Toshkent shahridagi tmc instituti
Download 1.17 Mb.
|
Milliy tarbiya tushunchasi Baxtiyorov Javohir
TMC Institute Tashkentt Toshkent shahridagi TMC instituti Toshkent shahridagi TMC institute Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi 1 – bosqich talabasi Baxtiyorov Javohirning Milliy tarbiya asoslari fanidan yozgan MUSTAQIL ISHI Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayonni ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiyaning asosiy g`oyalari o`z yo`lini belgilab olish, tarbiyachining shaxsiy yo`nalganligi, ixtiyoriylik, jamoaviylikka yo`nalish tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat. Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya - aniq maqsad va tarixiy tajriba asosida yosh avlod ongini har tomonlama o’stirish va ularning dunyoqarashini kamol toptirish jarayonidir. Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulhiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’zini-o’zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o’rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi: Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo’nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Tarbiyaning asosiy vazifasi esa shaxsni aqliy-axloqiy tarbiyalashda erkin fikrlashi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Tarbiya, eng avvalo, insonning o‘ziga qaratilganligi mamlakatimizda ishlab chiqilgan, butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan ,,o‘zbek modeli“da juda to‘g‘ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonning diqqat-e’tibori o‘zlikni anglashga qaratildi. 0‘zligini anglash, birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini, tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa. ular, asosan, 3 ta: Ezgu niyat, fikr; Ezgu so‘z, xushmuomila; Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir. Shu uchta sifat o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadi hisoblanadi. Bu bosh maqsad insonlarda, ayniqsa, yoshlarda komillik sifatlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy bilim, malaka, ko'nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo‘lgan zamonaviy pedagogika fani asoslarining kengayganligini ko‘rsatadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usullari va ularning mazmuni, vositalari bilan qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun, uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Ta’lim sohasida o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy-axloqiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlash. o‘zi xohlagan shu sohada faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o'qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Jamiyatimizning, xalqimizning ming yillik ma’naviy-axloqiy yuksalish tajribasini o’zida jamlagan Islom madaniyatini tiklash o’z taqdirini o’zi belgilash, tarixiy xotiraga, madaniy-tarixiy birlikka ega bo’lish yo’lidagi g’oyat muhim qadam bo’ldi. Ma’naviy qadriyatlarning yana bir qudratli manbayi an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir. Kattalarni hurmat qilish, o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo’lib kelgan. “Qadriyat” tushunchasining ilmiy iste’molga olib kirilganiga ko’p vaqt bo’lmagan , ammo uning negizi, insonning ijtimoiy faoliyati ekanligi mudom e’tirof etilgan. Antik davr mutaffakkirlarida “qadriyat” , “qadr”, “qadrlash” tushunchalarini ijtimoiy borliq, inson faoliyatining baxosi, baxolanishi boshqalar tomonidan ma’lum bir normalar asosida qadrlanishi tarzida tushunganlar. Masalan Aristotelning fikriga ko’ra, qadriyat hodisalarga baxo, munosabat, yaxshilik va yovuzlik tushunchalarida talqin qilinadi. Falsafa qomusiy lug’atida “Qadriyat – voqelikdagi muayyan hodisalarning umumiesoniy, ijtimoiy – ahloqiy, ma’naviy – madaniy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llanadigan falsafiy tushuncha. Qadriyatlar ichida eng birinchisi va eng umumiysi hayotning o’zidir, chunki hayotdan mahrum bo’lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo’qqa chiqaradi. Qadriyatlar — inson uchun ahamiyatli bo’lgan millat manfaatlari yo’lida xizmat qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma’rifat, go’zallik, yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik singari fazilatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Qadriyatlar o’zining mazmun-mohiyatiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi, ya’ni: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling