Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
-chizma. Komission operatsiyalarning turlari. Akkreditiv operatsiyasida
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkasso operatsiyalari
- Faktoring
31-chizma. Komission operatsiyalarning turlari.
Akkreditiv operatsiyasida bank o‘z mijozidan uchinchi bir shaxs, ya’ni akkreditiv ochilgan shaxsga (benefitsiarlarga) to‘lov summasini o‘tkazish haqida topshiriq oladi. Bu hisob-kitobni amalga oshirish uchun tovar sotib olgan tadbirkor sotuvchiga berishi kerak bo‘lgan summani avvaldan bankka qo‘yishi mumkin. Tegishli tovarni yoki unga tegishli bo‘lgan hujjatlarni olish sharti bilan tadbirkor o‘z bankiga sotuvchiga pul to‘lashni yuklatishi mumkin. Inkasso operatsiyalari – bank tomonidan mijozlarga ularning o‘z topshiriqlari va o‘z hisoblaridan turli hujjatlar bo‘yicha pul olish jarayonini ta’minlaydi. Inkasso operatsiyalari cheklar, veksellar, tovar hujjatlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Umuman, inkasso xaridor hisobvarag‘idan pul summasini olish bo‘yicha bank harakatini bildiradi. Qimmatli qog‘ozlarni inkassolashtirishda mijoz ularni bankka shu qog‘ozlarni chiqargan mamlakat bozorida sotish uchun beradi. Faktoring – mijozga aylanma kapital uchun kredit berish bilan birgalikda o‘tkaziladigan savdo-vositachilik operatsiyalariga tegishlidir. Bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib berish qiymatining 80 foizini shu zahoti to‘lash va qolgan qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib tashlab to‘lash sharti bilan sotib oladi. Vositachilik operatsiyalarining o‘ziga xos yana bir turi ishonch operatsiyalaridir. Bunda bank mijoz topshirig‘i bo‘yicha ma’lum mulkni, pul yoki qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida saqlash, o‘tkazish va boshqarishni o‘z zimmasiga oladi. Bularga, shuningdek, savdo-vositachilik operatsiyalari – mijoz topshirig‘i bo‘yicha qimmatli metall va qimmatli toshlarning oldi-sotdisi, qimmatli qog‘ozlar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi. Bankning trast operatsiyalari ham vositachilik operatsiyalarining turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilishning keng tarqalgan shakli - bu aksiya, obligatsiya va pul mablag‘larini bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikka (shaxs nomiga) o‘tkazishni ham banklar orqali amalga oshirilishidir. Moliyaviy vositalar va moliyaviy aktivlar summasining ko‘payishi natijasida tijorat banklari trast (ishonchli) operatsiyalarning ko‘lami ham kengayib bormoqda. Rivojlangan davlatlarda banklarning eng rivojlangan bo‘linmalaridan biridir. Xorijiy mamlakatlarda tijorat banklarining trast departamentlari mijoz topshirig‘iga binoan ishonch bildirgan shaxs huquqlari bo‘yicha ish ko‘radilar. Shuningdek, mijozlarning pul mablag‘larini boshqaradilar va boshqa moliyaviy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar trast operatsiyalarini nafaqat jismoniy shaxslar bo‘yicha, balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar. Jismoniy shaxslar uchun quyidagi trast xizmatlari turlari mavjud: merosni boshqarish; ishonch va vasiylik bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish va boshqalar. O‘z mijozlarining kapitalini boshqarish bugungi kunda juda keng tarqalgan trast operatsiyalarining bir turidir. Bunda banklar mijozlarining ma’lum pul mablag‘larini boshqarishga oladilar va ularni mijoz bilan kelishgan holda joylashtiradilar. Mijoz bunda o‘z mablag‘larini ishlatish tartibini belgilaydi. Nufuzli banklarda kapitalni bunday tartibda boshqarishning besh turi mavjud (30-jadval). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling