Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 6-sonli maktabning Matematika fani o’qituvchisi


Download 43.64 Kb.
bet2/3
Sana09.11.2023
Hajmi43.64 Kb.
#1759008
1   2   3
Bog'liq
10 - sinflarda

Darsning jihozi: darslik,didaktik materiallar, ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar.
Dars usuli: noan’anaviy, kichik guruhlarda ishlash, jamoa bo’lib ishlash.
Darsda qo'llanadigan metodlar: “Tingla va jumlani to’ldir”, “Javob menda …“ o’yini, “Raqamli texnologiyalar ishga tushganda”, “Mohir qo’llar”, “Qizil, sariq, yashil” metodlari.
O‘tilgan mavzuni takrorlash

Tingla va jumlani to’ldir” metodi: Ushbu topshiriq kichik guruhlarda ishlash tartibida o’tkaziladi. Bunda har bir guruhga atalgan savollar ekranda namoyon etiladi va o’qituvchi tomonidan tanlangan 1-o’quvchi javobni aytishni boshlaydi, o’qituvchi uni istalgan nuqtasida javob berishdan to’xtatib, guruhning boshqa bir a’zosiga davom ettirtiradi, bu o’quvchi ham qaysidir savolni qaysidir nuqtasida to’xtatib, guruhning keying boshqa a’zosiga navbat beriladi va shu tariqa savollarga javoblar tugatiladi. Noto’g’ri javoblar o’z vaqtida bartaraf etiladi. Bu metud yordamida o’quvchilarda, eng avvalo, diqqat,qolaversa, aniqlik, tezkorlik, bir-birini tushuna bilish qobiliyatlari yuksaltiriladi.
















Muntazam piramida

Qavariq ko’pyoq

O’lchamlari o’zaro teng bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped

O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun yana bir samarali usul “Javob menda…” o’yin metodi. Bunda tarqatma materiallardan foydalaniladi. Kartochkaning bir tomoniga savol, orqa tomoniga esa boshqa savolning javobi yozilgan bo’ladi va bu sinf oralab bir nechta o’quvchilarga tarqatiladi. 1-o’quvchi savolni o’qiydi va savolning javobi qaysi o’quvchining kartochkasida bo’lsa, shu o’quvchi “Javob menda…” jumlasi bilan javobni aytadi. So’ngra u o’zining savolini o’qiydi, 2-o’quvchi bergan savol javobi kimda bo’lsa, “Javob menda…” jumlasi bilan javobni aytadi va hakozo o’yin shu tarzda davom etadi. Bu metod ham, eng avvalo, diqqatni to’plashga, e’tiborni jamlashga yo’naltirilgan, hamda o’quvchilarning fanga qiziqishini yanada oshiradi, bilimlarini boyitadi. O’quvchilardagi bu diqqat-e’tibor butun dars davomida ham o’quvchi, ham o’qituvchi foydasiga ishlaydi.



Kub

Ko’pyoq ixtiyoriy yog’i yotgan tekslikning bir tomonida yotsa

Asosi muntazam ko’pburchak va yon yoqlari o’zaro teng


Download 43.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling