Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Odatda kredit shartnomasining quyidagi bo‘limlari mavjud
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank mijozga kredit berishga rozi bo‘lsa, ular o‘rtasida shartnoma tuziladi va imzolanadi. Birinchi bo‘lib, olinayotgan kredit hajmiga
- Beriladigan kreditlar ta’minlangan yoki ta’minlanmagan (ishonchga asosan) bo‘ladi.
- Ko‘pgina kredit shartnomalarida banklar mijozlariga cheklanishlar belgilaydilar. Bu cheklanishlar ikki xil bo‘ladi
- KREDITNI QAYTARISH JADVALINI TUZILISHI VA KREDIT BO’YICHA FOIZLARNI HISOBLASH TARTIBI Reja
Odatda kredit shartnomasining quyidagi bo‘limlari mavjud:
mijozning qarz majburiyati; kredit berish to‘g‘risidagi bitim; ta’minlanganlik; cheklovchi shartlar; mijoz tomonidan beriladigan kafolatlar; kredit shartnomasini bajarmaslik hollari. Bank mijozga kredit berishga rozi bo‘lsa, ular o‘rtasida shartnoma tuziladi va imzolanadi. Birinchi bo‘lib, olinayotgan kredit hajmiga qarz majburiyati imzolanadi. Qarz majburiyatida kreditga o‘rnatilgan foiz miqdori va kreditni qoplash muddati ko‘rsatiladi. Qarz majburiyati bilan birga yirik firma va kompaniyalar ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish sharti bilan kredit shartnomasini imzolaydilar va bank bu shartnomaga asosan kelishilgan kredit hajmi miqdorida o‘rnatilgan muddat ichida mijozga kredit berish majburiyatini oladi. Beriladigan kreditlar ta’minlangan yoki ta’minlanmagan (ishonchga asosan) bo‘ladi. Ta’minlangan kreditlar mijoz mulkini garovga olish orqali beriladi. Garov tariqasida ko‘chmas mulk, avtomobil, qimmatli qog‘ozlar va boshqa likvid boyliklar berilishi mumkin. Ishonchga tayanib beriladigan kreditlarga garov olinmaydi. Bunda asosan mijozning obro‘-e’tibori, daromadlari darajasining yuqoriligi asosiy omil hisoblanadi. Ko‘pgina kredit shartnomalarida banklar mijozlariga cheklanishlar belgilaydilar. Bu cheklanishlar ikki xil bo‘ladi: Tasdiqlangan cheklanishlar mijozlardan, kelishilganiga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan moliyaviy hisobotlarni bankka taqdim qilish, har qanday ta’minotni sug‘urtalash, likvidlilik va kapitalning yetarlilik darajalarini saqlab turishni talab qiladi. Taqiqlangan cheklanishlarga asosan mijozlar bankning ruxsatisiz boshqa moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirmasliklari, qarz hajmini orttirmasliklari, aktivlarini sotmasliklari, o‘zlarining aksiyadorlariga yuqori darajada dividendlar to‘lamasliklari lozim va boshqalar. Mijoz kredit arizasidagi ma’lumotlarning barchasini kafolatlashi lozim. Kredit shartnomasiga asosan mijozga kafillik bera oladigan tashkilot, firma yoki jismoniy shaxsning nomi, mijoz tang ahvolda qolganda uning qarzini to‘lashga kafolat berishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bo‘lishi kerak. Kredit shartnomasida «Kredit shartnomasini bajarmaslik hollari» bo‘limi bo‘lib, mijoz shartnomani buzgan hollarda bank kreditni qaytarib olish uchun qanday huquq va vakolatlarga ega ekanligi yoritib beriladi. Bu bo‘limda shartnoma bajarilmagan hollarida kreditni qaytarib olish maqsadida ijro organlariga murojaat qilingan vaqtdagi sud va advokatlarga to‘laydigan barcha sarf-xarajatlar va chiqimlarni kim to‘lashi ko‘rsatiladi. KREDITNI QAYTARISH JADVALINI TUZILISHI VA KREDIT BO’YICHA FOIZLARNI HISOBLASH TARTIBI Reja: 1. Bank kreditini qaytarish grafiginining tuzilishi. 2. Kreditlar xisobini yuritish, foizlarni xisoblash tartibi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatidagi eng asosiy muammolardan biri berilgan ssudalarning qaytarilmasligidir Ushbu muammoni qisman hal etish ya’ni mijoz tomonidan kreditni qaytara olmaslik riskini kamaytirish yo’llaridan biri mijoz mulkining ma’lum qismini berilgan kredit uchun garov sifatida talab qilishdir O’zbekiston Respublikisining bank qonunchiligi tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar turli shakldagi ta’minlanganlikka ega bo’lishi ko’zda tutiladi. O’zbekiston Respublikisining Fuqarolar kodeksining 259- moddasiga asosan qarzdorning majburiyatlarini garov, qarzdorning mulkini ushlab qolish, kafolat, va qonun bo’yicha yoki shartnomada ko’rsatilgan boshqa usul bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin. Bu ta’minotning qaysi birini tanlash majburiyat turiga bog’liq. Aksariyat hollarda kredit va qarz shartnomasini bajarish bo’yicha garov, kafolat qulay hisoblanadi. Qarz oluvchi kreditning ta’minlanganligi sifatida bir yoki bir necha turdagi ta’minlanganlikni qo’yishi va uni kredit shartnomasida ko’rsatishi mumkin. Kreditning ta’minlanganligi bo’yicha garov kredit shartnoma bilan bargalikda rasmiylashtiriladi va unga albatta ilova qilinishi lozim. Jahon amaliyotida bank ssudalarini ta’minlashning o’ta keng tarqalgan turlari quyidagilar hisoblanadi: - er uy-joy; - qimmatli qog’ozlar; - debitorlik qarzlari yig’indilari; - tegishli hujjatlar bilan birga taqdim etilgan tovarlar; - sug’urta polislari va boshqalar Ishonchli kreditlar va ularning qaytarilishini ta’minlovchi birdan-bir garov shakli kredit shartnomasi bo’lib hisoblanadi Kredit shartnomasi shartlarining bajarilishini kredit ta’minlanganligining sharti sifatida qabul qilish xorijiy banklar tomonidan cheklangan hajmda ishonchga sazovor bo’lgan doimiy mijozlarni qisqa muddatda kreditlash jarayonida qo’llaniladi O’rta va uzoq muddatli kredit berishda ham berilgan kreditlarni sug’urta qilish sharti bilan istisno tariqasida qo’llanilishi mumkin Odatda sug’urta qilish qarz oluvchi hisobidan amalga oshiriladi
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling