlarga jalb etishga alohida e`tibor beriladi;

  • omonatlar soni va miqdorini ko’paytirish maqsadida depozit operatsiyalar turini doimo oshirib borish, ular bo’yicha qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish yoki imtiyozlar berish;

  • bankda pul mablag’lari kelib tushishi va ularni joylashtirish ustidan nazoratning maxsus tizimini yaratish.

Maqbul depozit siyosati mintaqadagi ham mavjud, ham potentsial mijozlarga xizmatni yaxshilash uchun respublika miqyosida ham, mahalliy miqyosda ham marketing tadqiqotlari o’tkazilishini talab qiladi.
Depozitni joylashtirish to’g’risida qaror qabul qilish chog’ida Mijoz uchun quyidagilar asosiy omil bo’ladi:
a) bankning ishonchliligi;
b) foiz stavkasi darajasi;
v) bankning barqaror holati;
g) bank muassasalari tarmog’i;
d) to’lovlarni o’tkazish muddati;
ye) xizmat sifati;
j) boshqa mijozlarning tavsiyalari va h. k.
Depozitlarni boshqarish chog’ida asosiy e`tibor maqbul depozit portfelini shakllantirishga qaratiladi.
Bunda depozitlarni qabul qilish muddatlari, foiz stavkasi darajasi, muddatidan barvaqt chiqarib olish xatari, depozitlar barqarorligi darajasi hisobga olinadi.
Shu bilan birga quyidagilar amalga oshiriladi:

  • tavakkalchilikni minimizatsiyalash maqsadida bank resurslarini diversifikatsiyalash siyosati;

  • depozit portfelini sigmentlash (mijozlar, mahsulotlar va bozorlar bo’yicha);

  • turli mijozlar guruhlariga tabaqali yondashuv;

  • Bank mahsulotlari va xizmatlarining raqobatchi bank-mahsulotlari va xizmatlaridan (sifati, narxi va h.k.lar bo’yicha) farqini e`tiborga olish;

  • tavakkalchilik kuchaygan sharoitda bank depozit portfelida barqaror resurslar ulushini kuchaytirish chog’ida barqaror va boshqa resurslarning maqbul mutanosibligini ta`minlab, resurslarni samarali tarzda uyg’unlashtirish;

  • qo’yilmalarni va umuman depozit portfelini shakllantirish jarayonida hayot tsikli tuzilmasini e`tiborga olish.

Depozit siyosatini shakllantirishga bank nuqtai nazaridan quyidagilar ta`sir qiladi:

  • raqobatchilik darajasi;

  • Bank xizmatlarini kengaytirish, rivojlantirish tendentsiyasi;

  • “Mijoz-Bank” siyosati;

  • Bank xizmatlari sifatini yaxshilash;

  • tavakkalchilikni diversifikatsiyalash;

  • Bank xizmatchilari malakasi darajasi;

  • texnologiya ahvoli;

  • Bank operatsiyalari va xizmatlarini va h.k.larni o’z vaqtida texnikaviy jihatdan ta`minlash.

Shunday qilib, depozitlarni boshqarish chog’ida bank barqarorlik, ishonchlilik, moliyaviy barqarorlik, mijoz uchun raqobatchilik darajasini, shuningdek daromadlilik talablarini saqlab turish maqsadida aktivlar bilan passivlar o’rtasidagi zarur maqbul mutanosiblikni e`tiborga oladi.
Bundan tashqari depozit siyosati Bank rentabelliligini tartibga solib turuvchi asosiy omillardan biridir.
Bank depozitlari bo’yicha foizlar ular hisoblab chiqarilgan ayni davrda o’stirilib, moliyaviy hisobotni tayyorlash davriyligiga teng bo’lgan davrda hisobotda aks ettiriladi.
Bank depozitlari bo’yicha foizlar soliqlar chegirib tashlangan holda to’lanadi.
Bankning narx siyosati bozor va ma`muriy shart-sharoitlar o’zgarishiga qarab, depozit bitimining amal qilish butun muddati mobaynida ilgari jalb etilgan depozitlar bo’yicha o’zgarmaydigan foiz stavkalarini saqlagan holda qayta ko’rib chiqiladi hamda Aktivlar va passivlarni boshqarish qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bank bo’limlari boshqaruvchilariga milliy valyutadagi depozit shartnomalarini imzolash chog’ida har bir muayyan bitim bo’yicha mustaqil ravishda foiz stavkasini belgilash huquqi beriladi, bunda daromadlar va foyda bo’yicha rejalar bajarilishini ta`minlash shart qilib qo’yiladi.


  1. AHOLI OMONATLARINI KAFOLATLASH TARTIBI.

Fuqarolarning banklardagi omonatlari kafolatlash ob`ekti hisoblanadi:


fuqarolarning banklardagi, qonun hujjatlari bilan kafolatlashning alohida tartibi nazarda tutilgan omonatlarida turgan;
fuqarolarning banklar ishonchli boshqaruviga topshirilgan;
taqdim etuvchiga to’lanadigan hisobvaraqlarda saqlanayotgan;
yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga (agar bu hisobvaraqlar mazkur faoliyat munosabati bilan ochilgan bo’lsa) qo’yilgan;
mazkur bank yoki uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarni ta`minlash uchun fuqarolarning banklardagi garovda turgan omonatlariga qo’yilgan;
banklarning chet ellardagi filiallariga qo’yilgan pul mablag’lari kafolatlash ob`ekti hisoblanmaydi.
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash maqsadini amalga oshirish uchun Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) tuziladi.
Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini o’tkazish huquqini beruvchi litsenziyasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan (bundan buyon matnda litsenziyani chaqirib olish deb yuritiladi) taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo’yicha haq to’lanishini ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iboratdir. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo’yicha Fondning haq to’lanishini kafolatlashi bank qayta tashkil etilganligi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan hollarga taalluqli emas.
Fond yuridik shaxs hisoblanadi va banklar bilan yozma ravishda tuziladigan bitimlar asosida faoliyat yuritadi.
Fondning mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag’ qo’yilishidan olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.
Fondning pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi.
Fondning o’z mablag’larini davlat qimmatli qog’ozlariga va boshqa aktivlarga qo’yishdan olgan daromadlari soliq solish ob`ekti hisoblanmaydi.
Fondni boshqarish Fondning kuzatuv kengashi va Fondning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fond moliyaviy yordam ko’rsatish va xayriya faoliyati bilan shug’ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo’lishi mumkin emas.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling