Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Qarz oluvchining yuridik maqomi: birinchidan
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarz oluvchining majburiyati
Qarz oluvchining yuridik maqomi: birinchidan, qarz oluvchining to‘lovga qobiliyatliligini, ikkinchidan, faoliyat natijalariga javob beruvchi mas’ul kishilar doirasini aniqlash uchun muhimdir: bu jihat bank mijozini bankrot deb e’lon qilingan holatda yanada dolzarb tus oladi.
Qarz oluvchining majburiyati: mijozning kreditdan maqsadli foydalanish mas’uliyatiga, qarzni to‘la va o‘z vaqtida to‘lash majburiyatiga, bank nazoratini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etish shartlariga rioya qilish uchun zarurdir. Kredit shartnomasi yozma shaklda tuziladi va tomonlar tomonidan imzolanadi. Unga korxona rahbari yoki shartnoma tuzishga vakolati bor shaxs imzo chekadi. Vakolat muddati uch yildan oshmagan bo‘lishi kerak. Basharti, vakolat berilganligi to‘g‘risidagi ishonchnoma qog‘ozida bu muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda bu vakolat ishonchnoma berilgan kundan bir yilgacha bo‘lgan vaqt ichida kuchga ega bo‘ladi. Shartnomaning huquqiy tomondan puxta bo‘lishi uchun uni tuzishda bank yuristlarini kengroq jalb qilish lozim. Yuridik maqomiga binoan kredit shartnomasi – har ikkala tomon kelishuvi va uning bajarilishini ifodalovchi hujjatdir. Bunda bir tomondan bank kredit berishni o‘z zimmasiga olsa, ikkinchi tomondan mijoz uni o‘z vaqtida qaytarish majburiyatini oladi. Kredit shartnomasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda bank kredit operatsiyalarini bajarishda mijozning ishonchliligiga, unga bo‘lgan ishonchga tayanadi. Kredit berish esa qarz oluvchining kreditga layoqatliligini va uni o‘z vaqtida qaytara olishini o‘rganishga asoslanadi. Shu sababli kredit shartnomasi bo‘yicha uchinchi shaxsga birinchi shaxs nomidan kredit olish huquqi berilmaydi. Bu tartib qonunchilikda o‘z aksini topmaganligi sababli uni shartnomadan albatta shartlarning biri qatorida muhrlab qo‘yish kerak. Shu bilan bir qatorda shartnomaga binoan birinchi shaxs zimmasidagi qarzni uchinchi kishi zimmasiga o‘tkazilishi mumkin (agar u birinchi mijoz zimmasidagi barcha qarz majburiyatlarini to‘lashni o‘z zimmasiga olsa). Kredit shartnomasining yana bir xususiyati shundaki, garchi shartnomada yuridik jihatdan tomonlarning rasmiy teng huquqligi qayd qilingan bo‘lsa-da, ammo bu yerda bank mavqeyining ustunligi saqlanib qoladi. Bu hol bankning o‘z manfaati nuqtayi nazardan mijozga o‘z tazyiqini namoyon qilishda, unga iqtisodiy samarasiz operatsiyalarni majburlab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Masalan, kredit shartnomasida kredit berish sanasi pul mablag‘larini mijoz hisobvarag‘iga qayd qilingan kun sanasi emas, balki mijoz hisobvarag‘iga ssuda provodka qilingan sana yoki bankning korrespondent hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqargan sana hisoblanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling