Pedagogik kengash yig‘ilishi qaror qiladi:
1. Maktab direktori S.T.Malikovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 1- va 11- sinf o‘quvchilari ro‘yxati shakllantirilsin va buyruq bilan rasmiylashtirilsin.
Kam ta’minlangan oila farzandlari va yakka tartibda o‘qitish masalalari (asosli hujjatlarning mavjudligi, kitob va kiyim – kechak bilan ta’minlash) to‘g‘risida
Ushbu masala kam ta’minlangan oila farzandlari va o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash haqida.
Ped kengashning ushbu masala bo‘yicha maktab kutubxonachisi Maxmadiyarova Nasiba so‘zga chiqdi. Kam ta’minlangan oila farzandlari va maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari darslik va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi. 1 –11 sinf o‘quvchilari maktab kutubxonasidan barcha darslik bilan bepul ta’minlanishini aytib o‘tdi. Maktabda hozirgi kunda kam ta’minlangan oila farzandlari yo’qligini, agar bo’lsa ushbu o‘quvchilar maktab tomonidan bepul darsliklar bilan ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi. Kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yhatini yana bir bor barcha sinf rahbarlarga alohida o’rganib ularning ro’yxatini shakllantirish vazifasi yuklatildi.
QAROR QILINDI:
Kam ta’minlangan oila farzandlari birinchi navbatda bepul darsliklar bilan ta’minlansin.
Maktab kutubxonasi vasiylik kengashi hamkorligida darsliklar etkazilishi nazoratga olinsin.
Darsliklar qabul qilinishi va ularning o‘z vaqtida qaytarilishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsin.
Maktab kutubxonasining o‘quv va badiiy kitoblar bilan ta’minlanganligi.
2. Pedagogik kengash qarori ijrosini nazorat qilish maktab direktori S.T.Malikova zimmasiga yuklatilsin.
Pedagogik kengash raisi: S.T.Malikova
Kotiba: G.Q.Shukurova
Do'stlaringiz bilan baham: |