Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Qisman ta’minlangan kreditlar (aktivlar)
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’minlanmagan kreditlar (aktivlar)
- KREDIT TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI.
Qisman ta’minlangan kreditlar (aktivlar) – «yaxshi ta’minlangan kreditlar (aktivlar)» mezoniga muvofiq kelmaydigan ta’minotga ega kreditlar. Xususan, ularga doir taqdim etilgan garov qiymati kredit summasi va unga doir foizlarning 100 foizidan, shuningdek, garovni sotishda ko‘zda tutilayotgan xarajatlardan kam (e’lon qilingan garov qiymatidan qat’iy nazar) yoki e’lon qilingan qiymat bo‘yicha garovning sotilishi shubha tug‘diradigan kreditlar.
Ta’minlanmagan kreditlar (aktivlar) – biror-bir ta’minotsiz berilgan kreditlar. Odatda, bunday kreditlar qarzdorning kuchli tushumlari potensiali yoki uning yaxshi kredit tarixi asosida beriladi. «Ta’minlanmagan kreditlar»ga garov belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan kreditlar ham kiradi. Jahon amaliyotida bank o‘zini-o‘zi qoplovchi kreditlar asosan tovar-moddiy zaxiralar, xomashyo va materiallar hamda sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotlarni moliya bilan ta’minlash maqsadida olinadi. Bunday kreditning afzalligi shundaki, tadbirkor o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan naqd pulning yetarli miqdori bilan ta’minlanadi. Bunda: naqd pullar xomashyo va materiallar, chala va tayyor mahsulotlarni sotib olish uchun ishlatiladi; mahsulotlar asosan sotish uchun tayyorlanadi; savdo asosan kredit hisobidan amalga oshiriladi; savdo orqali olingan mablag‘ bankdan olingan kreditni qoplashga ishlatiladi. Aylanma kapitalni to‘ldirish uchun olinadigan kreditlar ham vazifasiga ko‘ra, o‘z-o‘zini qoplovchi kreditga o‘xshab, tovar, xom-ashyo, materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish uchun uzog‘i bilan bir yil muddatga olinadi. Bu kreditning farqi shundaki, u asosan mavsumiy talabni qondirish uchun olinadi. Masalan, yoz mavsumida kiyiladigan zamonaviy ko‘ylaklar tikish uchun kredit talab qilinganda, bank ushbu mijozga 6 oydan 9 oygacha muddatga kredit tizimini ochadi va mijoz zarur bo‘lganda ushbu tizimdan shu muddat ichida foydalana oladi. Agar mijoz shu davr mobaynida kreditning to‘la hajmini yoki kattagina qismini to‘lashga erishsa, bank mijozning talabiga ko‘ra, kredit muddatini yana cho‘zishi mumkin. Aylanma mablag‘ni qoplash uchun olinadigan kredit firmaning debitorlik qarzi yoki tovar-mahsulotlar hisobidan ta’minlanadi va tizim doirasida suzib yuruvchi foiz stavkasida foiz o‘rnatiladi. Mijoz bu kreditni qoplash uchun o‘zining depozit hisobvarag‘ida olingan kredit-ning kamida 15-20 foizi miqdorida mablag‘larni saqlashi lozim. Majbu-riyat uchun komissiya haqi, asosan, kredit tizimining foydalanilmagan qismidan olinadi. Ko‘pgina banklar tomonidan beriladigan qurilish uchun mo‘ljallangan kredit keng tarqalgan kreditlardan biri bo‘lib, bu kredit asosan uy, bino, inshoot va ofislar qurish uchun olinadi. Bunday kredit ko‘chmas mulk uchun ishlatilishiga qaramasdan, u qisqa muddatga beriladi. Kreditni oluvchilar uni ishchilarni yollashga, vaqtinchalik kerak bo‘ladigan asbob-uskunalarni ijaraga olish, qurilish materiallari hamda bino va inshootlarni qurish uchunyerlarni sotib olishga ishlatadilar. Rivojlangan davlatlarda mijoz bankdan olgan kreditni boshqa kreditor-dan yoki moliya tashkilotidan mijozning garov mulki hisobiga qoplashi majburiyatini bankka taqdim qilmaguncha, bank bunday mijozlarga, ya’ni quruvchi va loyihachilarga kredit bermaydi. Davlatga tegishli va xususiy qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi dilerlarga ularni sotish yoki muddati tugaganda hisobdan chiqargunga qadar yangilarini sotib olish va mavjud qimmatli qog‘ozlar portfelini qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli kreditlar kerak bo‘ladi. Bunday kreditlarni banklar ko‘pincha hech qanday to‘sqinliksiz beradilar, chunki bunday kreditlar yuqori sifatli hisoblanib, ular asosan davlatning qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday kreditlar juda qisqa muddatga beriladi (bir kundan bir necha kungacha). Agar sharoit yomonlashsa, bank kreditni qaytarib oladi yoki foiz stavkasini ko‘taradi. Bunday kreditlar yangi korporativ obligatsiyalar, aksiyalar va davlatning qimmatli qog‘ozlarini joylashtiruvchi investitsiya firmalariga beriladi. Investitsiya firmalari yangi qimmatli qog‘ozlarni kapital bozorida sotishi natijasida kreditlar va ularga o‘rnatilgan foizlar to‘lanadi. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga kreditlar asosan avtomobillar, elektr-xo‘jalik mollari, mebel va boshqa uzoq muddat ichida foydalaniladigan tovarlarni sotib olish uchun, savdo bo‘yicha shartnoma imzolangandan so‘ng yuzaga kelgan dilerning debitorlik qarzini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida beriladi. Bank dilerlarning shartnomalarini tahlil qiladi. Agar shartnoma o‘rnatilgan talablarga javob bersa, bank bu shartnomalarni sotib oladi, risk darajasi va ta’minot sifati hamda kredit muddatini e’tiborga olib, foiz stavkasini o‘rnatadi. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kredit olish bilan birga sotuvdan tushgan tushumlari hisobidan ssuda hisobvarag‘idagi mablag‘larni qoplaydilar. Revolver kredit shartnomasi bo‘yicha kredit oluvchi firma kredit tizimi muddati ichida belgilangan miqdorda kredit olishi, olingan qarzning bir qismini yoki to‘liq hajmini to‘lashi va zarur hollarda yana qarz olishi mumkin. Bu kreditning afzalligi shundaki, uni olayotganda firma maxsus garov bilan kreditni ta’minlashi shart emas va bu kredit qisqa muddatga yoki 3-5 yil muddatga beriladi. Mijoz naqd pullari tushumi hajmini va kelajakda olinadigan kredit hajmini aniq bilmasa, revolver kreditdan foydalanadi. Revolver kredit mijozning ishlab chiqarishda bo‘ladigan tebranishlarini tartibga solishda muhim omil bo‘ladi. Mijoz faoliyati davomida daromadi oshgan vaqtda kredit hajmini to‘lab boradi, sotuv hajmi kamayib, naqd pul oqimi qisqarsa, kredit tizimi muddatiga ko‘ra, bankdan qo‘shimcha mablag‘ olish imkoniga ega bo‘ladi. Kelishilgan kredit hajmida mijozning kredit uchun berilgan har bir talabnomasining to‘liq va o‘z vaqtida qondirilishi hisobiga bank mijozdan xizmat haqi oladi. Majburiyatlar uchun olinadigan haq ikki xil bo‘ladi: shartnoma majburiyati; tasdiqlangan kredit tizimi. Shartnoma majburiyati bo‘yicha bank mijozga eng yuqori hajmda kelishilgan foiz stavkasi bilan kredit beradi. Bunday hollarda mijozning moliyaviy ahvolida «sezilarli salbiy o‘zgarishlar» yuz berganda yoki mijoz shartnoma bandlarini bajarmaganda, bank to‘lovlarni to‘xtatishi mumkin. Tasdiqlangan kredit tizimi bo‘yicha bank, kredit oluvchi firmaning arizasiga ko‘ra, favqulodda hollarda kredit beradi. Bunday paytlarda asosan kredit reytingi (kreditni to‘lash bo‘yicha bahosi) yuqori bo‘lgan mijozlarga beriladi va ularga o‘rnatiladigan foiz stavkasi anchagina past bo‘ladi. Uzoq muddatli loyihalarni moliyalashga beriladigan kreditlar kelajakda naqd pul tushumi bilan ta’minlovchi asosiy kapitalni to‘ldirish maqsadida moliyalash uchun olinadigan kredit bo‘lib, bank uchun ancha xatarlidir. Misol tariqasida neftni qayta ishlash zavodlari, shaxtalar, elektr stansiyalarini kredit bilan ta’minlashni olish mumkin. Bunday loyihalarga beriladigan kreditlar xatari turlichadir: ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun juda katta hajmdagi mablag‘lar ajratish lozim; moliya bilan ta’minlanayotgan loyihaning amalga oshishi muddati ob-havo sharoiti yoki qurilish materiallarining yetishmasligi sababli kechikishi mumkin; amaldagi qonun va qoidalarning o‘zgarishi loyihaning amalga oshishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qurilishning tugashiga to‘sqinlik qilishi va buning natijasida qurilish tannarxi ortishi mumkin. foiz stavkasining ko‘tarilishi kreditor yoki loyihani moliya bilan ta’minlovchi homiy muassasa yoki tashkilot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyihalarni moliyalash krediti asosan uni birgalikda amalga oshirayotgan bir nechta yirik kompaniyalarga beriladi. Shuningdek, yirik hajmdagi bunday kreditlarni bir necha kreditorlar birgalikda berishlari ham mumkin. Ushbu loyihalar o‘z vaqtida bajarilmasa, kreditlar qarz oluvchining homiylari tomonidan qaytariladi. Kredit oluvchiga hech kim homiylik qilmagan taqdirda, kreditor, ya’ni bank juda katta tavakkalchilikka yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. KREDIT TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI. Маълумки кредитларнинг уз вактида кайтарилишини таъминлаш кредит беришнинг асосий шартларидан биридир. Бунда махсулот сотишдан, иш ва хизматлар бажаришдан (кредитланган операция буйича) келадиган тушум банк ссудаси тулашнинг асосий манбаи булади, яъни банк молиялайдиган операция битимининг негизини ташкил килади. Бирок хозирги пайтда куп холларда карз олувчининг кредит кобилиятини бахолаш кийин булмокда. Ссуда кайтмаслиги хавфидан холи булиш учун банклар таъминотнинг иккиламчи манбааларидан, хусусан, гаровдан кушимча равишда фойдаланиши лозим. Шуни ёдда тутиш керакки, ссуда бериш тугрисидаги карор таклиф этилаётган иккиламчи таъминотнинг жозибалигига эмас, балки карз олувчининг уз фазилатларига асосланиши керак. Агар кредит операциясининг узи юкори даражадаги таваккалчилик билан боглик булса, кредитни яхши гаров таъминоти борлиги учунгина бериш хато булади. Коида тарикасида, гаров таъминоти масаласи кредитлаш тугрисидаги карорга келиш жараёнида курилади. Кредитининг кайтарилишини таъминлаш усули сифатидаги гаровнинг маъноси шуки, кредитор (банк) карз олувчи кредит шартномасида кузда тутилган муддатда уз мажбуриятини бажармаган такдирда ссудани кайтариш ва ссуда юзасидан хисоблаб ёзилган фоизларни тулаш талабини гаровга куйилган мулкнинг кийматиданбиринчи навбатда кондириш хукукига эга булиб колади. Банклар таъминот сифатида: товар-моддий бойликлар; кучмас мол-мулк; пул маблаглари; кимматли когозлар; мулкий хукуклар каби карз олувчи такдим этган, конунларга мувофик ундирувчини олишга каратилган хар кандай мол-мулкларни кабул килишлари мумкин. Гаров кредит кайтарилишининг хакикий кафолатига айланиши учун катор иктисодий ва хукукий талабларга риоя этиши, жумладан, гаровни тугри танлаш, унинг кийматини бахолаш, гаров турини белгилаш, гаров предметининг сакланиши устидан назоратни таъминлаш, гаровга олувчи ва гаровга куйувчининг хукуклари ва мажбуриятларини белгилаш, гаров хужжатларини гаровнинг турига караб, тугри расмийлаштириш, гаров мулкларини саклаш тартибини белгилаш ва таъминлаш лозим. Гаров кредит кайтарилишининг хакикий кафолати булиши учун банк карз олувчининг мол-мулкини ургана бориши керак. Биринчи навбатда, банк таклиф этилаётган мол-мулк карз олувчига тегишлилигини аниклаш лозим. Бунинг учун карз олувчи банкка гаров мулкини тегишлилигини тасдикловчи хужжатларни такдим этиши лозим. Шуни ёдда тутиш керакки, Узбекистон Республикаси Фукаролик Кодексига кура, ижро хужжатлари буйича ундириш кишлок жойдаги уй-жойга каратилиши мумкин эмас. Шу сабабли, карз олувчининг оила аъзолари яшайдиган уйни гаровга олган холда, кредит беришдан эхтиёт булиш керак. Шунингдек ушбу мол-мулкнинг учинчи шахсларда гаровда эмаслигини хам текшириш лозим. Кредитни беришга доир банк билан тузилган шартномага, жумладан, гаров тугрисидаги шартномага киритиладиган узгартириш ва кушимчалар ушбу шартномалар шартларига мувофик расмийлаштирилиши ва тегишли йигма жилдларга киритилиши лозим булади. Таклиф килинаётган гаровни урганишда гаров кийматини карз олувчининг тегишли мажбуриятларини коплашга етарлилигини аниклаш жуда мухим. Биз куйида банкнинг кредит куйилмаларининг таъминланганлик шакли буйича таснифлаб чикамиз. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling