Toshkent shahar Yashnobod tumani 206-maktabning matematika fani o’qituvchisi Turdiqulova Ma’muraning ochiq dars ishlanmasi


Download 0.58 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1071008
  1   2   3
Bog'liq
umumiy ko\'p.ni qavsdan chiqarish


“Tasdiqlayman”
206-sonli maktab
direktor o`rinbosari
M.O. Esanova _______
Toshkent shahar
Yashnobod tumani
206-maktabning matematika fani o’qituvchisi Turdiqulova Ma’muraning ochiq dars ishlanmasi.

Dars muqaddas”


Sinf: 7
Fan: Algebra
Mavzu: Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish.
Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish bo’yicha to’liq ma’lumot berish. Buyukallomalarimizbilantanishtirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga jamoa bo’lib ishlashni, sinfdoshlari fikrini hurmat qilishni o’rgatishda davom etish.
Rivijlantiruvchi: O’quvchilarda misollar ishlashko’nikmasini rivojlantirish. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Dars turi: Mustahkamlovchi, noa’nanaviy.
Dars uslubi:Guruhlar bilan ishlash, boshqotirma, savol-javob, mozaika, charxpalak.
Dars jihozi: Kompyuter moslamasi, didaktik tarqatma materiallar, darslik.
Darsning borishi
I Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashiladi. Navbatchi axboroti tinglanadi. O’quvchilar bilan savol-javob qilinadi.
Matematika faniga o’z hissasini qo’shgan o’rta Osiyo allomalarni ayting.
Juda ham yaxshi bolajonlar. Barakalla! Ozgina bo’lsa ham bilimlaringizni sinab oldik. Hozir biz sizlar bilan guruhlarga bo’linib olamiz. Guruhlarga bo’linish uchun quyidagi kartochkalarni tanlab olasizlar. Bu kartochkalarda guruh nomlari yozilgan .
1-guruh. __ “Xorazmiy avlodlari”
2-guruh- “Beruniy izdoshlari”
3-guruh –“Ulug’bek davomchilari”
II O’tgan mavzuni mustahkamlash. O’qituvchi 1-shartni e’lon qiladi.

  1. Tanishtiruv sharti. Har bir guruh o’z allomalrimiz haqida ma’lumotlar berishadi. O’quvchilar bergan ma’lumotlarga qarab o’qituvchi ularga yulduzcha, to’rtburchak va uchburchak shakllar beradi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling