Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son davolash ishi fakultiteti


Download 275.24 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi275.24 Kb.
#1482235
Bog'liq
LAZIZBEK 2 BIOLOGIYA MUSTAQIL ISH

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

1-SON DAVOLASH ISHI 125-A GURUH TALABASI ESHQOBILOV LAZIZBEKNING TIBBIY BIOLOGIYA VA GENETIKA FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI
MAVZU: TIBBIYOT PROTOZOLOGIYASI
Parazitologiya kompleks biologik fan bo‘lib, parazitlar biologiyasi va ekalogiyasi, parazitizm xillari va shuningdek parazitlar ko‘zg‘atadigan kasalliklar, hamda ularga qarshi kurash usullarini o‘rganuvchi fandir.
Odamda uchraydigan parazitlarni, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni va ularga qarshi kurash usullarini o‘rganadigan fan tibbiy parazitologiya deyiladi.
Tibbiy parazitologiya o‘z ichiga 3 ta asosiy sohani oladi: 1) tibbiy protozoologiya- odamlarda parazitlik qilib yashaydigan sodda hayvonlar tuzilishini, ular ko‘zg‘atadigan kasalliklarni va ularga qarshi kurash usullarini; 2) tibbiy gelьmintologiya parazit chuvalchanglarni; 3)tibbiy araxnoentomalogiya- shifokorlar uchun nazariy va amaliy jihat- dan ahamiyatli bo‘lgan bo‘g‘im oyoqlilar - o‘rgimchaksimonlar hamda hasharotlar tarqatadigan va kasalliklarni chaqiradigan va ularga qarshi kurash usullarini o‘rganadi.
Parazit va xo‘jayining o‘zaro aloqasi uch xil shaklda kuzatiladi:
1. Parazitning xo‘jayiniga ta'siri.
2. Xo‘jayinning parazitga ta'siri.
3. Tashqi muhitning parazit va xo‘jayinga ta'siri.
Kasallikning qo‘zg‘ata oladigan mikroorganizmlar, hayvonlar - patogen, chaqira olmaydiganlar - nopatogen organizmlar deyiladi. Parazitning xo‘jayiniga ta'siri; a) mexanik (o‘rmalash, chaqish, ilib olish, surish, bosib turish - chuvalchanglarda); b) zaharli ta'siri (ankilostoma, tacmacimon chuvalchangning zaharlari eritrotsitlarga, askarida zahari markaziy nerv sistemasiga ta'sir ko‘rsatadi, chivin, moskit so‘lagi kuydiruvchi ta'sir qiladi;
kamqonlik, ozib ketish parazit xujayinning qoni, xazm bo‘layottan oziq moddalari hisobiga oziqlanganligi sababli kuzatiladi; g) parazitlar orqali yuqumli kasalliklarni tarqalishi (bitlar qaytalama va toshmaliterlamani, burga o‘latni, tulyaremiya kasalligini, tayga kanasi - tayga entsefalitini tarqatadi); d) yallig‘lanish va infektsiyami chaqirish (lichinkalarning joydan-joyga ko‘chish migratsiyasining ta'siri natijasida lichinkalar to‘qimalarni yemirib, yallig‘lanishni chaqiradi va infektsiyani kirishiga yo‘l ochib beradi, misol uchun askaridalar va ankilostomalarning lichinkalari).
Organizmning hayvon parazitlari bilan zararlanishi invaziya deb ataladi. Invaziya usullari: faol(aktiv) va nofaol (passiv) bo‘ladi.
1.Faol invaziya - parazit xujayin organizimiga o‘zi harakat qilib kiradi
(qiyshiq boshli gijja, shistozoma).
2.Passiv invaziya -parazit o‘zi harakat qilmagan holda suv, ozuqamahsulot-lari orqali organizmga kiradi. Agar parazitning tuxumi yoki lichinkasi o‘z xo‘jayini organizmidan tashqariga chiqmasdan, yana qaytadan parazit rivojlana boshlasi, bunday yo‘l bilan zararlanishga autoinvaziya deyiladi.
SODDA HAYVONLAR TIPI –PROTOZOA

Sodda xayvonlar tipiga 30 000 ga yaqin tur kiradi. Odamda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlar planetamizda keng tarqalgan bo‘lib, dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda, ba'zilari esa tuproqda ham hayot kechiradi.
Ko‘pgina sodda hayvonlar o‘simliklar, xayvonlar va odamlar organizmida parazitlik qilib yashashga moslashgan.
Sporalilar - odam parazitlaridir. Ayniqsa odam va hayvon-lariing qonida parazitlik qilib yashaydigan vakillari—gemosporidiyalar turkumi tabiatda keng tarqalgan. Bularga misol qilib bezgak plazmodiyalarinn olish mumkin, odamda ularning bir nechta turi parazit holida yashaydi:
1. Uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi -Plasmodiumvivax
2. To‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi -Plasmodiummalaria
3. Tropik bezgak qo‘zg‘atuvchisi -Plasmodiumialciparum
Xivchinlilar-odam parazitlari.
Tripanosomalar avlodi (Trypanosoma). Tripanosomalarning quyidagi turlari yaxshi o‘rganilgan. 1) Afrika uyqu kasalligining qo‘zg‘atuvchisi Trypanosomagambiense 2) Shagas kasalligi chaqiruvchisi- Trypanosomacruzi
Trypanosomagambiense- Afrikada tarqalgan juda og‘ir «uyqu kasalligi» deb atalgan xastalikni chaqiruvchi parazit. XX asrning birinchi yarmida Afrikada shu kasallikdan bir milliondan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Kasallik tana haroratning ko‘tarilishi bilan boshlanadi, so‘ngra asta sekinlik bilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzati-ladi. Bemor uxlab qolishi yoki aksincha uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa o‘limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik orqa miya suyuqligiga o‘tib oladi.
E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Download 275.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling