Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Kreditning asosiy shakllari
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
41-jadval.
Kreditning asosiy shakllari
Iste’mol krediti turi banklar beradigan kreditlar ichida eng daromadli va eng xatarlisi hisoblanadi. Iste’mol kreditining eng xatarli deyilishiga sabab shundaki, bu kreditni olgan shaxs yoki oilalarning moliyaviy ahvoli kasallik yoki ishsizlik tufayli yomonlashishi mumkin, bu o‘z navbatida, kreditning qaytarilishini kechiktirishi yoki umuman qaytmaslik xatarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun iste’mol kreditini boshqarishda banklar juda ehtiyotkorlik bilan ish tutishlari lozim. Hozirgi paytda iste’mol kreditining bir nechta turlari mavjud. Ularni berish maqsadlari va turlariga qarab 2 guruhga ajratish mumkin. Masalan, ayrim shaxs va oilalarga beriladigan kreditlar yangi uylar sotib olish uchun, ya’ni uylar bilan ta’minlangan kreditlar yoki boshqa maqsadlar uchun, ya’ni avtomobil, yirik elektr xo‘jalik mollari sotib olish uchun olinadigan kreditlar hamda uy-joydan tashqari boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar. Boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar qaytarilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ma’lum bir muddat ichida qaytariladigan va bir yo‘la qaytariladigan kreditlar. Jahon bank amaliyotida «Uy-joylarni garovga qo‘yish hisobiga» beriladigan kreditlar uylar sotib olish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun beriladi. Yakka yoki ko‘p oilalarga mo‘ljallangan uylarni sotib olish uchun 10-15 yillik uzoq muddatli kreditlar beriladi va bu kreditlar ushbu uy bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bunday kreditlarga mutlaq foiz stavkalari yoki «suzib yuruvchi», boshqacha aytganda, o‘zgaruvchan foiz stavkasi o‘rnatiladi. Mutlaq foiz stavkasi o‘zgarishi orqali suzib yuruvchi foiz stavkasi ham o‘zgaradi. Majburiyatni qoplash uchun olinadigan kredit hajmining 1-2% ini tashkil qiluvchi xizmat haqi (komissiyasi) oldindan olinadi va shu yo‘l bilan qarzdorga kerakli vaqtda, kerakli hajmda kredit berilishi kafolatlanadi. Bunday kreditlarni nafaqat banklardan, balki bank xolding kompaniyasiga tegishli sho‘ba korxonalardan ham olish mumkin. 2008 – yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrning eng dolzarb muammosi bo‘ldi va uning ta’siri butun jahon iqtisodiyotini larzaga soldi. Ushbu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishining asosiy sababi sifatida AQShda yuzaga kelgan ipoteka bozoridagi tanglik e’tirof etilmoqda. Ipoteka bozoridagi tanglikning sababi esa ipoteka kreditlarining o‘z vaqtida qaytmaganligi, ya’ni ipoteka kreditlarining muammoli kreditlar toifasiga aylanishidir. Ipoteka kreditlari bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga esa AQSh FZT tomonidan qo‘llangan ekspansion pul-kredit siyosati va ipoteka kreditlarining haddan tashqari erkinlashtiriganligi sabab bo‘ldi. AQSh FZT qayta moliyalash stavkasi 2006-yildagi 5-6 foizdan 2008-yilda 1 foizgacha tushirildi. Pul bozorida pulning bahosi arzonlashdi. Bundan tashqari, ipoteka kreditlarining banklar tomonidan berilishi osonlashdi. AQSh fuqarosi hech qanday muammosiz uyning garoviga ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ipoteka inqirozi bank aktivlarining qadrsizlanishi, o‘z navbatida, banklarning to‘lov qobiliyati va likvidlik darajasining pasayishiga sabab bo‘ldi. Uy-joydan boshqa maqsadlar uchun olinadigan kreditlar ma’lum bir muddat ichida to‘lanishi yoki bir yo‘la to‘lanishi mumkin. Ma’lum bir muddat ichida to‘lanadigan kreditlar qisqa va o‘rta muddatli kreditlar bo‘lib, bunda kredit miqdori ikki yoki uch qismga bo‘linib to‘lanadi (odatda har oyda yoki har chorakda bir marta) bunday kreditlar asosan harakat vositalari, mebel, yirik elektr-xo‘jalik mollari sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlarga asosan mutlaq foiz stavkasi o‘rnatilsa ham, keyingi paytlarda «suzib yuruvchi» foiz stavkasini o‘rnatish amaliyotda ko‘p qo‘llanilmoqda. Bir yo‘la qaytariladigan kreditlar qisqa muddatli kreditlar bo‘lib, jismoniy shaxslarning naqd pul mablag‘iga bo‘lgan joriy ehtiyojini qondirish uchun beriladi va kredit muddati tugashi bilanoq uning to‘la hajmi qaytariladi. Bunday kreditlarning hajmi kichkina bo‘lib, muddati 30 kun yoki undan ham kam bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatga bir yo‘la qaytarish sharti bilan beriladigan kreditlar bank uchun serdaromad bo‘lib, ba’zida, mijozning xususiyatiga qarab yirik miqdorda ham bo‘lishi mumkin. Masalan, mehnat ta’tili va davolanish, yirik elektr xo‘jalik mollarini sotib olish yoki ta’mirlash, soliq to‘lashga ketadigan xarajatlarni qoplash uchun olinadi. Kredit kartochkasiga asoslanib beriladigan kreditlar ham ma’lum muddat ichida yoki bir yo‘la to‘lanishi mumkin. Kredit kartochkasi egalari uning yordamida sotib olgan tovarlariga foizsiz haq to‘lashlari va qarzlarni belgilangan muddat ichida qoplashlari yoki tovar haqini bo‘lib-bo‘lib, oyiga 12-18% yillik foiz miqdorida to‘lab borishlari mumkin. Kredit kartochkasi asosida ma’lum muddat ichida kredit haqining to‘lanishi bir yo‘la to‘lanadigan kreditlarga qaraganda banklar uchun foydalidir, chunki banklar bunday kreditlardan foiz daromadlari oladilar. Kredit kartochkasi juda qulay bo‘lib, mijoz undan ko‘pincha revolver kredit tizimida keng foydalanadi. Kredit kartochkalaridan foydalanish texnologiyalarning takomillashi natijasida mijozlar kredit kartochkalari orqali bank xizmatlarining barcha turlaridan, shu jumladan, jamg‘arma va hisob-kitob xizmatlaridan ham bemalol foydalanishlari mumkin. Bu kartochkalar bilan xizmat ko‘rsatishning rivojlanishi tufayli mijozlar bank xizmatiga haq to‘lashdan ko‘pincha ozod bo‘ladilar. Bank turli xil mijozlarga turli xil maqsadlar uchun kreditlar berishi mumkin. Beriladigan kreditlarni ulardan foydalanish maqsadiga ko‘ra, yettita turkumga ajratish mumkin: ipoteka ssudalari, ya’ni ko‘chmas mulk asosida beriladigan kreditlar; moliya institutlariga, ya’ni banklararo moliya va sug‘urta kompaniyalariga, shuningdek, boshqa moliya muassasalariga beriladi-gan kreditlar; dehqon va fermer xo‘jaliklarigayerlarni o‘zlashtirish va ishlov berish, hosilni yig‘ishtirib olish, chorva mollarini em bilan ta’minlash ishlarini yaxshilash maqsadida beriladigan qishloq xo‘jalik ssudalari; savdo va sanoat korxonalariga tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va ish haqi berish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun tadbirkor firmalarga beriladigan kreditlar; xususiy shaxslarga beriladigan iste’mol kreditlari. Bularga bahosini bir necha muddat ichida to‘lash imkoniyati bilan avtomobil sotib, ko‘chma (sayyor) uylar, elektr xo‘jalik va boshqa iste’mol mollari, uylarni ta’mirlash va zamonaviy tus berish, tibbiy xizmat xarajatlarini qoplash va boshqa shaxsiy transport uchun beriladi; boshqa ssudalar yuqorida qayd etilmagan ssudalar bo‘lib, ularga qimmatbaho qog‘ozlar bilan ta’minlangan ssudalar ham kiradi; moliyaviy lizingda bank mashina va uskunalarni sotib oladi va ularni mijozlarga ijaraga beradi. Yuqorida keltirilgan kredit turlarini jahon bank amaliyotidagi eng yirigi ipoteka ssudalaridir va bu ssudalar beriladigan jami ssudalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. Savdo va sanoat korxonalariga beriladigan ssudalar ham jami kredit qo‘yilmalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. O‘z ahamiyatiga ko‘ra, uchinchi o‘rinda turadigan ssudalar – bular xususiy shaxslarga beriladigan ssudalar bo‘lib, ular jami kredit qo‘yilmalarining 1/5 qismini tashkil qiladi. Bank kreditlari portfeli tarkibini aniqlovchi eng muhim omillardan biri, bu eng avvalo ushbu bank xizmat ko‘rsatayotgan bozorning xususiyatidir. Har bir bank mijozlarining kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib, ularni e’tiborga olmog‘i lozim. Masalan, aholisi ko‘p bo‘lmagan shahar va tumanlardagi banklar asosan ipoteka kreditlari (uy-joylarni garovga olish asosida) avtomobil sotib olish uchun yoki xo‘jalikni boshqarish va rivojlantirish uchun sarf qilinadigan xarajatlarni qoplash maqsadida kredit beradilar. Yirik ishlab chiqarish korxonalari, firmalar, univermaglar, ofislari ko‘p bo‘lgan yirik shaharlarda esa banklar kredit mablag‘larini tovar-xomashyo zaxiralari, asbob-uskunalar sotib olish va ishchilarga ish haqi to‘lash uchun beradilar. Albatta, hamma banklar ham o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan hudud sharoitlariga butunlay bog‘liq bo‘lmaydilar. Ularning ko‘pchiligi boshqa banklardan mablag‘larning katta qismini yoki qisman qarzga olishlari mumkin. Bunday faoliyat ko‘rsatayotgan banklar uchun ular joylashgan hudud iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar katta xavf tug‘dirmaydi. Bank kreditlari portfeliga ta’sir qiluvchi yana bir muhim omil bu – bankning hajmidir. Bunda bank sarmoyasining hajmi eng muhim rol o‘ynaydi, chunki u beriladigan kreditni bitta mijozga to‘g‘ri keladigan qiymatini aniqlaydi. Yirik banklar asosan yirik korxonalar, korporatsiya-lar va firmalarga xizmat ko‘rsatadi. Maydaroq banklar esa, asosan naqd pul ko‘rinishida yoki bir necha muhlatga mayda firmalar, xususiy shaxslarga chakana kreditlar beradi. Bank boshqaruvchilarining kredit siyosati sohasidagi tajribasi va malakasi kredit portfelining tarkibi va o‘sishiga ta’sir qiluvchi muhim omildir. Bank kreditining ba’zi bir turlarini berishni taqiqlovchi kredit siyosati bankning kredit portfeli sifatining o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi xatardan saqlaydi. Kredit portfelining tarkibi kredit faoliyati orqali olinadigan daromadga ham bog‘liq. Bankning kredit bilan shug‘ullanuvchi xodim-lari kredit berish orqali olinadigan daromad bilan bankning boshqa aktivlari orqali olinadigan daromadni solishtirib, tahlil qiladilar. Nati-jada, bank daromadlarining asosiy qismi kreditlarga to‘g‘ri kelayotgani haqida bir xulosaga kelganlaridan so‘ng ko‘proq kreditlar berishni afzal ko‘radilar. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling