Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapitalni boshqarishning turlari I Z O H
- FAKTORING VA FORFEYTING OPERATSIYASINING BANK UCHUN AHAMIYATI.
Trast bitimi – muayyan qimmatli qog‘ozlar to‘plamini ishonch asosida boshqarishga tayanadigan fond bo‘yicha shartnomaviy kelishuv.
Trast kompaniya – xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradigan kompaniya. Trast-vakil – ishonch bildirilgan vakil. Trast bitimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda bank mijozga mablag‘larni qo‘yish va ularning oqibatlari to‘g‘risida xatlar yuborib, uni doimiy ravishda xabardor qilib turadi. Agar salbiy moliyaviy holatlar yuz bersa, bank mijoz oldida javobgar bo‘lmaydi. Bu holat asosan aksiyalarga sarflangan mablag‘larga tegishli bo‘lib, ularning bahosi ba’zida oshishi yoki pasayishi mumkin. 30-jadval. Kapitalni boshqarishning turlari
Masalan, 1987-yilda Nyu-York fond birjasidagi aksiyalarning kursi taxminan 2 marta pasaygan. Bunday hollarda mijoz qolgan mablag‘larini olib, ularni boshqarishni boshqa bank departamentiga o‘tkazishi mumkin. O‘zbekistonda tijorat banklari amaliyotida trast operatsiyalarini qo‘llash imkoniyati asta-sekin rivojlanib bormoqda. Komission (vositachilik) operatsiyalarini amalga oshirishda banklar o‘z mablag‘larini biror sohaga yoki faoliyat turiga qo‘ymaydilar va mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina o‘z mijozlarining to‘lov topshiriqnomasini bajaradilar, shuning uchun komission operatsiyalar bo‘yicha bank daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun mukofot shaklida bo‘ladi. Tijorat banklari o‘z mijozlarining turli xil to‘lov topshiriqnomalarini bajarishi va o‘zaro operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir-biri bilan korrespondentlik aloqalarini o‘rnatadilar. Masalan, o‘z filiallari yoki bo‘linmalariga ega bo‘lmagan joylarda bank mijozlarning to‘lov topshiriqnomalarini boshqa bank orqali, cheklar, akkreditivlar va boshqa shakllar bo‘yicha maxsus korrespondentlik kelishuvini tuzib, amalga oshiradilar. Bunda u korrespondent banklar cheklar, akkreditivlar to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Banklar o‘rtasidagi talab va majburiyatlar maxsus korrespondent schyotlarida aks etadi. Korrespondentlik munosabatlarini amalga oshirishda banklar tomonidan shifrlar tizimi qo‘llanadi. Teleks xabarlari banklararo muno-sabatlarda hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bank tizimida qo‘llaniladigan telekslar ichki va xalqaro bo‘lishi mumkin. Bank foydasining manbalari, berilgan kreditlar bo‘yicha bank oladigan foizlarning oshirilishi, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalar (qo‘yilmalar) bo‘yicha foiz va dividendlar, hisob-kitob, faktoring, trast va boshqa vositachilik operatsiyalaridan olinadigan vosi-tachilik mukofotlari, birja bitimlari bo‘yicha valuta operatsiyalaridan keladigan tushumlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu tushumlar bankning likvidligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. FAKTORING VA FORFEYTING OPERATSIYASINING BANK UCHUN AHAMIYATI. Faktoring operatsiyalari Adliya vazirligidan 2000 yil 3 avgustda 953-son bilan ro’yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini o’tkazish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Faktoring - bank tomonidan o’z mijozlarining uchinchi shaxslardan pulni talab qilish huquqini bankka o’tib berishlari evaziga to’lovning katta qismini darhol qoplash, qarzni to’la qaytarishni kafolatlash, hisobvaraqlarni yuritish borasida xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari bilan moliyalash bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishdir. Bank tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga to’lovlarni talab qilib olish huquqini bankka o’tib berilgan to’lov talabnomalari bo’yicha faktoring shartnomasida o’zaro kelishilgan mablag’ni o’tkazib beradi. Bank tomonidan faktoring shartnomasida ko’rsatilgan o’tkazib berilgan mablag’ summasi bilan to’lov talabnomasida ko’rsatilgan summa o’rtasidagi farq (diskont) bank daromadini tashkil qiladi. Faktoring xizmatlari ko’rsatilishining majburiy sharti to’lovchida muddati o’tgan kreditorlik qarzining mavjud emasligidir. To’lovchi tomonidan bankka faktoring xizmatini ko’rsatish asosida pul talabnomasini ijro etish muddati 90 kundan oshmasligi lozim. Agarda bankka to’lovchilar tomonidan ushbu muddat davomida majburiyatlar to’lanmasa, mazkur majburiyatlar bo’yicha to’lovchilardan qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorlikni undirish choralarini ko’rishlari lozim. Faktoring operatsiyalari quyidagilar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin emas: byudjet tashkilotlariga qo’yilgan talabnomalar; jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari; to’lovga layoqatsiz deb e`lon qilingan korxonalarning majburiyatlari; zarar ko’rib ishlaydigan korxonalar; nolikvid balansga ega korxonalar; kapital quyilmalarni moliyalash; eksport konsignatsiya kontraktlari; kompensatsiyali va barter bitimlari; bosqichma-bosqich yoki bo’nak asosida haq to’lanadigan ishlarga; agar oldi-sotdi to’g’risidagi shartnomalarda to’lovchi shartnomada kelishilgan muddat davomida mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo’lsa, shuningdek sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish sharti mavjud bulsa. Faktoring operatsiyalarni amalga oshirishda mijoz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi. faktoringga arizasi; o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va to’lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko’rsatish to’g’risidagi shartnomalar; moddiy qiymatliklarning berilganligi, ishlarning bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi xujjatlar (tovar-transport yuk xatlari, ishonchnomalarning nusxasi, ishlarning qabul qilib olinganligi dalolatnomasi va x.k.); to’lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro’yxati; to’lovchining moliyaviy holatini aniqlash uchun zarur bo’lgan hujjatlar. Faktoring xizmati ko’rsatilishi to’g’risidagi bank va mijoz o’rtasida tuziladigan shartnomada quyidagilar ko’rsatilishi shart: pulni talab qilish huquqi o’tib berilayotgan to’lovchilar; o’tkazib berilayotgan talabnomalarning umumiy summasi; diskont summasi; shartnomaning amal qilish muddati; tomonlarning shartnoma shartlari buzilganda o’zaro talab qo’yish muddatlari; shartnoma shartlarini buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi; shartnomani bekor qilish shartlari; konunchilikda ko’zda tutilgan boshqa holatlar. Bank tomonidan eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlari xorijiy valyutada talab kilib olinguncha depozit hisobraqamiga ega bo’lgan yuridik shaxslarga 60 kundan oshmagan muddatga ko’rsatiladi. Eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan bank daromadi xorijiy valyutadagi to’lov hujjatining nominal qiymati va ularning shartnomaga muvofiq bankka o’tib berilgan summasi o’rtasidagi farqdan iborat bo’lgan diskont tushuniladi. Eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlari ko’rsatishning majburiy sharti mijozda tegishli xorijiy sherik bilan oldin tuzilgan va hisobga olingan eksport shartnomalari bo’yicha muddati o’tgan debitorlik qarzining mavjud emasligidir. Bank faqatgina belgilangan tartibda hisobga olingan eksport shartnomalari bo’yicha xorijiy vakil banklardan olingan bank kafolati summasidan ortiq bo’lmagan miqdorda yoki ushbu eksport shartnomasi bo’yicha ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan ortiq bo’lmagan miqdorda faktoring xizmatlarini ko’rsatadi. Eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring operatsiyalarini amalga oshirishda vakolatli bank, shartnomada kelishilgan miqdorda diskont summasini chegirgan holda mijoz tomonidan bankka o’tib berilgan summadagi mablag’ni mijozning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha tranzit depozit hisobraqamiga o’tkazib beradi. Mijoz, uning valyuta hisobraqamidagi tushgan xorijiy valyuta mablag’laridan to’la hajmda, diskont summasini chegirib tashlamagan miqdorda majburiy sotishni amalga oshirishi lozim. Lizing va faktoring amallari bo’yicha operatsiyalar ularning holatiga mos holda Adliya vazirligida 1999 yil 11 fevralda 632-son bilan ro’yxatdan o’tgan Tartibiga muvofiq tasniflab borilishi lozim.. Faktoring - xo’jalik yurituvchi sub`ektlar - Yetkazib beruvchilarni (matn davomida - mijoz) moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi bo’lib, bunda ular bank - moliyaviy agentga Yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovchilar (matn davomida - to’lovchi) tomonidan aktseptlangan, lekin to’lov talabnomalari bo’yicha haqi to’lanmagan to’lovni, regress huquqisiz, olish huquqini beradilar. Banklar faktoring operatsiyalarini ularning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlari joylashgan Yerdagi mijozlar bilan shartnomalar asosida amalga oshiradilar. Faktoring xizmatlarini ko’rsatish asosida to’lovchi tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmasligi kerak (ushbu nizomning 3.1-bandida nazarda tutilgan holdan tashqari). Banklar to’lovchilardan qarzni undirish bo’yicha ushbu muddatda to’lanmagan majburiyatlarga doir choralarni qonunlarda belgilangan tartibda ko’rishlari kerak. Faktoring operatsiyalari: - byudjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar bo’yicha; - jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo’yicha; - to’lovga noqobil deb e`lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo’yicha; - zarar ko’rib ishlaydigan korxonalar bo’yicha; - kapital qo’yilmalarni moliyalash bo’yicha; - eksportga oid konsignatsiya kontraktlari bo’yicha; - kompensatsiya va barter bitimlari bo’yicha; - ishga bosqichma-bosqich yoki bo’nak bilan haq to’lash bo’yicha; - to’lovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati ko’rsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo’lgan oldi-sotdi shartnomalari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin emas. Faktoring operatsiyasini o’tkazish choјida bank pul mablaјlarini ular haqini to’lash huquqi faktoring shartnomasida ko’rsatilgan summada bankka taqdim etilgan to’lov talabnomalari bo’yicha mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraјiga o’tkazadi. Bank tomonidan o’tkazilgan summa bilan shartnoma bo’yicha to’lov talabnomasi summasi o’rtasidagi farq bank diskontini tashkil etadi. To’lovchida muddati o’tgan kreditorlik qarzining yo’qligi faktoring xizmatlarini ko’rsatishning majburiy sharti hisoblanadi. Agar shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa, bank tomonidan pul talabi huquqining keyin berilishiga yo’l qo’yilmaydi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling