Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


-jadval. Balans ma’lumotlariga asoslanib mijozning


Download 0.64 Mb.
bet45/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

47-jadval.
Balans ma’lumotlariga asoslanib mijozning
kreditga layoqatliligini aniqlash tartibi





Ko‘rsatkichlar

Ming so‘m

%

Bazis davr

Joriy davr

1

2

3

4

5

1.

Likvid mablag‘lar

109 627

138 991

126,8

a) pul mablag‘lari

2474

11313

457,3

b) tez sotiladigan talablar

25606

62286

243,2

c) tez sotiladigan zaxiralar

81 547

65392

80,2

2.

Majburiyatlar - jami sh.j.:

236136

250464

106,1

a) Qisqa muddatli majburiyatlar

51107

61179

119,17

3.

o‘z mablag‘lar manbalari

185029

189285

102,3

a) ustav kapitali

169181

169181

100,0

b) rezerv kapitali

503

503

100,0

c) taqsimlanmagan foyda

15345

19601

127,7

4.

Uzoq muddatli aktivlar

126509

111473

88,1

5.

Aylanma mablag‘lar:










a) jami, sh.j.

109627

138991

126,8

b) o‘z aylanma mablag‘lar (3-4)

58520

77812

132,9

c) aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i

54813

69496

126,8

6.

Sotilgan mahsulot hajmi

234949

291256

124,0

7.

Tahlil qilinayotgan davrdagi kunlar

360

360

-

Koeffitsiyentlar




  • Balans likvidligi (1:2)

0,46

0,55

119,6

  • Qoplash koeffitsiyenti (1:2a)

2,15

2,27

105,6

  • Likvidlik koeffitsiyenti

  • (1 qatorning a+b)/2

0,55

1,20

2,18

  • Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti (3:2)·100

78,3

75,5

96,4

  • O‘z aylanma mablag‘larining salmog‘i (5b:5a)

53,4

56,0

104,9

  • Aylanish koeffitsiyenti










a) so‘mda (6:5v)

4,3

4,2

97,7

b) kunda (5v · 7:6)

84

86

102,4



Korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Agar aylanma mablag‘larning aylanish tezligi ko‘proq bo‘lsa, unday hollarda bu ko‘rsatkichning quyi darajasi (xo‘jalik faoliyatining turiga qarab) biroz pastroq bo‘lishi mumkin. Agar bu koeffitsiyent 60 foiz bo‘lsa, kredit riski minimal darajaga tushirilgan hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, korxona shunchalik moliyaviy barqaror hisoblanadi va bank kreditini o‘z vaqtida qaytarish layoqatliligi yuqori bo‘ladi.
Yuqoridagi misolimizda moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti bazis davrda 78,3 foizni, joriy davrda esa 75,5 foizni tashkil qilib shu davr ichida bu ko‘rsatkich 2,8 punktga kamaygan. Ammo bu kamayish mijozning sinfiga o‘z ta’sirini o‘tkazmagan. Natijada mijoz birinchi sinfdaligicha qolgan.
Mijozni likvid yoki nolikvid balansliligini aniqlash uchun kreditga layoqatlilikning quyidagi ko‘rsatkichlarini hisoblash zarur:

  • o‘z aylanma mablag‘larining hajmi va dinamikasi;

  • samaradorlik (foydalilik) koeffitsiyenti;

  • noto‘lovlar va aylanma mablag‘larining aylanish sur’atlari.

O‘z aylanma mablag‘larining hajmi quyidagicha aniqlanadi:



O‘z aylanma mablag‘lari hajmi

=

O‘z mablag‘lari manbalari

-

Uzoq muddatli aktivlar




47-jadvalda:
5b = 3 - 4




Bazis davrda o‘z aylanma mablag‘larining hajmi 58520 ming so‘mni, joriy yilda esa 77812 ming so‘mni tashkil qildi. Bu holat mijozning likvid balansga ega ekanligidan dalolat beradi, chunki o‘z aylanma mablag‘lari hajmi shu davr ichida 19292 ming so‘mga ortgan. Uzoq muddatli aktivlar esa shu davr ichida 15036 ming so‘mga kamaygan.



Agar asosiy vositalar o‘z mablag‘lari manbayidan ortiq bo‘lsa, bunday holda mijoz nolikvid balansga ega bo‘ladi.



Nolikvid balansli korxonalarga esa kredit berilishi mumkin emas.
Kreditga layoqatlilikni aniqlashda o‘z aylanma mablag‘larning salmog‘ini, ularning aylanish sur’atlarini inobatga olish o‘ta zarurdir. Chunki bu salmoq ortib borsagina yoki oldingi davrga nisbatan o‘zgarishsiz qolsagina mijozning kreditga layoqatliligi ijobiy hisob-lanadi. Mablag‘larning aylanish sur’atlari:

  • aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti (marta);

  • aylanma mablag‘larning aylanishi (kunda) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.

47-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, kuzatilayotgan korxo-nada aylanma mablag‘larining aylanish koeffitsiyenti bazis davrda 4,3 marta aylangan bo‘lsa, joriy davrda bu ko‘rsatkich 4,2 martani tashkil qilgan. Demak, aylanish sur’ati birmuncha kamaygan. Aylanma mab-lag‘larning kunlarda aylanishi bazis davrda 84 kunni tashkil etgan bo‘lsa, joriy davrda 86 kunga teng bo‘lgan. Demak, aylanma mablag‘-larning aylanishi tezlashgan. Bu, albatta, ijobiy holat. Chunki aylanma mablag‘larning aylanishi qanchalik tezlashsa, shunchalik aylanma mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Kredit mutaxassisi kredit oluvchining kredit olish uchun ariza berishga va kredit shartnomasiga imzo qo‘yishga qonuniy jihatdan huquqi borligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shu huquqning borligi mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiradi. Agar mijoz yuridik shaxs bo‘lib, yirik korxona yoki uyushma bo‘lsa, uning vakili albatta shu korxona yoki uyushmaning Kengashi tomonidan tayinlangan, tasdiqlan-gan bo‘lishi, uning nomidan muzokaralar olib borib, kredit shartnomasi-ni imzolash huquqini olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun mijoz kredit mutaxassisiga Kengash qarorining tasdiqlangan nusxasini topshirishi kerak bo‘ladi.
Mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiruvchi ma’lumotlar:

  • mijoz va kafillarining haqiqiyligi;

  • mijoz yuridik maqomiga ega ekanligini tasdiqlovchi Nizom, qaror, bitimlar va boshqa hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;

  • mijozning faoliyati, ishlab chiqaradigan mahsuloti, uning mijozlari va xomashyo bilan ta’minlovchilari haqidagi notarial tasdiq-langan hujjatlar to‘plami.

Kredit olish uchun berilgan har qanday arizani tahlil qilish jarayonida kredit mutaxassisi mijoz kreditdan foydalanishi natijasida olgan daromadi orqali kreditni qaytarish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘ladimi, yo‘qmi, degan savolga ijobiy javob olishi lozim.
Mijoz olgan kreditni qoplashi uchun asosan uchta manbaga ega bo‘ladi:
a) naqd pul oqimi;
b) aktivlarni sotish va naqd pulga aylantirish;
c) qimmatli qog‘ozlar yoki majburiyatlar chiqarish orqali mablag‘larni jalb qilish.
Qayd qilingan mablag‘lardan har qaysisi kreditni qoplay oladi. Lekin banklar asosan naqd pul oqimini afzal ko‘radilar. Chunki mijoz aktivlarining sotilishi uning balansi ahvolini yomonlashishiga, chetdan qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishi esa bankning kreditor sifatida mavqeyining pasayishiga olib keladi.
Mijozning pul mablag‘lari haqida ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
a) mijozning o‘tgan davrdagi dividendlari va sotilgan mahsulotlari hajmi;
b) ko‘zda tutilgan naqd pul tushumining yetarliligi;
c) likvid zaxiralarning mavjudligi;
d) debitor-kreditor qarzlarni to‘lash muddati, tovar-moddiy zaxiralarning aylanishi;
e) sarmoyaning tuzilishi va leveraj darajasi, ya’ni o‘z sarmoyasi va jalb qilingan mablag‘lardan foydalanilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari;
f) xarajatlar ustidan nazorat;
g) qoplanganlik ko‘rsatkichlari;
h) aksiyalari baholarining o‘sishi;
i) boshqaruv sifati;
j) auditor xulosasi;
k) buxgalteriya hisobidagi so‘nggi o‘zgarishlar.
Mijozning ta’minlanganlik darajasi masalasida kredit mijozi, mijoz kreditni ta’minlashi uchun yetarli sarmoyaga yoki sifatli aktivlarga egami, degan savolga javob bera olishi lozim. Kredit mutaxassisi mijoz aktivlarining xizmat muddati, tuzilishi va ahvolini yaxshilab o‘rganishi kerak. Bunda asosiy omil mijozning texnologiyasi bo‘lib, uning aktivlari texnologiya nuqtayi nazaridan eskirgan bo‘lsa, ularning ta’minlanganlik qobiliyati yuqori bo‘lmaydi, chunki mijoz daromadlari kreditni qoplash uchun yetmay qolganda, bu aktivlarni naqd pulga aylantirish qiyin bo‘ladi.
Mijozning ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagicha:
a) aktivlarga egalik huquqi;
b) aktivlardan foydalanish muddati;
c) ma’naviy eskirish ehtimoli;
d) qoldiq bahosi;
e) aktivlarni muayyan maqsadlarga mos kelish darajasi;
f) majburiyatlar va cheklanishlar;
g) lizing bo‘yicha majburiyatlar va garov hujjatlari;
h) sug‘urta kafolati;
i) bankning kreditor sifatidagi o‘rni;
j) soliq solish bo‘yicha da’volar;
k) kelajakda yuzaga keladigan moliya bilan ta’minlanish ehtiyojlari.
Kredit mutaxassisi mijoz va u bilan bog‘liq bo‘lgan sohadagi va umuman iqtisodiyotdagi so‘nggi o‘zgarishlardan doimo xabardor bo‘lishi lozim. Hujjatlarga ko‘ra, kredit juda ishonchli va daromadli bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin mamlakat iqtisodiyotidagi tanglik tufayli mahsulotlar savdosi hajmining va daromadning kamayishi yoki pulning qadrsizlanishi tufayli foiz stavkalarining ko‘tarilishi natijasida kredit sifati yomonlashishi (pasayishi) mumkin. Kredit oluvchi faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur soha va iqtisodiyotni baholash maqsadida kre-ditor ularga taalluqli ma’lumotlar va axborotlar majmuyini to‘playdi. Bu quyidagilardan iborat:
a) mijozning tarmoqdagi holati va bozordagi ulushi;
b) mijoz faoliyatining natijalari bilan mazkur tarmoqdagi boshqa firmalar faoliyatlari natijalarining taqqoslanishi;
c) mahsulotning raqobatdoshligi;
d) mijoz va tarmoq faoliyatining texnologiyadagi o‘zgarishlarni sezuvchanligi;
e) ish kuchi bozoridagi sharoit;
f) pul qadrsizlanishining mijoz balansi va naqd pullari oqimiga ta’siri;
g) tarmoqning uzoq kelajakdagi faoliyati rejalari;
h) qonunlar, siyosat va atrof-muhitni saqlash bilan bog‘liq omillar.
Mijozning kredit olishga layoqatliligini baholashning eng so‘nggi omili – nazoratdir. Mavjud qonunlar va tartiblarning o‘zgarishi mijozning faoliyatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi, mijoz arizasi bank andozalariga va kreditni tartibga solib turuvchi organlar talablariga mos kelishi nazorat orqali aniqlanadi. Nazorat quyidagilarni o‘zida mujassamlashtiradi:
a) bank faoliyatiga hamda kreditlarning xususiyati va sifatiga ta-alluqli qonunlar va qoidalar;
b) nazoratchilarga taalluqli hujjatlar;
c) qarzlarning mavjudligi va kredit olish to‘g‘risida mohirona tuzilib, tasdiqlangan hujjat;
d) kredit olish uchun yozilgan arizaning bank kredit siyosatiga muvofiq kelishi;
f) tarafdor kishilar (iqtisodchilar, siyosiy ekspertlar) tomonidan kreditni qoplashga ta’sir etuvchi tashqi omillar haqida axborotlari.
Banklar va tadqiqotchilar mijozlarning moliyaviy ahvoli va kreditning qoplanishini baholash uchun asosan tashqi ma’lumotlarga tayanadilar. Bunda eng avval mijozning moliyaviy hisobotlari, taqdim etgan kredit olish to‘g‘risidagi arizada berilgan ma’lumotlar, ya’ni olinishi mo‘ljallanayotgan kredit hajmi, kredit olishdan maqsad, kredit oluvchining boshqa mavjud majburiyatlari, ta’minlanganlik sifatida mijozning taklif qilinadigan aktivlari tahlil qilinadi.
Bank mijozga avval kredit bergan kreditorlar bilan ham uchrashishi va quyidagi savollarga javob olishi mumkin:
a) mijoz to‘lov muddatlariga rioya qilganmi?
b) mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ qoldig‘i bo‘lganmi?
c) to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik hollari uchraganmi?
d) mijoz avval inqirozga uchraganmi?
Bank yoki tadqiqotchilar mijozning arizasini tahlil qilganlarida nafaqat uning moliyaviy ahvolini, balki mijoz faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu hudud va tarmoqning iqtisodiy ahvoli, agar yirik hajmdagi kredit so‘ralayotgan bo‘lsa, hatto jahon iqtisodiyotining ahvolini ham o‘rga-nadilar. Ko‘pgina mijozlarning iqtisodiy ahvoli mamlakat iqtisodi-yotidagi va hatto, jahon iqtisodiyotidagi beqarorlikni ham juda sezuv-chan bo‘ladi. Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan mijozlarga kredit berish kerak emas, degan bank xatoga yo‘l qo‘yadi. Balki bank mijozlarning ana shu xususiyatlarini e’tiborga olib, kredit portfelini shunday beqarorlikdan asrash yo‘lida o‘zlarining kredit qo‘yilmalari tizimini tashkil qilishlari lozim.



  1. JISMONIY SHAXSLARNING KREDIT QOBILIYATINI BAHOLASH TARTIBI.

Кредит олувчи томонидан кредит олиш учун банкка режалаштирган хариди унинг нархини, муддатини ва кредит таъминотини кўрсатган ҳолда ёзма буюртма беради ва қуйидаги ҳужжатларни тақдим қилади:


- ўзининг шахсини тасдиқловчи маълумотлар (паспорти (ёки паспорт ўрнини босувчи ҳужжат) шахсан кўрсатилгач, унинг ксеро нусхаси кредит йиғма жилдига тикиб қўйилади);
- асосий иш жойидан ҳақиқатдан ишлаши тўғрисида маълумотнома;
- асосий ва қўшимча иш жойидан оладиган иш ҳақи тўғрисида иш жойидан берилган маълумотнома;
- яшаш жойи манзили тўғрисида фуқаролар йиғини кенгаши (маҳалла қўмитаси) ёки уй-жойдан фойдаланиш идораси маълумотномаси;
- кредит қайтарилиши таъминоти;
- кредит буюртмасининг камида 20 фоизи миқдоридаги манбага эгалигини тасдиқловчи маълумот;
- харид қилинадиган буюмни (жихозни) сотиб олиш тўғрисида сотувчи билан тузилган шартнома (бу шартнома банк томонидан кредит ажратиш тўғрисида якуний хулосага келиниб кредит шартномаси тузилгунга қадар ҳам тақдим қилиши мумкин).
Банк зарур ҳолларда кредит олувчининг оила аъзоларининг даромадлари тўғрисидаги маълумотларни уларнинг иш жойидан шунингдек, оиланинг иқтисодий аҳволи тўғрисидаги маълумотларни фуқаролар йиғинидан (маҳалла кўмитасидан) олиб келиниши талаб қилиши ёки бу тўғрисида ўзи маълумот олиши мумкин.
Кредит амалиёти бўлими ходими кредит олувчи билан суҳбат ўтказиб, такдим қилинган ҳужжатларни ўрганиб чиқади. Суҳбат якунларига кўра қарздор томонидан анкета сўровнома тўлдирилади.
Истеъмол кредити ушбу Тартибда кўзда тутилган кредит таъминотларининг бири ёки бир нечтаси асосида берилиши ва шунингдек нотариал гувоҳлантирилган икки ва ундан ортиқ жисмоний шахснинг кафиллиги остида берилиши мумкин. Банк ходимларининг берган кафиллиги Ходимлар билан ишлаш бўйича масъул ходим томонидан тасдиқланиши мумкин.
Банк Кредит комиссияси томонидан буюртмани кўриб чиқиш пайтида кредит сўралаётган мақсаднинг қонунийлиги, кредит сўровчининг ва унинг оиласининг молиявий маблағларга эгалиги, кредит қайтарилиш истиқболининг ишончлилиги, маълумотларнинг ўзаро мувофиқлиги, яъни кредит буюртмасида кўрсатилган барча маълумотлар ва бошқа ахборот манбаларидан олинган маълумотларнинг ўзаро мос келиши, кредит маблағи ўтказиб берилаётган сотувчининг шу турдаги маҳсулотларни сотишга (хизмат кўрсатишга) тегишли рухсатномага эга эканлиги ўрганилиши ва таҳлил қилиниши шарт.
Жисмоний шахсга кредит бериш миқдорини аниқлашнинг асосий мезони унинг асосий иш жойидан оладиган иш ҳақи ҳисобланади. Бунда, агар кредит олувчининг 1 йиллик ўртача иш ҳақи солиқ ва мажбурий тўловлардан сўнг оладиган даромади 700 минг сўм бўлса, бу қарз олувчининг йиллик кредитни қайтариш имконияти унинг ярмига ёки 350 000 сўм тенг, деб баҳоланиши лозим. Демак, кўрсатилган жисмоний шахсга 3 йил муддатга 1,0 млн. сўмгача кредит бериш мумкин бўлади. Буюртмачининг барқарор иш ҳақига ёки даромадга эга бўлган бошқа у билан биргаликда яшовчи оила аъзолари даромадига мос ҳолда ҳар бир даромад олувчига бу коэффициент 1,25 фоизга кўтарилиши мумкин. Ушбу шарт кредит қайтарилишига қандай таъминот қўйилаётганлигидан қатъий назар қўлланилиши мумкин.
Истеъмол кредити ажратилиши учун ёши 55 дан ошмаган Ўзбекистон Республикасида муқим яшайдиган ва барқарор даромадга эга бўлган икки ёки ундан ортиқ жисмоний шахслар кафил бўлиши мумкин. Жисмоний шахснинг кафиллиги нотариал тартибда расмийлаштириладиган шартнома асосида амалга оширилади. Шартномада жисмоний шахс ўз иш ҳақи ва мулклари билан банкнинг биринчи талабига кўра кредитни қайтариш мажбуриятини олган бўлиши шарт.
Мазкур Тартибда кўзда тутилган ҳужжатларнинг барчаси тақдим этилгандан кейин банк уларни 5 банк иш кунида кўриб чиқиши лозим. Баъзи ҳолларда тақдим этилган маълумотларни қўшимча текшириш зарурати вужудга келган тақдирда банк томонидан аризаларни кўриб чиқиш муддати 10 банк иш кунигача узайтирилиши мумкин.
Тақдим этилган ҳужжатларни кўриб чиқиб кредит бермасликка қарор қилинган такдирда, банк кредит сўраб мурожаат этган буюртмачига бу ҳақда асослантирилган рад жавобини ёзма равишда бериши шарт.
Кредит шартномаси тузилгандан кейин банк қарз олувчининг қилган хариди учун 3 иш кунида тўловни амалга ошириши шарт.
Истеъмол кредитини бериш қарздорнинг шахсий ссуда ҳисобварағидан унинг топшириғига кўра счетлар, мол юк хатлари ва бошқа ҳужжатлар асосида сотувчининг талаб қилиб олингунча депозит ҳисобварағига нақд пулсиз ўтказиш асосида амалга оширилади. Истеъмол кредитини накд пул билан бериш таъқиқланади.


  1. MIJOZNING KREDITGA LAYOQATLILIGINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI.

Mijozning to’lovga layoqatliligini tahlil qilish deganda mijozga berilgan kreditni ishlata olish va qaytarib bera olish imkoniyatini o’rganish tushuniladi. Dunening ko’p mamlakatlarida mijozning kredit layoqatliligi turlicha aniqlanadi.


AQShda mijozning kreditga layoqatliligini baholash va kredit riskini minimallashtirish maqsadida 5 "S" nomini olgan usuldan foydalaniladi. Bu usul asosida mijoz faoliyatini baholashning quyidagi mezonlari yotadi.

  • customer character - mijozning obrusi;

  • capacity to pay - to’lovga layoqatliligi;

  • capital - kapital;

  • collateral - ssudaning ta`minlanishi;

  • current business conditions and goodwill - iqtisodiy holati va uning kelajagi.

Bu usul bo’yicha mijozning obro’si, mas`uliyat darajasi, qarzni to’lashga bo’lgan istagi va tayyorgarligi tekshiriladi. Dastavval bank mijozning: o’tmishda o’z majburiyatlariga qanday munosabatda bo’lganligi; qarzlarni to’lashda kamchiliklar bo’lganligi; kreditlanuvchi subektning iqtisodda, bozorda qanday mavQega ega ekanligini tekshiradi. Bunda bank qarzdor bilan suhbat olib boradi, arxivdan mijoz to’g’risida materiallarni olib, tahlil qiladi, boshqa firma va banklar bilan maslahatlashadi va hokazo.
Qarzdorning to’lov qobiliyatida uning moliyaviy imkoniyatlari, uning kreditni to’lash qobilyati qarzdorning foyda va zararlari hamda kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar puxta tahlil qilish orqali aniqlanadi. Unda bank qarzni to’lash bo’yicha mijoz mablag’larining 3 manbasini chuqur o’rganib chiqadi. Bular:

  • joriy kassa tushumlari (cash flow);

  • aktivlarni sotish;

  • moliyalashtirishning boshqa manbalari (jumladan, pul bozoridagi qarzlar).

"Besh oylar"ga qaytar ekanmiz, shuni ta`kidlab o’tish kerakki, bank asosiy e`tiborini boshqa omillarga ham, jumladan, firmalarning aktsiyador kapitaliga, uning tuzilishiga, aktiv va passivlarning boshqa moddalariga bo’lgan nisbatiga hamda qarzning ta`minlanishiga, uning Yetarlilik darajasiga, sifatiga va qarzni to’lamaslik holida garovni sotish darajasiga qaratadi.
So’ngra, kreditga bo’lgan talabnomani qarab chiqqanda umumiy shart-sharoitlar jumladan; davlatdagi ishbilarmonlik iqlimini aniqlovchi va bank bilan birgalikda qarzdorning holatiga ta`sir etuvchi omillar: iqtisodiy ahvol, monand tovar bo’yicha boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan raqobatning mavjudligi, soliqlar, xom ashyoga narx-navolar va boshqalarga e`tibor qaratiladi.
Angliya banklarida mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda savollar varag’i mavjud. Savollarga javoblar bankka kredit berish karorini qabul qilishga imkon beradi. Quyida shunday savol-varaqning namunasini keltiramiz.
Avvalambor qarz oluvchi (borrower)ga ta`rif beriladi.
Uning oilasi, obro’ - e`tibori, sofdilligi, bankka tanishligi, bank bilan munosabatlari.
Boshqaruv tarkibi malakasi - ma`lumoti, mutaxassislik bo’yicha staji, boshqara olish qobiliyati;
To’lovga qobillik - to’lov intizomiga rioya qilish, biznes talablariga resurslarning mosligiga e`tibor beriladi. Keyin esa quyidagi asosiy ko’rsatkichlar tekshiriladi:

  1. Purpose (kredit maqsadi). Qonuniyligi, bank kredit siyosatiga to’g’ri keladimi va boshqalar;

  2. Amount (kredit summasi) kredit summasini hisoblashda aniqlik. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjudmiyo so’ralgan summa Yetarli, kam yoki ko’pligi;

  3. Repayment (qaytarish) kredit kachon qaytariladiyo qaytarilish grafigi mavjudligi qaytarilish manbasi - kelajak daromadlari, qisqa muddatli kreditlar, aktivlarni sotish qarz oluvchi pul okimlarini bashorat qilish;

  4. Viability (kreditlanayotgan loyihaning realligi) mazkur kredit qanchalik zarur texnik - iqtisodiy asoslar bajarilganmi. Mazkur kompaniya hisobvaraqlari tahlil qilinganmiyo qarz oluvchi balansi baholanganmi;

  5. Risks (risklar). Bank va kompaniya uchun risklar manbalarini mujassamlanganligi riskning oldini olish chora - tadbirlarini amalga oshirish mumkinmi;

  6. Security (ta`minlanganlik). Ta`minot taqdim etilmoqdami u mavjudmi. Garovlarni sug’urta polislarini tekshirish. Garov qiymati kanday? Garovni qayta baholash bo’lib o’tadimi, qachon?

  7. Prositability (foydalilik) kredit shartnomasida daromad va xarajatlar aniq ta`riflanishi lozim. Foiz darajasi bank tortilgan riskka mos keladimi? Foiz darajasi, xarajatlarni qoplaydimi?

Yuqoridagilarni o’zida ifoda qiluvchi "Parts" nomli qarz oluvchi qobiliyatini tahlil qilish usuli keng tarqalgan bo’lib, unda:

  • Purpose - kreditning maqsadi;

  • Amount - ssudaning hajmi;

  • Repayment - qarzni to’lash;

  • Merm - muddati;

  • Security - ssudaning ta`minlanganligi kabilar tahlil qilinadi.

Mijozlarning kreditga layoqatliligini tekshirishning boshqa usullari ham mavjud. Mijozning kreditga layoqatliligi asosida mijozning faoliyatini xarakterlaydigan zarur axborotlarni yig’ish yotadi. AQSH va boshqa G’arb mamlakatlarida mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda banklar uchun maxsus huquqiy norma va qonunlar mavjud. Mijozlar hisobotlarini banklar tomonidan tahlil qilinishi ikki xil ko’rinishga ega: ichki va tashqi ko’rinishga ega. Tashqi tahlil shu qarz oluvchi faoliyatini boshqalar bilan solishtirishdan iborat. Ichki tahlil esa moliyaviy hisobotlarning turlicha qismlarini ma`lum vaqt oraligida solishtirishdan iboratdir.
Xorijiy davlatlar amaliyotida mijozning pul oqimi chuqur tahlil qilinadi.
Pul oqimi mijozning o’z xarajatlarini qoplash va qarzlarni o’z resurslari hisobidan to’lash qobiliyatining o’lchamidir.
Bunday tahlil turlicha olib boriladi, jumladan, bu maqsadda qarz oluvchining pul mablag’larining harakat hisobotidan foydalanishi mumkin.
Buning uchun mijoz pul mablag’larining harakati haqidagi hisoboti tuziladi va u quyidagi savollarga javob berishiga imkoniyat beradi.

  • Mijoz kelajakda moliyaviy aktivlarning o’sishi uchun o’zini pul mablag’lari bilan ta`minlay oladimi?

  • Qarz oluvchi faoliyatining o’sish sur`ati tashqi manbalardan moliyalashtirish zarur bo’lgan darajada tezligi.

  • Qarz oluvchi keyingi investitsiyalashdan paydo bo’lgan qarzni qoplash uchun ortiqcha pul mablag’lariga egami?

Bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini tekshirishning to’g’ri va egri usullari mavjuddir.
To’g’ri usullardan kam foydalaniladi. Bunda mijoz tomonidan to’plangan ballar, u olishga haqli bo’lgan ssuda summasiga tenglashtiriladi.
Egri usullar esa juda keng tarqalgan. Uning mazmuni turlicha baholash ko’rsatkichlariga ma`lum ballar berishdan iboratdir. Buning natijasi bo’lib mijozning kreditga layoqatliligini sinfini aniqlash xizmat qiladi. O’z - o’zidan ayon bo’lib turibdiki, mijozning kreditga layoqatliligini baholashda ballar tizimidan foydalanish - eng ob`ektiv va iqtisodiy asoslangan qarorlarni qabul qilish jarayonidir. Yagona muammo shundan iboratki, bunda mijozning kreditga layoqatliligini baholash bo’yicha axborotlarning yangilanishi talab qilinadi, bu esa o’z navbatida, bank uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun uncha katta bo’lmagan banklar odatda axborot bazasining cheklanganligi va ko’p xarajatliligi tufayli mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda "koeffitsiyentlar" usulidan foydalaniladi.
To’lovga layoqatlilikni tahlil qilish asosida mijozning faoliyatini to’laroq aks ettiruvchi ma`lumotni yig’ish yotadi. AQSH va boshqa G’arb davlatlarida to’lovga layoqatlilikni aniqlashda bank tomonidan qo’llaniladigan ma`lumotlarni yig’ish tartibi va ma`lumot hajmiga tegishli maxsus yuridik normalar ishlab chiqilgan. Unda ko’rsatilishicha to’lovga layoqatli bo’lgan ixtiyoriy qarz oluvchiga kredit berish mumkin. AQSH Kongressi "Teng kredit olish imkoniyati to’g’risida"gi (ECOA) -Equal Credit Opportunites Act) qonunni qabul qilgan. Qonunga muvofiq kreditorlar tomonidan kredit qarz oluvchilarning yoshi, oilaviy ahvoli, jinsi, dini va millatiga qarab ajratilmasligi kerak. Kredit haqiqatda mijozning kredit to’lay olish qobiliyatiga qarab ajratilishi lozimligi ko’zda tutilgan.
Mijozni to’lovga layoqatliligini aniqlashda va bank tomonidan anketa to’ldirishda asosiy mezonlarni belgilaydigan boshqa bir yuridik hujjat AQSH FRT tomonidan qabul qilingan "V" yo’riqnomasidir. Bu yo’riqnomada qaysi ma`lumotlar mijozni to’lovga layoqatliligini aniqlashda balli tizim qo’llanilishi mumkinligi ko’rsatilgan; mijozga qarshi ishlatiladigan ma`lumot yig’ishdagi cheklovlar ham ko’rsatib o’tilgan.
Masalan, qarz oluvchi majburiyatlari bo’yicha javobgarligidan qat`iy nazar o’z oilasi haqida anketaga ma`lumot yozishi kerak.
Kreditorlar esa kredit olish uchun arizani olganlaridan keyin 30 kun mobaynida mijozning kredit olish imkoniyati haqida unga xabar qilishi kerak.
Masalan, Buyuk Britaniya Parlamentida 1993 yil mamlakatning yirik banklaridan biri (N) National Westministir Bank ko’p yillar davomida o’z mijozlaridan siyosiy axborotlar va so’rovlar olganligi haqida tortishuvlar bo’lgan.
AQShda qonun qarz oluvchining oilaviy ahvoli va holati, telefoni bor-yo’qligi haqidagi ma`lumotlarni mijozlardan yig’ish imkoniyatini banklar uchun cheklab qo’ygan.
CHet el adabiyotlarida mijozning kuchli va kuchsiz tomonlari, uning imkoniyatlari va riskini aniqlashda "SWOT" (S - strong, W - weak, O-opportunites, T-threat) metodidan foydalanilishi mumkinligi to’g’risida fikr bildirilgan. Bunda mijozning to’lovga layoqatlililigining asosiy mezonlari ; ya`ni:

  • qarz olish uchun ariza beruvchilarning kuchli tomonlari;

  • qarzdorning kuchsiz va bo’sh tomonlari;

  • qarz oluvchining muvaffaqiyati uchun qaysi omillar muhimligini aniqlash;

  • kredit berishdagi risk darajasi kabi ko’rsatkichlar o’rganib chiqiladi.

Mijozning moliyaviy hisobotining bankirlar tomonidan tahlil qilishning ikki xil shakli bor: Ichki va tashki tahlil. Ichki tahlilda mijoz hisobotining muhim elementlari bir-biriga taqqoslanadi va ma`lum vaqt davomida o’zgarishi tahlil qilinadi. Tashqi tahlilda qarz oluvchi boshqa qarz oluvchilar bilan taqqoslanadi.
Ichki tahlil koeffitsiyentlar tahlili bo’lib, uning ikkita kamchiligi bor: 1) Koeffitsiyentlar mijoz operatsiyalari qanday o’tayotganligi to’g’risida ma`lumot bermaydi; 2) Tahlilda o’tib ketgan ma`lumotlardan foydalaniladi, lekin kredit kelajakdagi faoliyat uchun beriladi.
Ko’pgina g’arb mamlakatlarida mijozlarning to’lovga layoqatliligini baholash quyidagi yunalishlarda olib boriladi:

  1. Personal capacity - qarz oluvchining shaxsiy fazilatlari (odilligi, maqsadining jiddiyligi yaxshi ishchi sifatida tavsifi va boshqalar);

  2. Revenues - mijoz daromadi, oilaning yalpi daromadi tahlili. Bunda mijozning kreditni qoplash xarajatlari uning oylik daromadlarining 1/3 qismidan oshmasligi kerak.

  3. Material capacity - ssudaning ta`minlanishi, mijozning ko’chmas va boshqa mulklari tahlili;

Ko’pincha mijozning pul oqimlari to’g’risida ma`lumot talab qilinadi.
Pul oqimi (cash flow) - bu mijozning xarajatlarini va majburiyatlarini qoplash uchun xususiy resurslarining Yetarliligi yoki yo’qligini o’lchaydi. Xorijiy davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda quyidagi tartibda pul mablag’lari hajmi aniqlanadai:
17 - jadval
Qarz oluvchining pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot.

Ko’rsatkichlar

Jami

Joriy yil

30 kundan ortiq

60 kundan ortiq

60 kundan ortiq

1 yildan ortiq

1. Daromadlar:

  • Maosh;

  • Mukofot;

  • Gonorar;

  • Nafaqa;

  • Kompensatsiya;

  • Boshqalar.







2. Xarajatlar:

  • Soliqlar;

  • Kvartira to’lovlari;

  • Kommunal to’lovlar;

  • Bolalar tashkilotiga to’lovlar;

  • Kredit uchun foiz to’lovlari;

  • Boshqalar.







3. Ssudani qoplash uchun jami (1 - 2); Ortiqcha "q"; Yetishmovchilik "-".







Yuqoridagi jadval kelajakda ssudani qoplash imkoniyatini o’rganish uchun ishlatiladi.
Rivojangan mamlakatlarda mijozni kreditlashning muhim jihati kredit berish jarayonining (yuridik va jismoiny shaxslarga) markazida inson turadi. Masalan, Germaniyada qanday kredit olishdan qat`iy nazar, qarz oluvchi o’zining shaxsiy fazilatlari va to’lovga layoqatliligi to’g’risida bir qator hujjatlarni bankka berishi lozim.
Kredit berish jumbog’ini Yechishda nemis bankini qiziqtiradigan muammolar quyidagilardan iborat:

  1. tadbirkorning shaxsiy xarakteri: xulq-atvori, qiliqlari, tashqi ko’rinishi, odati, ta`sirchan talaffuzi, odillik darajasi(iqtisodiy va moliyaviy holati to’g’risida ochiq so’zlashi), yoshi, oilaviy holati, jamoat ishlarida o’rni, mansabi va xobbisi;

  2. umumiy ma`lumoti: o’quv yurtini tugatganligi to’g’risidagi diplom nusxasi, kvalifikatsiyasi, riskka qo’l urishi, iqtisodga qiziqishi, rejalashtirish qobiliyati;

  3. jismoniy holati: sog’ligi holati, (oldingi kasalliklarini xisobga olgan holda), sport bilan shug’ullanishi;

  4. texnik bilim saviyasi: maxsus o’quv yurti, tajribasi, ishga ixtisoslashuvi;

  5. mulki: tashkilot ishlarida qatnashish darajasi, shaxsiy mulki, ko’chmas mulkka egalik qilishi, daromadning boshqa manbalari, korxona daromadidan shaxsiy

foydasi, shaxsiy qarzlari, soliq majburiyatlari, oila a`zolarining mulkiy holati, musobaqalarda ishtiroki.
Savollarga javoblar bank bo’limida suhbat, telefon yoki anketa berish orqali aniqlanishi mumkin.
Nemis banklarida mijozning to’lovga layoqatliligini baholashda arizaning "Oylik daromad hisobi" bo’limi asosiy o’rin egallaydi.

A: Oylik daromad

V: Oylik xarajati

soliqdan tashqari maosh

joriy xarajatlar

bolalar uchun olinadigan nafaqalar

sug’urta badallari

pensiya

oldingi kredit uchun to’lovlar

omonatlar va qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar

kvartira to’lovlari

boshqa daromadlar

boshqa xarajatlar

JAMI: A

JAMI: V

S: Ixtiyoridagi daromad (A - V)
Hozirgi vaqtda Germaniyadagi barcha tijorat banklari individual shaxslarga berilgan ssudalar to’g’risida Bundes bankning maxsus departamentiga ma`lumot berishlari shart. Bu bankning shu sferadagi faoliyatini nazorat qilishga imkoniyat yaratib beradi.
Frantsiya va Belgiyada tijorat banklari Markaziy bankdan individual ssudalarni to’lamaydiganlar haqida ma`lumot olish huquqiga ega. Lyuksemburgda bank sirini saqlash zaruriyati tufayli bu huquq ishlatilmaydi. Lekin, mijozning, masalan, jamg’arma depozitini ssuda olingan bankka ko’chirish imkonyati banklar uchun yaratilgan. Bulardan tashqari mijoz kreditni to’lay olmasa, maoshidan aktseptsiz shaklida undirib olish huquqini bankka beradi.
Bular bilan bir qatorda mijoz obro’sini baholash ham juda muhimdir. Buni baholashning bir yuli - kredit skoring yulidir. Skoringni (ochko, ball yig’ish) har bir bank holati, vaziyatiga qarab o’zlari ishlab chiqadilar.
Kredit skoring modeli birinchi bo’lib, amerika iqtisodchisi D.Dyuran tomonidan 1940 yillar boshida ishlab chiqilgandi. U ball hisoblashda quyidagi koeffitsiyentlarni qo’lladi:

  1. yoshi: 20 dan yuqori bo’lgan har bir yil uchun 0,1 bal (maksimum - 0,3);

  2. Jinsi: Ayol - 0,4; erkak - 0;

  3. Yashash muddati: berilgan joyda yashagan har bir yili uchun 0,042 ball (maksimum - 0,42);

  4. Kasbi: kichik riskdagi kasb uchun - 0,55, yuqori riskdagi kasb uchun - 0, 0,16 - boshqa kasblar uchun;

  5. Bandligi - 0,059 - bir koorxonadi ishlagan har bir yili uchun(maksimum - 0,59);

  6. moliyaviy ko’rsatkichlari: 0,45 - bankdagi mablag’lari uchun; 0,35 - kuchmas mulkka egaligi uchun, 0,19 - hayoti sug’urta polisi uchun.

Bu koeffitsiyentlarni qo’llash bilan Dyuran "yaxshi" va "yomon" mijoz o’rtasidagi chegarani 1,25 ball deb oldi. 1,25 balldan yuqori balli mijozlar kreditga layoqatli hisoblangan, bundan kam ball yiqqanlar esa kreditga layoqatsiz deb topilgan.
Hozirda AQSH banklari idividual shaxslarni kreditlashda turli xil yondashuvlar ishlab chiqmoqdalar. Har bir bank o’zining xususiy tizimini ishlab chiqmoqda.Ko’pgina Amerika banklari o’z amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda ikki xil usuldan foydalanadilar:

  1. banklar birinchi mijozni bank talablari yuzasidan tekshirib chiqadi va kredit berish yoki bermaslikni hal qiladi.

  2. kreditga layoqatlilikni baholashda balli tizimdan foydalaniladi. Bunda matematik korrelyatsion tahlil va omillar tahlilidan foydalaniladi.

Banklar mijoz balansining moddalari va bo’limlari orasidagi turli proportsiyalarni ta`riflovchi boshqa moliyaviy koeffitsiyentlarni ham hisoblaydi. Banklar bu koeffitsiyentlarni me`yoriy kattaliklarini belgilaydilar va mavjud kattaliklarni ular bilan solishtirib, so’ng solishtirish natijalariga ko’ra mijozning kreditga layoqatliligi hisoblanadi. Koeffitsiyentlarning me`yoriy chegarasi turli tarmoq, hudud va boshqalardagi korxonalar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Bunday baholashlar haqiqatga yaqinroq bo’lishi uchun uzoq muddat orasidagi mijozning moliyaviy ahvolini nazorat qilib borish, o’zgarishning aniq yunalishlarini, davrlarini, qonuniyatlarini aniqlovchi xususiy statistik ma`lumot bazasini yaratish zarur.
Bank kreditga layoqatlilikning ball (reyting) tizimini qo’llashi ham mumkin, unda, har bir koeffitsiyentga (uning normativga yaqinligiga qarab) ballarda belgilanadi va to’plangan ballar yig’indisiga qarab mijozning yuqori, o’rta yoki past guruh likvidlik bo’yicha ajratiladi. Mijozni reytingi bo’yicha qaysi gurhga mansubligiga qarab kredit talablarini susaytirishi, kuchaytirishi yoki umuman kreditlashni rad etishi mumkin.
Qarz oluvchi moliyaviy holatini baholash bilan birga bank uning iqtisodiy holatini, faoliyat jarayonini, ishlab chiqarish mol Yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan munosabatlarini, korxona egalari bilan Yellanma ishchilar o’rtasidagi, boshqaruvchi va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi. Shuningdek, bank foydalani-layotgan texnologiyalar, vositalar, ularning yangiligini va raqobatbardoshligini o’rganadi, bozorlarni egallash (yoki to’xtatish) imkoniyatlarni va boshqalarni baholaydi. Hujjatlrni tahlil qilish bilan birga bank xodimlari mijozlarni "joylarga" borib tekshirish, mijozlarning ish jarayonini tartibi va tashkil etilishi bilan tanishishi maqsadga muvofiq.
Keyingi paytlarda, ayniqsa, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bank mijozlarining ma`naviy-axloqiy sifatlariga tobora ko’p e`tibor berilmoqda. Bu sifatlarning Yetarli darajada aniq baholash imkonini beruvchi testlar va uslublar yaratildi.
Ana shunday testlardan biri "qizil signallar tizimidir". U xorij banklariningg tajribalarining qo’rsatishicha mijozlarning ishonchliligini aniqlashga imkon beradi.
Qarz oluvchi tarixidan signallar; "qizil signallar tizimi" to’g’risida qisqacha to’xtalamiz. Bu tizim qarz oluvchining faoliyatiga baho beruvchi bir necha bo’limlardan iborat:

  1. Yaqin o’tmishdagi moliyaviy noqobilligi.

  2. Qarz oluvchi ma`lumotlaridagi nomutanosibliklar va qarama - qarshiliklar.

  3. Qarz oluvchini boshqarishga doir "signallar".

  4. Qarz oluvchi ishonchli aloqalari mavjud, hamkorni qidirmoqda.

  5. Boshqaruvchining past ma`naviy sifatlari.

  6. Boshqarish uchun xodimlar, oila a`zolari, kompaniya xo’jayinlari orasida kurash.

  7. Boshqarishdagi tez - tez o’zgarishlar.

  8. Boshqaruvchining xovliqma xarakteri.

  9. Boshqaruvchilarning kreditlash jarayonini tezlashtirishga harakat qilishlari.

Aylanma aktivlar. Ishlab chiqarish faoliyatini aks ettiruvchi "signallar".

  1. Mol Yetkazib beruvchilar va xaridorlar qatorini farqlardi.

  2. Qarz oluvchinig o’z debitorlari ustidan nazorati susayganligi.

  3. Qarz oluvchining bugungi kunda muammolarni boshidan kechirayotgan soxaga tegishliligi.

  4. Balansining aktiv va passiv moddalari bo’yicha mutanosibligi.

Kreditlashga tegishli "signallar".

  1. Qarz oluvchi kredit maqsadini aniq ko’rsatmaydi.

  2. Qarz oluvchida qarzni to’lash bo’yicha aniq dastur yo’q.

  3. Kreditni to’lash bo’yicha zahira mablag’lari yo’q.

  4. Qarz oluvchi maqsadi moddiy ta`minotga ega emas.

  5. Qarz oluvchining kredit savolnomasi yomon asoslangan.

  6. Qarz oluvchi bir vaqtning o’zida ham aktivlari, ham umumiy kapitali garoviga ssuda olishni mo’ljallagan.

  7. Kredit bevosita kiymat tashkil etiluvchi, ishlab chikarish jarayoniga emas, balki muomala sohasiga yunaltirilgan.

  8. Kreditni qaytarish muddati to’liq asoslanmagan.

Belgilangan normalardan chetlashish "signallari".

  1. O’z xo’jalik faoliyati bo’yicha hisobot ma`lumotlarini taqdim etish davriyligidagi buzilishlar.

  2. Bank hisob varaqlarini yuritishdagi normalardan chetlashishlar.

  3. Kreditlash shartlarini qayta ko’rilishi; kreditni qaytarish sxemasidagi o’zgarishlar; ssudani cho’zish bo’yicha iltimoslar.

  4. Xo’jalik faoliyati moliyaviy ko’rsatkichlarini rejadan farqlanishi.

  5. Qarz oluvchining mahorati va hisob tizimlarida chetlanishlar.

Natsional De Pari (Frantsiya) bankida individual mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashga doir misol.

Ko’rsatkichlar

Haqikatdagi ma`lumotlar

O’rtacha statistik ma`lumot

Kasbi bo’yicha o’rtacha

Yoshi

20 yil

0,25

30

Bitta ish o’rnida ishlagan vaqti

2,5 yil

0,15

2

Ish joyi

Bank



Yillik daromadi

100 ming frank

2%

Ma`lumot mahsus

Oilaviy holati

Oilali, 1ta bolasi bor

2%





Ssuda muddati

1 yilgacha

2 yil

3 yil

4 yil

5 yil

Kreditga layoqatlilik sinfi






5 (a`lo kredit ga layoqatli)

40 %

60 %

80 %

100 %

120 %

4 (yaxshi)

20 %

30%

-

-

-

3 (o’rta)

10 %

15 %

-

-

-

2 (qoniqarli)

-

-

-

-

-

Kreditga layoqatlilikni baholash bilan birga bank kreditdan foydalnishning iqtisodiy samaradorligini ham tekshiradi. Buning uchun qarz oluvchini kredit olishdan maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar ko’rib chiqiladi. Bank qarz oluvchining maqsadini realligini va haqqoniyligini, ularni (talab, taklif, sifat va miqdor, narxi, raqobatchilarning qarshiligi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha) shakllanayotgan bozor konyukturasiga mos kelishini baholaydi. Shu bilan birga, bank mijoz kredit so’ragan faoliyat turi bo’yicha daromad va xarajatlarni solishtiradi. Bank kreditdan foydalanish natijasida mijozning o’z xarajatlarini qoplashi va kreditning qaytarilishiga Yetarli daromad olishga imkon bo’lishi lozim.
Ana shunday baholashlarga asosan bank kreditni berish (yoki uni rad etish) to’g’risidagi qaror qabul qiladi. Mijozning kreditga layoqatliligiga qarab bank kredit bo’yicha foiz, muddat va summasini o’zgartirishi mumkin. Bu parametr qarz oluvchi bilan muqokama etiladi va kredit shartnomasida belgilab qo’yiladi.
Ko’rib chiqqanimizdek, turli mamlakatlarda kreditga layoqatlilikni aniqlashda turlicha yondashuvlar bo’lsada, ularning asosiy maqsadi bank tomonidan beriladigan kreditlarning samarali ishlatilishi va ularning o’z vaqtida bankka qaytib kelishini ta`minlashdan iborat.

  1. TIJORAT BANKLARINING VOSITACHILIK OPERATSIYALARNING MOHIYATI VA TURLARI.

Banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya’ni bunda banklar mijozlarning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o‘tkazish bilan bog‘liq. Bunda mijoz o‘z bankiga uning hisobidagi ma’lum bir summani ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha o‘tkazishni yuklatadi.
Operatsiya nihoyasiga etganidan so‘ng bank mijoziga pul o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi yoki beradi. O‘tkazilgan operatsiya uchun bank vositachilik haqini oladi.
Komission operatsiyalar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin (31-chizma).


Komission operatsiyalar







Trast operatsiyalar

Ishonch operatsiyalarи

Faktoring operatsiyalar

Inkasso ope-ratsiyalari

Akkreditiv operatsiyalar



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling