Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqni bajarish uchun tuzilgan namunaviy yo’riqli texnologik xarita.
- 2-topshiriqning berilishi.
- KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARINI KREDITLASH.
- AYLANMA MABLAG’LAR VA ULARNI TASHKIL ETISH MANBALARI.
1-topshiriqning berilishi:
2008 yil 1 may oyida “Yulduz” xususiy firmasi AT “Turon”bankidan asbob uskuna sotib olish maqsadida 1 yil muddatga 3000000 so`m mikro kredit oldi. Qo’shimcha malumotlar. 1.”Yulduz” xususiy firmasi AT “Turon”bankida o`zining 20208000786754965001 asosiy hisob varag`ini ochgan. 2.Kredit uchun belgilangan % stavkasi yillik 21% ni tashkil etadi. 3.Mijoz “Yulduz” xususiy firmasi olgan kreditni muddatidan oldin 1-noyabr 2007 yilda qaytargan. Topshiriqni bajarish uchun tuzilgan namunaviy yo’riqli texnologik xarita. “Yulduz”xususiy firma kredit olish uchun zarur bo`lgan hujjatlar ro`yxatini tuzing. 2.Berilgan ma`lumotlardan foydalanib kreditdan foydalanilgan muddatni aniqlang. Foydalangan muddat bo`yicha kreditga to`langan %ni hisoblang. Amalga oshirilgan kredit operatsiyalari bo`yicha buxgalteriya provodkalarini bajaring. 2-topshiriqning berilishi. Mijozga tijorat bank tomonidan iste`mol kreditining texnika jihozlari bo`yicha muzlatgich 3 yil muddatga berildi. Qo’shimcha malumotlar. 1. Muzlatgichning bahosi 800000 som. 2. Shartnoma bo`yicha yillik foiz stavkasi – 7%. Topshiriqni bajarish uchun tuzilgan namunaviy yo’riqli texnologik xarita. 1. Bu kredit qaytarilgandan so`ng bank qancha daromad oladi? 2. Ushbu operatsiy bo`yicha buxgalteriya provodkasini bajaring. 3. Amalga oshirilgan provodka qaysi hijjat orqali amalgam oshiriladi? KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARINI KREDITLASH. Bugungi kunda Respublikamiz bank tizimi tadbirkorlik tuzilmalarining moliyaviy resurslaridan unumli foydalanishiga xizmat qiluvchi amaliy mexanizmini shakllantirishga alohida e’tibor qarat-moqda. Byudjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari hisobidan kreditlar berish tartibi anchagina soddalashtirildi va bunday mablag‘lar bugungi kunda yakka tadbirkorlarga ham ajratilmoqda. Bu tartib tadbirkorlikni endigina boshlayotganlarga mikrokreditlar berish to‘g‘risidagi yangi qoidalar bilan to‘ldirildi. Mikrokredit deganda kredit beriladigan kundagi birjadan tashqari valuta bozori kursi hisobida 5000 (besh ming) AQSh dollariga ek-vivalent miqdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valutasida beriladigan kreditlar tushuniladi. Mikrokreditlash bilan, odatda, jahon tajribasida kredit uyushmalari yoki jamiyatlari, bank hisoblanmagan tashkilotlar shug‘ullanadi. Marka-ziy bank boshqa mamlakatlardagi tajribalarni o‘rganib chiqib, manfa-atdor idoralar bilan birgalikda «Kredit kooperativlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini (2000-yil yanvar) ishlab chiqdi. Bu loyiha hozirgi paytda xalqaro ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Markaziy bank yangi qonun qabul qilingunga qadar va vaqtdan yutish maqsadida «Tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta biznes subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, yakka tartibdagi tadbirkor-larni barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan milliy va chet el valutasida mikrokreditlash tartibi» ni ishlab chiqdi. Ushbu tartibning 1,4 bandida: «Mikrokreditlar faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga-gina beriladi», – deyilgan. Tijorat banklari mikrokreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma asosida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. Mikrokreditlarning 50 foizigacha miqdori, 1,5 yil (18 oy) gacha bo‘lgan muddatda qaytarish sharti bilan naqd pulda berilishi mumkin. Banklarga o‘z daromadlari hisobidan maxsus mikrokreditlash jamg‘armasini tashkil qilish tavsiya etiladi. Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi: Kichik (mini) uskunalarni xarid qilish; xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, urug‘lik, chorva mollari, yosh chorva mollari, parranda, yem-xashak va omixta yem, veterinariya dori-darmonlari, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o‘g‘itlarni sotib olish; xomashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; mehnat qurollari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va yor-damchi ashyolarni xarid qilish; xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish; hunarmandchilikni rivojlantirish, uy mehnati (kasanachilik) ni tashkil qilish; servis xizmati va maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish; sog‘liqni saqlashni rivojlantirish; sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish; kichik ko‘lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari. Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas: ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni qoplash; tamakichilik va spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish; savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish; foydalanilmaydigan shaxsiy mulkni ishlab chiqarish maqsadla-rida xarid qilish. Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra kredit shart-nomasi asosida, ammo Markaziy bank tomonidan rasman o‘rnatilgan qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida mikrokreditlarga keng e’tibor qaratilmoqda. 2006-yilda maxsus “Mikrokreditbank” tashkil etildi. 2007-2008-yillarda ushbu bank aktivlari miqdori 3.5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Prezident Farmoni asosida “Mikrokreditbank” ustav jamg‘armasi 72 mlrd so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish haqida qaror qabul qilindi. Prezidentning 2008-yil 10 noyabrdagi PF-4051 sonli Farmoniga asosan “Mikrokreditbank” foiz stavkalari boshlang‘ich sarmoyani tashkil etishga 5 foizdan 3 foizga, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 14 foizdan 7 foizga va mikrolizing xizmatlari uchun 7 foizdan 5 foizgacha tushirildi Maxsus mikrokreditlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan berila-digan mikrokreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkalarini belgilash tavsiya etiladi. Mikrokredit olish uchun yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: so‘ralayotgan mikrokredit miqdori ko‘rsatilgan kredit arizasi; kreditni qaysi maqsadga ishlatilishi ko‘rsatilgan biznes-reja. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo‘jaligi boshlig‘i o‘z pasportini shaxsan ko‘rsatadi va pasport nusxasi kredit yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. Kreditning qaytarilmay qolish xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etish huquqiga ega: mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati; uchinchi shaxsning kafilligi; sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi; fuqarolar yig‘inlarining mahalla, qishloq, ovul kengashlari kafilligi. Banklar, o‘zlari bilan doimiy aloqaga ega, bank hisob raqamida muntazam pul oqimi mavjud bo‘lgan, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga egadirlar. Mikrokreditlarning qaytarilish ta’minoti shakllaridan biri sifatida mol-mulk garovi xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Garov to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari, erkin ayirboshlanadigan valuta va boshqalar garov predmeti bo‘lishi mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kafillik bank-benefitsiar foydasiga qarz oluvchi va kafil o‘rtasida tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashti-riladi. Fuqarolar yig‘inining mahalla, qishloq, ovul Kengashi, kafillik shartnomasiga muvofiq, qarz oluvchining majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulki bilan javob beradi. Kredit so‘rab berilgan arizaning bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu ariza bo‘yicha bank tomonidan xulosa berish muddati 5 ish kunidan oshmaydi. Kredit shartnomasi tuzilganidan so‘ng kredit bo‘limi xodimi, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisob raqamini ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga ko‘rsatma beradi. Mikrokredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab qarz oluvchiga kredit varaqachasi ochiladi va uning yordamida kredit ustidan nazorat amalga oshiriladi. Kredit mijozning talab qilib olinguncha depozit hisob raqami joylashgan manzili bo‘yicha beriladi. Kreditlar alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida moddiy-tovar boyliklar uchun naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan yoki mikrokreditning 50 foizgacha miqdorida naqd pul shaklida, pul cheklarini to‘lash yo‘li bilan beriladi. Naqd pul shaklida berilgan mikrokreditlarni qaytarish va ularning foizlarini to‘lash majburiy tarzda bank kassasiga naqd pul topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga berilgan mikrokreditlar kredit ajratish muddatiga qarab mos ravishda 12601 - «Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli ssudalar» va 13801 - «Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan o‘rta muddatli ssudalar» balans hisob raqamlarida hisobga olinadi. Alohida ssuda hisob raqamlari bo‘yicha berilgan mikrokreditlar bo‘yicha kredit bo‘limi xodimining farmoyishiga ko‘ra muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga qarab, to‘la qaytarilguniga qadar 91901 – «Qarz oluvchilarning qisqa muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari» va 91903 – «Qarz oluvchi-larning o‘rta muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari» nomli, ko‘zda tutilmagan sharoitlar hisob raqamlarida hisobga olinadi. Qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplashni ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi mumkin. Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisob raqami orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Monitoring jarayonida bankka berilgan garov holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanish bo‘yicha joylarga borib tekshiruvlar o‘tkazib turiladi. Berilgan kreditdan boshqa maqsadda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida berilgan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan oldin undirib olish huquqiga ega. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda, sudga murojaat qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Tijorat banklari o‘z Nizomlariga va valuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun ularga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyada ko‘rsatilgan huquqlarga muvofiq ravishda faqat o‘z ishlab chiqarish faoliyati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi qismlarni import yo‘li bilan xarid qilish uchun chet el valutasida mikrokreditlar berishlari mumkin. Tijorat banklari tomonidan chet el valutasidagi mikrokreditlar o‘z kredit resurslari va chetdan jalb qilingan kredit mablag‘lari, shu jumladan, xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladi. Chet el valutasidagi mikrokreditlar banklar bilan qarz oluvchilar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalaridan belgilanadigan tijorat shartlari asosida naqdsiz shaklda beriladi. Chet el valutasida berilgan kreditlar bo‘yicha foizlarning to‘lovi, to‘lov sanasidagi birjadan tashqari valuta bozori kursi bo‘yicha milliy valutada amalga oshiriladi. Asosiy qarzni to‘lash chet el valutasida amalga oshiriladi, qarzdorning chet el valutasidagi hisob raqamida mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘lov sanasidagi birjadan tashqari valuta bozori kursi bo‘yicha milliy valutada to‘lanishi mumkin. Chetdan jalb qilingan kredit mablag‘lari hisobida chet el valutasida mikrokreditlar berish tijorat banklariga xorijiy kredit liniyalarini ajratish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qarz oluvchilarga chet el valutasida kredit berish jarayonida, qarz oluvchilar tijorat banklaridan oldin olingan kreditlarga doir majburiyatlarini o‘z vaqtida bajargan bo‘lishlari lozim. Qarz oluvchilarga chet el valutasida mikrokredit olish uchun xorijdan sotib olinadigan mahsulot tavsifi, u xarid qilinadigan mamlakat, uning qiymati, to‘lov valutasi, uskunalar sotib olinadigan holda - zarur xomashyo bilan ta’minlanganligiga oid ma’lumotlarni bankka taqdim etadi. Chet el valutasida mikrokredit olish uchun berilgan ariza yuqoridagi tartibning 2.6-bandida belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi. Mikrokredit bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash chog‘ida birinchi navbatda kreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi. Mikrokredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, shuningdek, qarzdorning milliy valutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lmagan hollarda, tijorat banklari mikrokreditning qaytarilmagan summasini qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorning chet el valutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan undirib olish huquqiga egadirlar. Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan taqdirda mikrokredit-ning summasi qonunchilikda belgilangan tartibda kafolat beruvchining yoki kafilning zimmasida bo‘ladi. AYLANMA MABLAG’LAR VA ULARNI TASHKIL ETISH MANBALARI. Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ko’rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, xar bir tijorat banki uni o’zi mustaqil aniqlaydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo’lishi mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga: qoplash koeffitsienti; likvidlilik koeffitsienti; mustaqillik(muxtoriylik) koeffitsienti, ya’ni o’z mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsienti kiradi. Likvidlilik mijozning o’z majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya’ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag’larining etarlilik imkoniyatlarini tasvirlaydi. Qoplash va likvidlilik koeffitsientlari balansning aktiv va passivlarini solishtirish yuli bilan hisoblanadi. Likvid mablag’lar o’zining tez pulga aylanishi darajasiga qarab 3 guruxga bo’linadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling