„Toshkent pakti“, „Toshkent shartnomasi“


NATO, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti


Download 53.56 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi53.56 Kb.
#1608481
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xalqaro Tashkilotlar

NATOShimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (inglizcha: North Atlantic Treaty Organization, NATO; fransuzcha: Organisation du traité de l'Atlantique nord, OTAN) — Yevropa, Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanmasi, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 30 taga yetgan.
Tashkilot maqsadi
Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qoʻshilgan mamlakatlar 1949-yilda tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadida oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar bilan birlashishgan. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yaxlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni oʻz oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO "Zamonaviy mudofaaning ilgʻor ishtiroki" ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida xavfsizlikni kuchaytirish.
Tuzilishi
NATO hozirgi kunda 30 mamlakatni oʻz ichiga olgan tashkilotdir. Ushbu tashkilot qamrovida yuzlab qoʻmitalar, guruhlar, xizmat boshqaruvlari yoki harbiylar va fuqarolar doirasi ostidagi rejalashtirish boʻlinmalari mavjud. Shuning bilan birga, tashkilot tarkibida mutahassislarni tayyorlash va tayyorgarlikdan oʻtkazish oʻquv markazlari faoliyat koʻrsatadi. NATO zarur qarorlar yoki choralar koʻrish shartnomalarini qabul qilish uchun mamlakat aʼzolarini ikki toifaga boʻladi — vositachilar[1] hamda zahiralar guruhlari. Uchrashuvlar oʻtkazish va boshqa vazifalar yechimlarini tashkilotga aʼzo mamlakatlarni umumjamoa qiziqishlari va tassavuroti jamlanmasiga nazar tashlagan holda koʻrib chiqadi. Doimiy barcha operatsiyalar oʻtkazilish uchun mablagʻlar, tashkilot ostidagi harbiylarga, zarar koʻrgan fuqarolarga NATO budjetidan pul ajratiladi. Moliyaviy holat jarayonda qatnashayotgan mamlakatlar bilan birgalikda hal qilinib, NATO xazinasi moliyalashtiriladi



Download 53.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling