Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga


Download 497.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.01.2023
Hajmi497.52 Kb.
#1134974
Bog'liq
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo



Toshkent 
shahar 
sudining 
iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov 
hay’atiga  
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq Inspeksiyasining Toshkent 
tumanlararo iqtisodiy sudining 4-1001-2218/11111-sonli ish bo‘yicha 2022-yil 24-
avgustdagi hal qiluv qarori yuzasidan bergan apellatsiya shikoyatiga
FIKRNOMA 
Birinchidan,soliq Inspeksiyasi protsessual muddatlarni o’tkazib yuborgan ya’ni 
apellatsiya shikoyati berish muddati buzilgan.IPK ning 262-moddasi mazmuniga 
binoan,apellatsiya shikoyati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul 
qilingan kundan boshlab bir oy ichida berilishi mumkin.Inspeksiya muddatni 
o’tkazib yuborgan. 
Ikkinchidan,Inspeksiya talabnoma yuborgandan keyin amalga oshirilishi lozim 
bo’lgan harakatlarni qilmagan.Soliq to’lovchi soliq kodeksi 138-moddasi 15-
qismiga ko’ra,soliq to’lovchi soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish talabnomasini 
olgan va besh kun ichida tuzatish kerak edi.Lekin soliq to’lovchi buni o’z holicha 
qoldirdi.Soliq kodeksining 111-moddasi 3-qism 2-bandi bo’yicha soliq organi 
yuborilgan talabnomaga tushuntirishlar olmaganidan keyin tadbirkotlarning 
bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turishi va qabul 
qilingan qaror elektron shaklda sudga yuborilishi kerak edi.Soliq organi ushbu 
bandga rioya qilmagan. 
Uchinchidan,jamiyatning kontragentlarining soliq hisobotlarida, rasmiy 
ishlovchi xodimlar soni 1 nafar (rahbar)ni tashkil etish haqidagi vaji 
asossiz.MCHJ to’g’risidagi qonunning 7-moddasida keltirib o’tilgan ya’ni 
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning 
yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi 
bo‘lgan jamiyatga aylanishi mumkin
.Soliq inspeksiyasining bu e’tirozi 
qonunga zid.
To’rtinchidan,inspeksiyaning bitimning qalbakiligi haqidagi e’tirozi.Fuqarolik 
kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, bitim ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan 
asoslarga ko‘ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday 
deb topilishidan qat’i nazar, haqiqiy emas deb hisoblanadi (o‘z-o‘zidan haqiqiy 
bo‘lmagan bitim).Unda faqatgina sud tomonidan chiqarilsagina asosli bo’ladi.Yoki 
Oliy Xo’jalik Sudining 269-sonli qaroriga binoan,Faqat FK da ko’rsatilgan shaxslar 
tomonidan bitimning haqiqiy emas deb toppish to’g’risidagi talab taqdim qilinishi 
mumkin. 
Beshinchidan,soliq inspeksiyasi taqdim qilgan Oliy sud xati “Normativ huquqiy 
hujjatlar to’g’risidagi “Qonunga binoan hech qanday yuridik kuch va ahamiyatga 
ega emas. 



Download 497.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling