Toshkent shahridagi yodju texnika instituti
Download 1.85 Mb.
|
4 мавзу. Таълим мазмуни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Aqliy xujum
TOSHKENT SHAHRIDAGI YODJU TEXNIKA INSTITUTI Ta’limning mazmuni Baybayeva Muxayyo Xudaybergenovna P.f.n., dotsent Mavzu rejasi:
Adabiyotlar:
Aqliy xujum
oqish didaktika talim Ta’limning asosiy vazifasi shaxsni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malaka bilan qurollantirishdan iborat. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, o‘quvchiga reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o‘quvchi-talabaga ta’sir ko‘rsatadi . O‘QITISH JARAYONINING TA’LIMIY, TARBIYAVIY VA RIVOJLANTIRISH FUNKSIYALARI. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o‘qituvchi va o‘quvchi faol ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, yangi haqiqatlarni ocha olishga qodir bo‘lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ta’lim o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirish, o‘zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv jarayon emas, balki o‘quvchiga noma’lum faol, ijodiy faoliyat, mehnat jarayonidir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi, o‘quvchiga o‘z faoliyatining ob’ekti sifatida qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim. Bundan tashqari o‘quvchi ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi-talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlay bilishi, tahlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilish, o‘quvchiga nisbatan talabchan bo‘lish pedagogik vaziyatga qarab ulardan o‘rinli foydalana olish, ta’lim natijalarini dastlabki va keyingi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, tahlil qilish va xulosalash kabilar, xullas, o‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim. Ta’lim mazmuni me’yoriy va rasmiy xujjatlardi o‘z aksini topadi: DTS O‘quv dastur Darslik O‘quv reja Davlat ta’lim standartlari о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan talablarni belgilaydigan meyoriy hujjat О‘quv rejas meyoriy hujjat bо‘lib, unda har bir‘ quv predmetining mazmuni ochib beriladi va о‘quv yilida о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar hajmi kо‘rsatib beriladi Darslikmuayyanо‘quvfanibо‘yichata’limmaqsadi, о‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bо‘lib, u mazmuni va tuzilishiga kо‘ra fan bо‘yicha yaratilgan о‘quv dasturiga mos keladi. O‘quv dastur aniq bir g‘oyaga ilmiylik prinsipiga asoslangan aniq mazmun va mantik g‘oyalarini o‘zida aks ettirishi lozim bo`lgan dasturdir O‘quv dasturining o‘zini amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalari mavjud: Dasturni aniq bir g‘oyaga asoslanganligi Dastur ilmiylik priniipiga asoslanadi O‘quv dasturi anik mazmun va mantik g‘oyalarini o‘zida aks ettirishi lozim Nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi O‘quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi O‘quv dasturi xujjatlar islox qilingan ta’lim Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi : 1. Darslikda aks etgan ilmiy bilimlar sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatiga mos kelishi kerak. 2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asosi, g‘oyalari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. 3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. 4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. 5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo‘lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak . Mavzu bo`yicha FIDBEK E`tiboringiz uchun rahmat! Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling