Toshkent shahar Yunusobod tumani 258-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Urolova Muborak Sayitkulovna


Download 15.54 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi15.54 Kb.
#1277446
Bog'liq
Maqola


Toshkent shahar Yunusobod tumani
258-sonli maktabning ona tili va
adabiyot fani o‘qituvchisi Urolova Muborak Sayitkulovna

Bu gulshan ichraki yo‘qtur baqo guliga sabot


Ajab saodat erur chiqsa , yaxshilik bila ot.
Alisher Navoiy.
Alisher Navoiy o‘lmas asarlari bilan o‘zbek xalqi adabiyotini jahon miqyosiga ko‘targan, insoniyat ma’naviyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ adibdir. Alisher Navoiy 581yoshga to‘ldi, lekin asrlar osha bizga uning o‘z qarini yo‘qotmagan asarlari yetib keldi. Bu bilan u o‘ziga ikkinchi umr baxsh etdi.Asrlar o‘tib bu asarlar endi bizniki bo‘ldi. Bu asarlar bilan yosh avlodni tarbiya etishda, ijtimoiy tarqqiyotni ta’min etishda foydalanib kelyapmiz. Navoiyning aqli va dahosi, qalami va g‘ayrati, betinim kunlari, bedor tunlari inson, xalq va vatan haqida qayg ‘urish bilan o‘tdi.
Kimki insondurur aning mahbubi ham inson;
Odami ersang, demagil odami
Onikim ,yoq xalq g‘amidin g‘ami
Navoiyning butun hayoti mana shu tushunchani har xil vositalar bilan, yuksak so‘z san’ati va teran tafakkur vositasi bilan ifodalash, ularga xizmat qilish, ular uchun kurashish bilan o‘tdi. Navoiy insonparvarlik bayrog‘ini baland ko‘tardi, insonni ulug‘ladi, koinot toji deb, qimmatlisi deb e’lon qildi.Unga baxt tiladi, uni o‘ziga munosib holda saodatli qilmoqchi bo‘ldi. Navoiy o‘z asarlarida insonning dil dardlari va olijanob intilishlarini, tuyg‘u va orzularini kuylaydi, go‘zal insoniy fazilatlarni tarannum etdi. Navoiy yaratgan timsollar, ularning go‘zal fazilatlari, qahramonona ishlari asrlar mobaynida avlodlardan avlodlarga o‘ta tillarda va dillarda yashab keldi, doston bo‘ldi. Navoiy o‘z taqdirini xalq taqdiri bilan chambarchas bog‘ladi, o‘z hayoti va ijodining ma’nosini xalqiga sidqidil xizmat qilishda kordi. Navoiy xalqlarning hech qachon birini boshqasidan afzal ko‘rmadi. Barcha xalqlar barobar deb bildi, ularning barchasiga hurmat va muhabbat bilan qaradi. Shoir xalqlarning o‘ta fojiali ahvolidan faryod soldi, uni baxtiyor etmoqchi bo‘ldi. Xalqni ozod va farovon, ma’rifatli va tinch turmushli ko‘rishni orzu qildi, shu uchun kurashishni sharaf ishi deb bildi,odamga baho berishda birinchi va asosiy o‘lchov shu bo‘lishi kerak deya ta’kidlaydi:
Yaxshiroq bil oni ulus arokim,
Ko‘prak o‘lg‘ay ulusg‘a naf ondin.
Navoiy ayollarni erkin va baxtiyor ko‘rishni orzu qildi, shu yo‘lda kurashdi. Shu bilan ham o‘z nomini abadiylashtirdi.
Download 15.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling