Toshkent qandolatchilik fabrikasi


Download 17.16 Kb.
Sana30.09.2020
Hajmi17.16 Kb.
#131893
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot(2)


Davlat tilida ish yuritish fanidan 2-amaliy mashg‘ulot

“Toshkent qandolatchilik fabrikasi ”

AJ raisi M.Jumayevga shirinliklar

sexi ishchisi Sobira Qambarovadan



ARIZA

Oilaviy sabablarga ko‘ra(qizimning og‘ir kasalligi va doimiy parvarishga muhtoj bo‘lib qolganligi sababli ) ,menga 2020- yilning 22-oktabrdan 8-noyabrga qadar maoshsiz ta’til berishingizni so‘rayman.

Arizamga 16-shahar birlashgan kasalxonasidan berilgan ma’lumotnoma ilova qilindi.

2020.10.10 Beeeee/ S. Qambarova

Ishonchnoma

Buxoro viloyati ikki ming yigirmanchi yil yigirmanchi sentabr.

Men,Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Bobur ko‘chasidagi 14-uyning 32-xonadonida yashavchi fuqaro Nigina Ixtiyorovna Ravshanova ,ushbu ishonchnoma bilan Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Eshonguzar shaharchasining Navoiy ko‘chasidagi 17-uyda yashovchi Sobira Po‘latovna Soliyevaga Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 28-aloqa bo‘limidan ikki ming yigirmanchi yilning fevral-avgust menga tegishli bo‘lgan oylik maoshimni olishiga, maoshimni olganligi uchun imzo qo‘yishiga va ushbu kakolatni bajarish uchun lozim bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga ishonch bildiraman.

Beeeee/ N.I.Ravshanova



Rasmiy-idoraviy uslubda qo‘llanuvchi fe’llarni quyidagi jadval asosida to‘ldiring.

Bayonnoma

so‘zga chiqdilar, aytib o‘tildi, ma’lum qilindi, qaror qilindi

Taklifnoma

taklif etadi,taklif qilamiz,tashrif buyurishingizni so‘raymiz,ishtirok etishingiz so‘raladi



Dalolatnoma

taftish qildim,mos keladi,qayt etildi,ushlab qolinsin,ko‘rsatib o‘tilsin

E’lon

yig‘ilish bo‘ladi,taklif etadi,e’lon qiladi,qatnasish mumkin,ma’lum qilinadi

Kafolat xati

kafolat beradi,qabul qilishga tayyor,..uy ajratiladi,zimmasiga oladi,hamkorlik qilishini so‘rayman

Quyidagi atamalarni ta’rifi bilan to‘g‘ri moslashtiring.

Ishonch xati

muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida aniq, ishonarli ma'lumot beradi.

Buyruq

biror ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan mehnat qurollari va boshqa narsalar so‘raladi.

Hisobot

biror xatti-harakat, yaratilgan mahsulot majlis ahlining muhokamasi asosida chiqarilgan qarorga ko‘ra tasdiqlanadi yoki rad etiladi.

Bayonnoma

orqali bir idora doirasida bir fuqaro ikkinchi fuqaroga biror ish-harakatni amalga oshirish uchun vakolat beradi

Talabnoma

biror xatti-harakatni amalga oshirish kerakligi yoki uni to‘xtatish lozimligi qat'iylashtiriladi.

Download 17.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling