Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Xalqaro kredit – bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to‘lovlilik asosida berilladigan kredit hisoblanadi. Bu kredit shakli kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o‘rtasida) amalga oshirilishi jarayonida yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, suveren davlat sifatida o‘z tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘ya boshladi. 1991-yilgacha O‘zbekiston tashqi dunyo bilan mustaqil shartnoma tuzish va amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. 1991-yil 14 – iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekistonning chet el davlatlari, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat muassasalari va tashkilotlari, huquqiy shaxslar (banklar, kompaniyalar) xalqaro valuta-kredit tashkilotlari qatnashadilar; qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi; qarz beruvchi mamlakatga to‘lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan yalpi ichki mahsulot hisoblanadi. Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, xalqaro kredit chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qo‘yish shaklida ham bo‘ladi. Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylani-shining barcha bosqichlarida qatnashadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida xalqaro kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi: mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’min-laydi; kapitalning konsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi; har xil valutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muo-mala xarajatlarini qisqartiradi. Xalqaro kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda kim tomonidan qondirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilini-shiga qarab xalqaro kredit bir necha turlarga bo‘linadi (42-jadval). Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan davlatlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valuta shaklida, foiz to‘lash yoki foiz to‘lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi. Xalqaro bank kreditlarining: bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit); yevrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan yevrovaluta bozori resurslari hisobidan yevro-valutada, ikki yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatda, o‘zgaruvchi foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud. Qisqa muddatli xalqaro kreditlarni – xalqaro valuta fondi, o‘rta muddatli kreditlarni – Jahon tiklanish va taraqqiyot banki, uzoq muddatli (yigirma yilgacha) kreditlarni – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki berishi mumkin. 42-jadval. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling