Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Qarz oluvchi pasporti yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjat nusxasi;
Qarz oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari toʻgʻrisidagi ma’lumot
Qarz oluvchi va iste’mol tovar ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Ta’minotga oid tegishli hujjatlar.
Quyidagi kredit ta’minot turlaridan biri taqdim etilishi mumkin:
mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;
bank yoki sugʻurta tashkilotining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.
Kreditning miqdori eng kam ish haqining 100 baravaridan koʻp boʻlganda, kredit ta’minoti sifatida mol-mulk garovi rasmiylashtirilishi lozim.
Ta’minot miqdori kredit summasining 125 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Yuridik shaxslar bank tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash (2013-yil 27-dekabrda 2546-son bilan davlat roʻyxatiga olingan)
Muddati: kreditlar kreditlanayotgan tadbirning oʻzini-oʻzi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
qarz oluvchi oʻz faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirish va investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga – 12 oy muddatgacha;
aylanma mablagʻlarni toʻldirishga – 18 oy muddatgacha;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga – 24 oy muddatgacha.
Foiz stavkasi: kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Ta’minot: Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:
mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;
tijorat banki yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |