Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271 – maktabning matematika fani o`qituvchisi Mirzaraximova Maxmudaning


Download 285.19 Kb.
bet17/36
Sana07.03.2023
Hajmi285.19 Kb.
#1247930
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
8 sinf algebra. 2 chorak

c) rivojlantiruvchi maqsad:
o`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
Yangi mavzuni o`rganuvchi dars.
Dars o`tish metodi:
“Aqliy hujum”
Darsning jixozi:
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun gul maketlari
Darsning texnik jixozi:
Kadoskop.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil gul tasvirlaridan foydalaniladi..
Besh yulduz ichida atir gul - “5”ball.
To`rtburchak ichida lola gul - “4”ball
Uchburchak ichida chinni gul - “3”ball
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.

  1. Tenglamalar sistemasi deb nimaga aytiladi?

2. Funksiya deb nimaga aytiladi?
3. Funksiyaning grafigi deb nimaga aytiladi?
4. Chiziqli funksiya deb nimaga aytiladi?
5. Chiziqli funksiyaning grafigi nimadan iborat?
6. Qat’iy va noqat’iy tengsizliklarni ayting.
3.Yangi mavzuni bayon qilish.
Tengsizliklarni yechishga misollar keltiramiz.
1-masala. Tengsizlikni yeching: x+1>7-2x.
x son berilgan tengsizlikning yechimi, ya'ni x son x+1>7-2x tengsizlikni to`g`ri tengsizlikka aylantiradi, deb faraz qilamiz. -2x hadni tengsizlikning o`ng qismidan chap qismiga uning ishorasini qarama-qarshisiga o`zgartirgan holda o`tkazamiz, 1 sonini esa tengsizlikning o`ng qismiga „—" ishorasi bilan o`tkazamiz. Natijada ushbu x+2x>7-1 to`g`ri tengsizlikni hosil qilamiz.
Bu tengsizlikning ikkala qismida o`xshash hadlarini ixchamlaymiz: 3x>6. Endi tengsizlikning ikkala qismini 3 ga bo`lib, x>2 ekanini topamiz.
Shunday qilib, x ni berilgan tengsizlikning yechimi, deb faraz qilib, biz x>2 ni hosil qildik. x ning 2 dan katta istalgan qiymati tengsizlikning yechimi bo`lishiga ishonch hosil qilish uchun barcha mulohazalarni teskari tartibda olib borish yetarli. Aytaylik, x>2 bo`lsin. To`g`ri sonli tengsizliklarning xossalarini qo`llab, ketma-ket quyidagilarni hosil qilamiz: 3x>6, x+2x>7-1, x+1>7-x. Binobarin, 2 dan katta istalgan x son berilgan tengsizlikning yechimi bo`ladi. Javob. x>2.
Tengsizlikning yechilishini yozishda batafsil izohlarni keltirish shart emas. Masalan, 1- masalaning yechilishini bunday yozish mumkin: x+1>7-2x, 3x>6, x>2.
Shunday qilib, tengsizlikni yechishda uning quyidagi asosiy xossalaridan foydalaniladi:
1- xossa. Tengsizlikning istalgan hadini uning bir qismidan ikkinchi qismiga, shu hadning ishorasini qarama-qarshisiga o`zgartirgan holda o`tkazish mumkin, bunda tengsizlik ishorasi o`zgarmaydi.
2- xossa. Tengsizlikning ikkala qismini nolga teng bo`lmagan ayni bir songa ko`paytirish yoki bo`lish mumkin; agar bu son musbat bo`lsa, u holda tengsizlik ishorasi o`zgarmaydi, agar bu son manfiy bo`lsa, u holda tengsizlik ishorasi qarama-qarshisiga o`zgaradi.

Download 285.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling