Ichimlik yetkazish gʻoyasi
Gʻoyalardan biri –
zichligi 1 090 kg/ m3 boʻlgan pivoni quvur orqali yetkazish. Rasmda quvurning bir qismi keltirilgan. Maxsus qurilmalar 1-qismda suvning tezligi
3,00 m/s , bosimi esa 12 300 ekanini koʻrsatmoqda. Shuningdek, 2-qism 1-qismdan
1,20 balandroqda
joylashgan va u yerda 0,750 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Biroq siz 2-qismdagi suvning bosimini oʻlchay olmaysiz.
Bernulli qonuniyordamida 2-qismdagi manometrik bosimni topish.
Endi biz
h=0 nisbiy sathni tanlashimiz kerak. Biz 1-qismning balandligini
h=0 sath deb olamiz. Bunda
h1=0 va
h2=1 boʻladi. Ushbu qiymatlarni balandlik oʻrniga keltirib qoʻysak,
( h1 va h2 ning qiymatlarini keltirib qoʻyamiz)
Biz nol qatnashgan
hadni tashlab yuborib, qolgan hadlarning son qiymatini keltirib qoʻyamiz,
Javob:
P2=4080 Pa
bizga maʼlumki, 2-qismdagi bosim absolyut bosimning emas, balki
gidrostatik bosimning qiymati, chunki biz 1-qism uchun gidrostatik bosimni keltirib qoʻydik. Agar bizga absolyut bosimni topish kerak boʻlsa, unda natijaga
(1.01 x 105 Pa) ni qoʻshamiz.
Xulosa:
Bernulli tenglamasi — gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik oqimi barqaror (statsionar) boʻlganda suyuqlikning oqish tezligi v bilan bosimi r orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bernulli tenglamasi ga koʻra suyuqlik koʻndalang kesimi oʻzgaruvchan gorizontal quvurdan oqayotgan boʻlsa, quvurning tor joylarida suyuqlikning tezlign kattaroq,
bosimi kichikroq va, aksincha, quvurning
keng joylarida bosimi kattaroq, tezligi kichikroqboʻladi. Bernulli tenglamasi gidravlika masalalarini yechishda, mas, quvurning biror koʻndalang kesimidan vaqt birligida oqib oʻtayotgan suyuqlik (yoki siqilgan gaz) miqdorini hisoblashda ishlatiladi.
Buning uchun Pito naychasi yordamida suyuqlikning bosimi aniqlanadi. Bernulli tenglamasi
ning gidravlika va texnika, gidrodinamikada muhim ahamiyati bor. Masalan, Favvora yaratish sohasida.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bernulli_tenglamasi
https://uz.khanacademy.org/science/physics/fluids/fluid-dynamics/a/what-is-bernoullis-equation
https://fayllar.org/3-mavzu-suyuqlik-harakati-bernulli-tenglamasi-tebranishlar-gar.html
J.E.Usarov ( 10-sinf Fizika)