Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


Kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlarga


Download 0.64 Mb.
bet42/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

Kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlarga mamlakatdagi va uning mintaqalaridagi, shuningdek, tarmoqdagi iqtisodiy holat va siyosiy omillar kiradi. Bu sharoitlar bankning tashqi riski darajasini belgilaydi. Aynan shularga asoslanib pul oqimi, balansning likvidligi, kapitalning yetarlilik darajasi, qarz oluvchining menejerlik mahorati kabilarga baho beriladi.
Nihoyat, mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi so‘nggi mezoni, ya’ni qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi bankirni quyidagi savollarga javob olishga undaydi:

  • qarz oluvchining kredit olishi va kredit tadbirlarini amalga oshirishi uchun huquqiy va me’yoriy asoslari mavjudmi?

  • qonunchilikda kutiladigan ehtimoliy o‘zgarishlar (masalan, soliqda) qarz oluvchining faoliyati natijalariga qanchalik ta’sir o‘tkazadi?

  • qarz oluvchining ssuda, kredit olishi bo‘yicha tuzgan biznes-rejasida, shartnomada ko‘rsatgan talabnomasi qanchalik darajada kredit siyosatiga mos keladi?

Qayd etilgan mezonlar mijozning kreditga layoqatliligi va uning mohiyatini baholash usullarini aniqlashga yordam beradi. Bunday usullar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • riskni baholash;

  • menejmentni baholash;

  • moliyaviy koeffitsiyentlar asosida mijozning moliyaviy barqa-rorlik darajasini baholash;

  • pul oqimini tahlil qilish;

  • mijoz to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish;

  • mijozning ish faoliyatini kuzatish va h.k.

Garchi baholash usullari va mezonlar yagona tarzda qo‘llanilsa-da, yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ularning kichik, o‘rta va yirik ekanliklariga alohida e’tibor beriladi. Shunga binoan u yoki bu usullarni kompleks holda qo‘llash zaruriyati tug‘iladi.

  1. YURIDIK SHAXSLARNING KREDITGA LAYOQATLILIGINI BAHOLASH USULLARI.

Qarz oluvchining likvidligi deganda uning pul majburiyat-larini o‘z vaqtida bajara olish qobiliyati tushuniladi. Likvid mablag‘lar o‘zining pulga tez aylanishi darajasiga qarab uch guruhga bo‘linadi (44-jadval).
Balans qatorlariga asoslanib, quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash mumkin:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling