Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Birinchi guruh likvid mablag’larga
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi guruh likvid mablag’lari
- Uchinchi guruh likvid mablag’lari
- KREDITGA LAYOQATLILIK TUSHUNCHASI VA BAHOLASH MANBALARI. Mijozning kreditga layoqatliligi
Birinchi guruh likvid mablag’larga:
pul mablag’lari (balansning 170-qatori), jumladan hisob-kitob varag’i; valyuta hisob varag’idagi (180 - q), boshqa hisob varaqlardagi va kassadagi pul mablag’lari (190 - q) kiradi; Ikkinchi guruh likvid mablag’lariga tez pulga aylanadigan talablar(bu talablarningmuddati odadta 3 oydan oshmasligi lozim): - ishonchli debitorlar va ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha hisob-kitoblar (200-220 - q); - muddati 3 oygacha bo’lgan avans to’lovlar (230 - q); - byudjet bilan hisob-kitoblar (240 - q); - korxonalar bilan qisqa muddatli xarakterga ega bo’lgan boshqa operatsiyalar (260-270 - q) ; - ishchi- xizmatchilar bilan hisoblashishlar (250- q); ta’sischilar hamda boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar (280-290 - q); Ikkinchi guruh likvid mablag’larning aksariyat qismini yaqin 3 oy ichida to’lanish lozim bo’lgan debitorlar tashkil qiladi. Shuning uchun kredit berishda bu likvid aktivlarning haqiqatta 3 oy ichida pulga aylanish ehtimolini chuqur tahlil qilish lozim. 3 oy da to’lanishi lozim bo’lgan veksellar; xorijiy korxonalar bilan hisob-kitoblar; Uchinchi guruh likvid mablag’lariga tez sotiladigan tovar moddiy qimmatliklarining zahiralari bo’yicha talablari kiradi: - ishlab - chiqarish zahiralari va kelgusi davr harajatlari (120 - q); - tugallanmagan ishlab-chiqarish (130 - q); - tayyor maxsulot (140 - q); - tovarlar (150 - q); - boshqa zahiralar va harajatlar kiradi. Qisqa muddatli majburiyatlarni aniqlashda: a) o’zgartirishlar kiritmasdan quyidagi ko’rsatkichlar olinadi: - qisqa muddatli qarzlar (420 - q); - qisqa muddatli kreditlar (430- q); - buyurtmachilardan tushgan avanslar (440 - q); Kreditorlar: - mol etkazib beruvchilar oldidagi qarzlar (450 - q); - byudjetga qarzlar (460 - q); - ish haqi bo’yicha qarzlar (470 - q); - ijtimoiy sug’urta va ta’minot bo’yicha qarz (480 - q); - mulk va shaxsiy sug’urtalash bo’yicha qarz (490 - q); - byudjetdan tashqari to’lovlar bo’yicha qarz (500 - q); - sho’’ba korxonalar bo’yicha qarzlar (510 - q); - uyushma korxonalar bo’yicha qarzlar (520 - q); - boshqa kreditorlar (530 - q); b) o’zgartirishlar kiritilib quyidagi ko’rsatkichlar olinadi (yaqin uch oy muddatga): - uzoq muddatli qarzlar (400 - q); - uzoq muddatli kreditlar (410 - q); Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda pul mablag’lari =170+180+190 balans qatorlari. Tez sotiladigan talablar =200+220+230+240+250+260+270+ +280+290 balans qatorlari. Tez sotiladigan zaxiralar =120+140+150 balans qatorlari. Qisqa muddatli majburiyatlar = 420+430+440+450+460+470+ 480+490+500+510+530+(400+410 o’zgartirishlar bilan) balans qatorlari. Uchinchi guruh likvid mablaglarini tahlil qilganda, tovar – moddiy boyliklarning haqiqatta ishlab chiqarish uchun zarurligia e’tibor berish lozim.Kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlarini hisobga olganda aylanma aktivlar tarkibiga : Korxona omborida turib qolgan, ishlab chiqarish uchun zrur bo’lmagan tovar moddiy boyliklar ; Ishlab chiqarishdan olib tashlangan tovarlar; Talab bo’lmagan ,sifatsiz tovar-boyliklar, Qiyin sotiladigan tovarlar va boshqalar qo’shilmasligi kerak. Agar mijozning likvid aktivlari uning qisqa muddatli majburiyatlaridan ikki barobar va undan ortiq, bo’lsa, mijoz moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi. Mijoz balansi va boshqa moliyaviy hujjatlarga asosan kreditga loyoqatlilik ko’rsatkichlari aniqlanadi. KREDITGA LAYOQATLILIK TUSHUNCHASI VA BAHOLASH MANBALARI. Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytara olish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan: mijoz xarakteri (fe’l-atvori); mablag‘ni qarz olish qobiliyati; joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati; mijoz kapitali; kreditning ta’minlanganligi; kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar; qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling