Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


Download 0.64 Mb.
bet41/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

Mijozning fe’l-atvori deganda uning yuridik shaxs, yoxud menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olish, qarzni o‘z vaqtida qoplashdagi mas’uliyati, kreditni olishdan maqsad va uning bank kredit siyosatiga mosligini aniq bilishi kabilar tushuniladi. Yuridik shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata olishi esa mijozning yuritayotgan faoliyatini mukammal bilishi, o‘z korxonasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazkur tarmoqning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga mos kelishi, ishbilarmonlar (ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, kreditorlar) doirasidagi bilimdonligi kabilar bilan belgilanadi.

Menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olishi mijozning quyidagi jihatlarida namoyon bo‘ladi:


  • o‘z kasbini mukammal bilishi (ma’lumoti, ish tajribasi);

  • axloqi;

  • shaxsiy va oilaviy moliyaviy holati;

  • bank bilan rahbarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi o‘rni.

Mijozning qarz olish qobiliyati uning kredit olish bo‘yicha buyurtmaga va kredit shartnomasiga imzo qo‘yish huquqiga yoki vakolatiga ega ekanligi, o‘zaro kelishuv va bitimlarni tuzish yoshiga yet-ganligida namoyon bo‘ladi.
Mijoz kapitalini baholashda quyidagi ikkita mezonga e’tibor beriladi:

  • ustav fondining minimal darajasiga (aksionerlik kapitaliga) nisbatan qo‘yiladigan talabga mijoz kapitalining javob bera olishi, uning yetarliligi va moliyaviy leveraj koeffitsiyentlari darajalari;

  • kreditlanayotgan operatsiyaga o‘z kapitalini qo‘yish darajasi. Bu ko‘rsatkich bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida riskning taqsimoti to‘g‘risida dalolat beradi.

O‘z kapital qanchalik ko‘p qo‘yilsa, shunchalik qarz oluvchini kredit riski omillarini sinchkovlik bilan kuzatishga majbur etadi.
Kreditning ta’minlanganligi deganda qarz oluvchi aktivining qiymati va qarzni uzish bo‘yicha aniq ikkilamchi manbalar (garov, kafolat, sug‘urta kabilar)ning kredit shartnomasida o‘z aksini topganini tushunamiz. Agar aktiv qiymati va qarz majburiyatlarining nisbati qarz oluvchi bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida xabar qilgan holda bank ssudasini uzish uchun ahamiyatli bo‘lsa, aniq ikkilamchi manbalarning sifati esa moliyaviy tanglik holatida mijozning o‘z majburiyatlarini bajarish kafolatini ta’minlaydi. Garov sifati, kafolatning puxtaligi, sug‘urta ham bank mijozlari va pul oqimi kamayib ketganda, bank balansida likvidlik muammosi tug‘ilganda yoki kapitalning taqchilligi sezilgan hollarda o‘ta muhimdir.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling