Toshkent shahar Sergili tumanidagi 22-o’rta umumta’lim maktabning fizika fani o’qituvchisi Umirqulova Gulnoraning 6-sinflar uchun fizika fanidan soatlik dars ishlanmasi


Download 303.5 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2023
Hajmi303.5 Kb.
#1176236
1   2
Bog'liq
dars ishlanmasi

Sana:16.03.2012.
Sinf: 6-“A”


Mavzu: Quyosh va oy tutilishi. Yorug’likning tezligi. Yorug’likning qaytishi va sinishi.
Darsning maqsadi
a) Talimiy maqsad: O’quvchilarga quyosh va oy tutilishi, yorug’likning tezligi, yorug’likning qaytishi va sinishi haqida tushuncha berish formulalar yordamida masalalar yecha olish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni bir-biriga do’stona ruhda tarbiyalash.
c) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga fizika fanidan olgan bilimlarini kundalik turmushda qo’llay olish. Quyosh va oy tutilishini kuzata olish.
Darsning turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi..
Darsning jihozi: Darslik,Quyosh va Oy tutilishi tasvirlangan plakatlar, stakan, suv, qalam.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikka e`tabor.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha kartochkalar tarqatiladi, soya va yarim soya haqida so’raladi.Testlar orqali o’tilgan mavzular bo’yicha o’quvchilar bilimlari mustahkamlanadi.
Yangi mavzu bayoni:
Tabiatda soya va yarim soya hosil bo’lishi katta masshtabda Quyosh va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma’lumki, Quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o’zining tabiiy yo’ldoshi Oy bilan birgalikda aylanib turadi.Yer Quyosh atrofida 365.26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa yer atrofida 27 sutka 7 soat 43 minutda bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida ma`lum bir momentda Yer va Quyosh oralig’iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan keluvchi nurlarni to’sib qoladi. Shunda Quyosh tutilishi ro’y beradi.



Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nuri Oy tomondan to’la to’silib qolganligidan u yerda qorong’ulik bo’ladi. Bu joyda Quyoshning to’la tutilishi kuzatiladi. Yerning B sohasida esa yarim soya bo’ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro’y beradi. Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig’iga Yer tushib qolsa Oy tutilishi ro’y beradi.



Oy o’zidan yorug’lik chiqarmaydi. U faqat Quyoshdan tushgan yorug’likni qaytaradi. Oyga tushgan Quyosh nurini Yer to’sib qolganda Yerning soyasi Oyga tushadi. Yerning atmosferasi bo’lmaganda edi, Oy tutilishi davrida u ko’rinmay qolar edi. Yer atmosferasi Quyosh nurini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida uni qizg’ish disk shaklida ko’ramiz.
Arestotel, yorug’lik nuri bir nuqtadan ikkincni nuqtaga bir zumda boradi, deb hisolagan edi. Yorug’lik tezligini birinchi bor 1676-yilda Daniyalik astronom Olaf Riomer o’lchashga muvaffaq bo’ldi. Shundan so’ng boshqa olimlar ham yorug’lik tezligini turli usulda o’lchadilar. Yorug’lik tezligi juda katta tezlik bo’lib vakumda V=300000 km/s ga teng. Yorug’likning turli jismlar-ko’zgu, suv yuzasi, deraza oynasi, silliqlangan metal yuzalari va boshqa buyumlardan qaytishidir. Yorug’lik havodan suvga tushganda uning bir qismi qaytadi, bir qismi suv ichiga o’tadi. Yorug’likning qaytishini o’rganish uchun quyidagi qurilmalardan foydalaniladi. Optik disk o’rtasiga yassi ko’zgu qo’yib, unga nurli ko’rsatkich lazer nurini yuboraylik shunda ko’zgudan nur qaytishini ko’ramiz. Nurning tushish burchagini o’zgartirib ko’rsak, qaytish burchagi ham unga mos ravishda o’zgarar ekan. Tushish burchagi deb, tushgan nur bilan, nur tushgan nuqtaga o’tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (a) ga aytiladi. Qaytish burchagi sifatida qaytgan nur bilan, shu nuqtaga o’tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (g) olingan. Qaytish burchagi har doim tushish burchagiga teng. Alfa=Gamma
Bu yorug’likning qaytish qonuni deb ataladi. Yorug’likning sinishi singan nur bilan sinish nuqtasiga o’tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak sinish burchagi deyiladi. Stakanga solib qo’yilgan choy qoshig’i singandek bo’lib ko’rinishi, hovuzdagi suvga qaralganda chuqurmasdek bo’lib ko’rinishi, yorug’likning suvga tushishi va chiqishga sinishi tufaylidir.


Yangi mavzuni mustahkamlash:
1)Oydan turib Yer tutilishini kuzatsa bo’ladimi?
2)Yil davomida Quyosh tutilishi hodisasi ko’proq bo’ladimi, Oy tutilishimi?
3)Oyda ham qisman tutilish kuzatiladimi?
4)Nima sababdan qog’oz ho’llansa orqasidagi yozuvlar ko’rinadi?
O’quvchilar baholash:Darsga faol qaatnashgan va savollarga javob bergan o’quvchilar baholanadi
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish va savollarga javob yozish.



Download 303.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling