Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
FONDGA SSUDA BERISH
Fuqarolarning omonatlari bo’yicha haq to’lash uchun Fondning mablag’lari Yetarli bo’lmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Fondga ssuda beriladi va u keyinchalik Fond tushumlari hisobidan qaytariladi. FOND BILAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI O’RTASIDA AXBOROT ALMASHISH Fond bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Fond o’z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni muntazam ravishda almashib turadilar. KREDIT MUNOSABATLARINING MOHIYATI VA KREDITLASHNI TASHKIL ETISH. [181]. Pul bor joyda qarz olish va qarz berish yuzaga keladi, bu ishni banklar bajaradi. Kredit deganda o‘z egalari qo‘lida vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlar tushuniladi. Bank o‘zgalar pulini jamlab uni o‘z nomidan kreditga beradi. Buyerda kredit munosabati ikki subyekt o‘rtasida yuzaga keladi: biri pul egasi, ya’ni qarz beruvchi (kreditor) va ikkinchisi, pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi (qarzdor). Kredit munosabati amalga oshishi uchun uning zarur unsurlari, ya’ni kreditning obyekti va subyekti bo‘lishi lozim ( 34-chizma). 34-chizma. Kredit munosabatlari. Kredit subyektlari har xil, bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi. Kreditning obyekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo‘sh turgan, egasi tomonidan ishlatilmay va qarzga berilishi mumkin bo‘lgan puldir. Bo‘sh pul uch xil bo‘ladi: tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo‘lidagi pul, ya’ni pul kapitali; aholi qo‘lidagi pul – ertami kech ehtiyojni qondirish uchun to‘plangan pul, egasi qo‘lida kapital emas, balki iste’molini qondirish vositasi; davlat ixtiyoridagi pul. Bu ham pul kapitali (davlat korxonasi uchun), ham umumiy iste’mol pulidir. Aytilgan turdagi bo‘sh pullar ssuda (qarz) fondini tashkil etadi va uning yuzaga kelishi obyektiv tarzda muqarrardir. Qarzga berilgan pul, ya’ni kredit harakatini quyidagicha ifodalash mumkin: Kb Ko Ki Kfq Buyerda:
Ko – kredit olindi; Ki – kredit ishlatildi; Kfq – kredit foiz (%) bilan qaytarildi. Shu tarzda bo‘sh pullar kreditning asosiy sharti-qarz uchun haq to‘lashni ta’minlaydi. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan u qarz protsenti deb yuritiladi. Qarz protsenti pul bozorida amal qiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling