Toshkent shahar uchtepa tumani 238-umumiy o‘rta ta’lim maktabining navbatdagi 1-sonli pedagogik kengash bayonnomasi


Pedagogik kengash yig‘ilishi qaror qiladi


Download 123.08 Kb.
bet13/15
Sana22.04.2023
Hajmi123.08 Kb.
#1378154
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-Pedkengash 29.08.2022-y shablon 238 (2) (2)

Pedagogik kengash yig‘ilishi qaror qiladi:

1. Barcha sinf rahbarlariga o‘quvchilarining maktab ustavida ko’rsatilgan maktab formasi bilan ta’minlanishi va ularning kiyinish madaniyatiga to‘liq amal qilishlarini nazorat qilish vazifasi topshirilsin.


Kun tartibiga kiritilgan 4-masala Xalq ta’limi tizimiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuritilayotgan o‘quv–pedagogik hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilishi munosabati bilan bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotgan hujjatlar sonini qisqartirish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagogik jamoasiga qulaylik yaratish hamda Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 205–sonli buyruq bilan tanishtiriSh.


Ushbu masala bo‘yicha maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. R.Aliyeva so‘zga chiqdi va Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 205–sonli buyruqni o‘qib eshittirdi.
- Xalq ta’limi tizimiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuritilayotgan o‘quv-pedagogik hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilishi munosabati bilan bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotgan hujjatlar sonini qisqartirish hamda umumiy o‘rta ta’lim -muassasalari pedagogik jamoasiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida tasdiqlangan ushbu buyruq ilovasida Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 1-bob Umumiy qoidalar, 2-bob Maktabning pedagogik kengash bayonnomalari, 3-bob Buyruqlar, 4-bob Qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari, 5-bob Shahodatnoma va sertifikatlarni hisobga olish hamda tarqatish daftari, 6-bob Sinf jurnallari, 7-bob O‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari, 8-bob Yakuniy qoidalardan iborat.
Pedagogik kengash yig‘ilishi qaror qiladi:
1. Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 205–sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Buyruqda nomlari keltirilgan o‘quv–pedagogik hujjatlar ushbu buyruq asosida yuritilishi qat’iy nazoratga olinsin. Mas’ul o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.Q.Shukurova, kadrlar bo‘yicha menedjer M.B.Xudayberganova.

Kun tartibidagi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 831-sonli qarori ijrosi yuzasidan Maxsus komissiya tarkibini tuzish (tanishtirish), xodimlarning rag'batlantirilganligi (ustama haq foizlarini e'lon qilish)hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 3-avgustdagi 425-sonli “Xalq Ta’limi Vaziri Jamg’armasi Faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maktab direktori S.T.Malikova so‘zga chiqib 2022-yil 30-iyundagi 27-sonli maktab buyrug ‘ini o‘qib eshittirdi va ishchi guruh tarkibini qayta tuzish masalasini e’lon qildi. Nomzodlik uchun pedagogik kengash a’zolari o’z takliflarini kiritdilar



Download 123.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling