Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 6-sonli maktabning Matematika fani o’qituvchisi
Download 43.64 Kb.
|
10 - sinflarda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni mustahkamlash Mavzuni mustahkamlashda 10-sinf “Geometriya” darsligidagi mavzuga doir masalalar yechtiriladi. “Mohir qo’llar” kreativ (STEM) uslubi
- Darsni yakunlash
- Uyga vazifa
Yangi mavzu bayoni
Ko’pyoqlarning sodda kesimlarini yasash. Mavzuni yoritishda hozirgi kunda butun insoniyat uchun qulaylik yaratadigan “Raqamli texnologiyalar ishga tushganda” kabi nomlangan usul juda qo’l keladi. O’quvchilarga texnik jihozlar yordamida “Geogebra”, “Jivaya geometriya” dasturlaridan foydalanib, ko’pyoqlarning tasavvur qilish murakkab bo’lgan kesimlarini bemalol ko’rsatish mumkin bo’ladi. Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish o’quvchilarning geometriya faniga qiziqishlarini oshiradi, bilimlarini boyitadi, kasbga yo’naltiradi, zamon bilan hamnafaslikka o’rgatadi. Fazoviy geometrik shakllarning o‘zaro joylashuvini to‘g‘ri tasavvur qilgandagina uning chizmasini to‘g‘ri chizish mumkin. Fazoviy shakllarning biri ko‘pyoq, ikkinchisi esa tekislik bo‘lganda turli kesimlarni tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Quyida ko‘pyoqlarning kesimlarini yasash bilan shug‘ullanamiz. Aytaylik, ko‘pyoqni biror tekislik kesib o‘tgan bo‘lsin. Ko‘pyoqning kesimi deb ko‘pyoqning kesuvchi tekislikka tegishli nuqtalaridan iborat geometrik shaklga aytiladi. Kesuvchi tekislik ko‘pyoq sirtini kesmalar bo‘yicha kesib o‘tadi. Shuning uchun kesim kesuvchi tekislikda yotuvchi ko‘pburchakdan iborat bo‘ladi. 2-rasmda beshburchakli prizmaning yettiburchakdan iborat kesimi tasvirlangan. 3-rasmdagi romni tekislik bilan kesganda hosil bo‘lgan kesimi ikkita to‘rtburchakdan iborat. Ko‘pyoqning kesimini tasvirlash uchun uning yoqlarining kesuvchi tekislik bilan umumiy nuqtalarini aniqlash kifoya. Kesimning tomonlari soni ko‘pyoqning yoqlari sonidan katta bo‘la olmaydi. Masalan, beshburchakli prizmaning kesimlari: uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak, oltiburchak va yettiburchak bo‘lishi mumkin (4-rasm). Lekin sakkizburchak bo‘la olmaydi. 4 Yangi mavzuni mustahkamlash Mavzuni mustahkamlashda 10-sinf “Geometriya” darsligidagi mavzuga doir masalalar yechtiriladi. “Mohir qo’llar” kreativ (STEM) uslubini qo’llab, samarali natijaga erishish mumkin. Plastilin, rangli qog’oz va tayoqchalar yordamida o’quvchilar o’z qo’llari bilan ko’pyoqlarning sodda kesimlarini yasashga muvaffaq bo’ladilar. Masala shartini to’g’ri bajarib, ko’pyoq va kesimlarni yasashda xatoliklarga qo’ymagan o’quvchilar “Mohir qo’llar” egalari deya e’tirof etiladilar. Darsni yakunlash Dars yakunida o’zining faolligi, chaqqonligi, kreativligi bilan ajralib turgan har bir o’quvchi rag’batlantirilib, baholanadilar. O’quvchilarning bugungi dars haqidagi taassurotlari “Qizil, sariq, yashil” metodi yordamida bilib olinadi(qizil rangli kartochka-“normal”, sariq rangli kartochka-“nice”, yashil rangli kartochka-“well done” ma’nolarida ishlatiladi). Uyga vazifa: qo’l mehnati yordamida ko’pyoq sodda kesimlarini yasab kelish. Download 43.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling